1. Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]



Download 451,27 Kb.
bet1/14
Sana29.07.2021
Hajmi451,27 Kb.
#132160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
PF-6003 02.06.2020




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida

Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.



Jumladan, so‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda.

Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda ― Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilansin.

Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimlangan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o‘rnatiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda ― KPI) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida:

bir oy muddatda 2020-yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini;

har yil 1-dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini ta’minlasin.

Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko‘rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:

keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;

keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish va Kengash yig‘ilishlari oralig‘ida tegishli yo‘nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.

6. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib borsin.

7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining (keyingi o‘rinlarda ― portal) ishga tushirilishini ta’minlasin.

Kengash ishchi organlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o‘zgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 2-iyun,

PF-6003-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga


1-ILOVA

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi

TARKIBI

1.

T.K. Narbayeva



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, kengash raisi

2.

A.X. Saidov



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, kengash raisining o‘rinbosari

3.

R.A. Gulyamov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

B.M. Mavlonov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari

5.

J.A. Qo‘chqorov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ― Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya raisi.

6.

S.U. Umurzakov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ― Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

7.

A.A. Abduhakimov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

8.

K.F. Kamilov



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

9.

N.T. Yo‘ldoshev



O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

10.

T.A. Ishmetov



Moliya vaziri

11.

R.Q. Davletov



Adliya vaziri

12.

B.E. Zakirov



Qurilish vaziri

13.

A.S. Sultanov



Energetika vaziri

14.

P.R. Bobojonov



Ichki ishlar vaziri

15.

I.Y. Abduraxmonov



Innovatsion rivojlanish vaziri

16.

Sh.M. Sadikov



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

17.

I.U. Madjidov



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

18.

E.M. Ganiyev



Transport vaziri

19.

N.B. Xusanov



Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

20.

Sh.X. Shermatov



Xalq ta’limi vaziri

21.

A.Q. Shodmonov



Sog‘liqni saqlash vaziri

22.

I.I. Norqulov



Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

23.

O.R. Isakov



Moliya vaziri o‘rinbosari

24.

B.T. Kuchkarov



Adliya vaziri o‘rinbosari

25.

M.B. Nurmuratov



Markaziy bank raisi

26.

N.Sh. Sharipov



Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi

27.

A.X. Abdullayev



“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi

28.

Sh.D. Kudbiyev



Davlat soliq qo‘mitasi raisi

29.

M.B. Azimov



Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

30.

B.A. Begalov



Davlat statistika qo‘mitasi raisi

31.

A.A. Nazirov



Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori

32.

S.X. Bekenov



Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

33.

D.M. Saidjonov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

34.

M.T. Yerniyazov



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari

35.


Download 451,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish