63 Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning o’rni, ahamiyati va vazifalari. So'nggi yillar davomida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ko'pgina choratadbirlar
dunyo miqyosida amalga oshirilmoqda. Bu orqali mamlakatlar yashash farovonligini
yaxshilashni maqsad qilishgan. Xususan, O'zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan
islohotlar salmoqli ahamiyatga ega. Bunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyevning "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli
infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori (PQ-
4022-son, 2018-yil 21-noyabr) qonuniy asos qilib olingan[1]. Bundan tashqari, 2020-
yilga "Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berilishi ham
bejizga emas.
Raqamli iqtisodiyotning asosini tashkil etuvchi
informatsion texnologiyalar bizga tobora murakkab muammolarni yechishda yordam bersa,
keng qamrovli ma'lumotlar esa murakkab qarorlarni qabul qilishda yordam beradi[2].
Raqamli savdo nuqtasi (Digital POS), Birlashtirilgan to'lovlar interfeysi (UPI), mobil
hamyonlar, mobil savdo nuqtasi (mPOS) va hokazo kabi raqamli to'lov usullarini
amalga oshirish orqali mamlakatlar foyda keltiradigan raqamli iqtisodiyotni yaratishga
intilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning mamlakat uchun asosiy afzalliklari[3]:
1. Yashirin iqtisodiyotni yo'q qilishda yordam beradi: Kelishuvlar raqamli tizim
orqali amalga oshirilsa, ularni osongina kuzatib borish mumkin. Istalgan mijoz tomonidan
amalga oshitilgan har qanday to'lov qayd etiladi. Shu tarzda, noqonuniy bitimlarni
amalga oshirish uchun hech qanday vosita bo'lmaydi. Naqd pul operatsiyalarini cheklash
va faqat raqamli tizimga solingan to'lovlardan foydalanish orqali mamlakat yashirin
iqtisodiyotni samarali ravishda siqib chiqarishi mumkin.
2. Daromadlarning ko'payishiga sabab bo'ladi: Bu raqamli iqtisodiyotning eng aniq
va keng tarqalgan afzalliklaridan biridir. Tranzaksiyalar raqamlashtirilganda, savdo va
soliq to'lovlarini kuzatish qulay bo'ladi. Har bir tranzaksiya qayd etilganligi sababli,
xaridorlar xarid uchun hisob varag'ini oladilar va sotuvchilar sotishdan soliq to'lovini
hukumatga to'lashlariga to'g'ri keladi. Bu, o'z navbatida, davlat daromadlarini ko'paytiradi
va natijada mamlakatning moliyaviy ahvoli o'sishiga olib keladi.
3. Insonlarga imkoniyat beradi: Raqamli iqtisodiyotga o'tishning eng katta afzalliklaridan
biri bu fuqarolarga imkoniyat yaratishidir. To'lovlar raqamli holga kelganda, har bir
kishi bank hisob raqamiga mobil qurilmalari orqali bog'lanadi. Bu esa, hukumat
subsidiyalarini insonlarning to'g'ridan-to'g'ri bank hisob raqamlariga o'tkazish jarayonini
osonlashtiradi.
4. Elektron boshqaruvga yo'l ochadi: an'anaviy boshqaruvga alternativ bo'lgan tez,
xavfsiz va samarali elektron boshqaruv raqamli iqtisodiyotning yakuniy natijasi hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot barcha davlat xizmatlari elektron ko'rinishda amalga oshiriladigan
elektron boshqaruvga yo'l ochadi.
5. Yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qiladi: Raqamli iqtisodiyot yangi bozorlarda
ish o'rinlarini ko'paytirish, shuningdek hukumatdagi mavjud kasblarning ayrimlarida
bandlikni oshirish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega. Shu tarzda, mamlakatda ishsizlik darajasi pasayishi kerak.
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiyiqtisodiy
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot
tizimiga b osqichma-bosqich o'tish mamlak atimiz ning g lobal miqyosdagi
raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini
yaratadi, jadal iqtisodiy o'sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta'minlab
beradi. O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng
kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi [3]:
- Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to'siqlarni yangi
normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to'liq bartaraf qiladi;
- Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan,
tarmoqlar, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta'minotning zamona
talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
- Ta'lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta'minlaydi;
- Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining
hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
- Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatadigan ko'plab tashkilotlar hosil bo'lishiga
olib keladi.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish
uchun hizmat qilishi kerak [4]:
- O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
- Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;
- Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil
qilish uchun kerakli bo'lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Global miqyosda va global bozorlarga respublikamizning raqobatbardoshliligini
oshirish.