1. Innovatsion jarayonning asosiy tushunchalari. Innovatsion jarayonni loyihalashning mohiyati va vazifalari Innovatsiyaning maqsadlari


Innovatsion jarayonning asosiy tushunchalari



Download 60,56 Kb.
bet2/6
Sana23.01.2023
Hajmi60,56 Kb.
#901455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза 8 (1)

Innovatsion jarayonning asosiy tushunchalari

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish natijasida innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqarish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
Innovatsiyalarning amaliyotga qo‘llash o‘zgarishlarni o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi.
Avstriyalik olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, o‘tgan asrning 30 – yillarida u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to‘plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko‘rsatkichlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan.
Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo qo‘llanmasi” nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish ko‘rinishida ro‘yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv g‘oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvotsion menejerlar bo‘lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‘lgan to‘siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini belgilashdir.
Bozor iqtisodiyoti uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bo‘lgan mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi xosdir.
Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko‘p sonli tarixi bundan darak beradi. SHu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug‘ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO‘YU, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‘yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‘lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo‘lishlari kerak.




  1. Download 60,56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish