Ipoteka kreditining maqsadi
|
Uy-joy qiymatidan
boshlang’ich badal
|
Kredit muddati
|
Yillik % - kredit muddati
5 yil
|
Uy joy sotib olish
|
15%
|
20 yil
|
18%
|
Uy joy qurish va rekonstruksiya
|
15%
|
20 yil
|
17%
|
Ikkilamchi bozordan uy joy sotib olish
|
26%
|
10 yil
|
25%
|
Ipoteka krediti bo’yicha ta‘minotga quyidagi majburiy talablar qo’yiladi. Bular: boshlang’ich badal mablag’ining miqdori quriladigan/rekonstruktsiya qilinadigan uy-joy loyixa umumiy qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi, ipoteka krediti hisobiga quriladigan/rekonstruktsiya qilinadigan uy-joy bo’yicha joy garovini rasmiylashtirish, garovga berilgan uy-joyni sug’urta qilishi lozim.
Ipoteka kreditining yana bir farqli jihati kreditning ta‘minotida o’z aksini topadi. Ipoteka kreditida sotib olinayotgan yoki qurilayotgan uy- joy, xonadon bank kreditining ta‘minoti bo’lishi mumkin. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ipoteka krediti ta‘minoti bo’lib qurilayotgan uy, u joylashgan yer uchastkasi bilan birga ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o’tadigan uy u joylashgan yer uchastkasi bilan birga yoki ko’p xonadonli uydagi xonadon, qarz oluvchining mulki bo’lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruktsiya qilinayotgan uy, u joylashgan yer uchastkasi bilan birga yoki qarz oluvchilar mulki bo’lgan boshqa uy-joy ham qabul qilinishi mumkin. Ipoteka krediti miqdori, muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbayiga bog’liq holda belgilanadi va kredit milliy valyutada, 5 yildan 20 yilgacha muddatga beriladi.
Bank tomonidan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lari hisobidan aholiga beriladigan ipoteka krediti miqdori:
- uy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigachani;
- uy sotib olish va ko’p xonadonli uydagi xonadonni sotib olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigachani;
- uyni rekonstruktsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 1500 baravarigachani tashkil etadi.
Aholiga beriladigan ipoteka kreditlari bo’yicha bank bir yil muddatga kreditlashning imtiyozli davrini belgilashi mumkin. Imtiyozli davr o’rnatilgan holda berilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzni to’lash imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi. Imtiyozli davr kredit bo’yicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlar tijorat banklarining resurslari qiymatidan kelib chiqib mustaqil o’rnatiladi va u banklarning kredit siyosatidan kelib chiqib turlicha bo’lishi mumkin. O’rtacha olganda ipoteka krediti bo’yicha bank tomonidan yiliga 12-16 foizdan 20 foizgacha miqdorda, ba‘zi mijozlar uchun bank kredit qo’mitasi qarori asosida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda foizlar belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |