Innovatsiyaning maqsadlari
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tizimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko‘tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‘liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o‘sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o‘sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va o‘zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o‘zgartirishga o‘qitish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo‘llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi bilan bog‘liqdir.
Innovatsion boshkarish maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
darajasi (strategik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli, qisqa muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing, menejment);
tashkilotning mavjud bo‘lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o‘sish, balog‘atga etish, pasayish va mavjud bo‘lish davrasini tugallanishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |