1.Insoniyat qachon misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o’tdi?
A) Neolit davrinning boshlarida; C. Neolit davrinning o’rtalarida;
B) Neolit davrinning oxirlarida; D. Neolit davrida;
2. Eneolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi?
A) Mil.avv. 4-3- ming yillik o’rtalariga; B) Mil.avv. 4-3- ming yillik boshlariga;
C) Mil.avv. 4-3- ming yillik oxirlariga; D) Mil.avv. 4-3- ming yillikka;
3. Qaysi sohaning rivojlanishi kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatdi?
A) Tasviriy san’at; B) to’quvchilik; C) Metallurgiya; D. ovchilik;
4.Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlar qachon vujudga kela boshladi?
A) Mil. avv. 2-ming yillikda; C Mil. avv. 3-ming yillikda;
B) Mil. avv. 4-ming yillikda; D. Mil. avv. 4-3-ming yillikda;
5.Idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanish qaysi davrga to’g’ri keladi?
A) Mezolit; B. Eneolit; C. Neolit; D. Bronza;
6.Neolit davri oxirida odamlar…
A) Misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o’tishdi; B) Ilk temir buyumlar vujudga keldi;
C) Doimiy turar joylar qura boshlashdi; D) Kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladi;
7.Qaysi davrda O’rta Osiyoning janubida sun’iy sug’orishga asoslangan sug’orma dehqonchilik vujudga keldi?
A) Mezolit; B) Eneolit; C) Neolit; D. Bronza;
8. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurilishi qaysi davrga to’g’ri keladi?
A) Mezolit; B) Eneolit; C) Neolit; D. Bronza;
9.Eneolit davrida insoniyat erishgan yutuqlarni belgilang?
1) Paxsa uylar qurila boshlandi; 2) muzlik davri poyoniga yetdi;
3) takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasay boshlandi; 4) xom g’ishtdan ko’p xonali ylar qurila boshlandi; 5) toshga ishlov berishda silliqlash va parmalash usullari kashf qilindi; 6) Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o’simlik haqshlari bilan bezatila boshlandi; 7) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; 8) Kulolchilik va to’quvchilik vujudga keldi; 9) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqobchilik vujudga keldi;
A) 1, 4, 5, 6, 7, 8, 9; B) 3, 4, 6, 7, 8; C) 4, 6, 7, 9; D) 1, 4, 6, 9;
10.Qaysi davrdan sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o’simlik haqshlari bilan bezatila boshlandi?
A. Mezolit; B. Eneolit; C. Neolit; D. Bronza;
11.Qadimda odamlar misni eritib qalay, qo’rg’oshin yoki rux bilan qo’shib qanday metal olishgan?
A) Po’lat; B. Bronza; C.Temir; D. Kumush;
12. Insoniyat tarixida bronza davri qachondan boshlandi?
A) Mil.avv. 3-ming yillikdan; B) Mil.avv. 3-ming yillik boshlaridan;
C) Mil.avv. 3-ming yillik oxiridan; D) Mil.avv. 3-ming yillik o’rtalaridan;
13. Qaysi davrda chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi?
A) Mezolit; B) Eneolit; C) Neolit; D. Bronza;
14. Patriarxatning boshlanishi qaysi davrga to’g’ri keladi?
A) Mezolit; B) Eneolit; C) Neolit; D. Bronza;
15.Noto’g’ri tarifni aniqlang.
A) Tarixning ko’p davrlari davomida urug’ jamoasidagi muhim ishlar ayollar qo’lida bo’lgan
B) Tarixning ko’p davrlari davomida urug’ jamoasida yoshi katta ayollarning mavqeyi erkaklarnikiga nisbatan ancha baland bo’lgan
C) Mis mehnat qurollariga ega bo’lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo’lga kiritdi
D) Patriarxal oila-ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila
16. Bronza darvri manizlgohlarini aniqlang?
1.Zamonbobo; 2. Jarqo’ton; 3. Obishir; 4. Sopollitepa; 5. Zarautsoy; 6. Uzunqir;
A) 1, 2, 3; B) 2, 4, 5; C) 1, 4, 6; D. 1, 2, 4;
17. Zamonbobo manzilgohiga oid noto’g’ri tarifni aniqlang
A) Mil.avv. 3-ming yillik oxiri-2-ming yillikka oid B) Bronza davri manzilgohi
C) Qashqadaryo havzasidagi Zamonbobo ko’li yaqinidan topilgan
D) Hozirgi Buxoro viloyati Qorako’l tumani hududida joylashgan
18.Sopollitepa manzilgohiga oid noto’g’ri tarifni aniqlang.
A) Surxondaryo vohasidan topilgan B) Hozirgi Muzrabod tumani hududida joylashgan
C) Qadimgi chorvadorlar manzilgohlaridan biri
D) Manzilgohdan yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan
19.Sopollitepa va Jarqo’ton manzilgohlaridan qazishmalar davomida topilgan topilmalar qaysi javobda to’g’ri moslikda berilgan? 1) Sopollitepa 2) Jarqo’ton
a) xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar topilgan b) sopol buyumlar topilgan c) bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan d) qurilishi tarxida ilk shahar alomatlari ko’zga tashlanadi e)ikki qismdan iborat bo’lgan f) ibodatxona qoldiqlari topilgan
A) 1-a;c;e 2-b;d;f B) 1-b;d;f 2-a;c;e C) 1-a;b;c 2-d;e;f D) 1-a;d;e 2-b;c;f
20.Yurtimizdagi qaysi manzilgoh qurilishida ilk shahar alomatlari ko’zga tashlanadi?
A) Zamonbobo; B) Jarqo’ton; C) Sopillitepa; D. Uzunqir;
21.Qaysi davrda odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf qilishgan?
A) Mezolit; B) Eneolit; C) Neolit; D. Bronza;
22. Qaysi manzilgohdan bronza ko’zgular topilgan?
A) Zamonbobo; B) Jarqo’ton; C) Sopillitepa; D. Uzunqir;
23. Mil.avv. 2-ming yillikka oid ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor yurtimizning qaysi hududidan topilgan?
A) Zarafshon havzasidan B) Surxon vohasidan C) Farg’ona vodiysidan D) Xorazm vohasidan
24.Quyidagi qaysi hududdan bronza davriga oid manzilgoh topilmagan?
A) Zarafshon havzasidan B) Surxon vohasidan C) Qashqadaryo vohasidan D) Xorazm vohasidan
25.Temirdan birinchi bo’lib qaysi xalqlar foydalana boshlaganlar?
A) ossuriyaliklar; B) midiyaliklar; C) xettlar; D) misrliklar;
26.Dastlabki temir buyumlardan foydalanish nechanchi asrlarga to’g’ri keladi?
A) Mil. avv. XV-XIII asrlarga; B) Mil. avv. XIV-XIII a. C) Mil. avv. XIII-XII a. D.Mil. avv. XV-XIV a.
27.Hududlar aholisining temirdan foydalana boshlashiga qarab to’gri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni toping.
1.Kichik Osiyo 2.Mesopotamiya 3. Eron 4. Kavkazorti A) 1,2,3,4 B) 1,3,2,4 C) 2,4,1,3 D) 4,3,2,1
28. O’rta Osiyo hududidan topilgan dastlabki temir buyumlar nechanchi asrlarga taaluqli?
A) Mil.avv IX-VII a. B) Mil.av. VIII a. C) Mil.avv IX-VIIIa. D. mil.av. XIV-XIII
29.Xettlardan so’ng qaysi hududlardagi xalqlar temirdan foydalanishgan?
1). Suriya 2) Mesopotamiya; 3) Misr; 4) Eron; 5) Kavkazorti; 6) Hindiston;
A. 1, 2, 4; B. 2, 4, 5; C. 2, 3, 5; D. 4, 5, 6;
30. Noto’g’ri ma’lumotni aniqlang
A) Temir 1500 0 C da eriydi
B) Sof temir tabiatda kamyob metal bo’lgani uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalnishgan
C) Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasi va Kavkazdagi Maykop qo’rg’oni yodgorligidan topilgan
D) Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo,chorvachilikning rivojiga ta’sir qildi
31.Temir davriga o’tishda O’rta Osiyo aholisi nechta guruhga bo’lingan?
A) 3 ta; B. 5 ta; C) 4 ta; D. 6 ta;
32.Temir davri nechanchi ming yillikda boshlangan?
A.3-ming yillik o’rtalaridan; B. 2-ming yillik boshlaridan;
C.1-ming yillikdan; D.Mil. avv VIII asrdan;
33.Eng qadimgi Ibtidoiy tuzum taraqqyotini ketma-ketlikda belgilang?
A) Ibtidoiy to’da, urug’, qabilalar ittifoqi, qabila;
B) Urug’, Ibtidoiy to’da, qabila, qabilalar ittifoqi;
C) Ibtidoiy to’da, urug’, qabila, qabilalar ittifoqi;
D) Ibtidoiy to’da, qabila, qabilalar ittifoqi, urug’;
34.O’rta Osiyo jamiyati asosini tashkil etgan “nmana” nima edi?
A) Katta patriarxal oila; B)Urug’ jamoasi;
C) Hududiy qo’shnichilik jamoasi; D) Qabilalar ittifoqi;
35.“Avesto” da qabila deb atalgan jamiyatning bo’lagini aniqlang?
A) “nmana” B. “dax’yu” C“vis” D. “zantu”
36.“Vis” nima?
A) Katta patriarxal oila; B) Urug’ jamoasi; C) Hududiy qo’shnichilik jamoasi; D) Qabilalar ittifoqi;
37.Temir asri boshlarida O’rta Osiyoda mavjud aholi guruhlarini ketma-ketlikda aniqlang?
A) Kohinlar, jangchilar, dehqonlar, chorvadorlar; B) Kohinlar, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar;
C) Kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar; D) Kohinlar, hunarmandlar, chorvadorlar, hunarmandlar;
38.“varzana” nima?
A) Katta patriarxal oila; B) Urug’ jamoasi; C) Hududiy qo’shnichilik jamoasi; D. Qabilalar ittifoqi;
39.“Avesto” da qabilalar ittifoqi deb atalgan jamiyatning bo’lagini aniqlang?
A) “nmana” B) “dax’yu” C) “vis” D. “zantu”
40.Qabilalar ittifoqi qanday sharoitda paydo bo’ldi?
A) Doimiy harbiy to’qnashuvlar sharoitida; C. Hududiy qo’shnichilik sharoitida;
B) Havo harorati pasaygan sharoitda; D. Temir qurollar keng tarqalgach;
41.Avestoda berilgan quyidagi atamalarni izohi bilan moslashtirib chiqing?
1, nmana; 2. Vis; 3. Varzana; 4. Zantu; 5. dax’yu;
a). urug’ jamoasi; b) hududiy qo’shniqchilik jamoasi; c) qabilalar ittifoqi; d) qabila; e) katta patriarxal oila;
A)1-e, 2-b, 3-a, 4-d, 5-c; B. 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d;
C) 1-e, 2-a, 3-b, 4-d, 5-c; D. 1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-d;
42.Ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo’yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli – bu…
A) Harbiy aristokratiya; C. Harbiy diktatura;
B) Harbiy demokratiya; D . Hududiy qo’shnichilik jamoasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |