Ilmiy salohiyat bu fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish shartsharoitlari
va resurslarining yig‟indisidan iboratdir.
Ilmiy – texnika salohiyati esa amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, xususan, tajriba-konsturuktorlik va tajriba texnologik ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va resurslarning yig‟indisidir.
Innovatsion salohiyat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning amalda, jumladan ishlab chiqarishda qo‟llanilishini ta‟minlashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar va resurslarning yig‟indisi hisoblanadi.
Ilmiy, ilmiy – texnika va innovatsion salohiyat ishlab chiqarish vositalari va usullarining samaradorligini oshirishni ta‟minlaydi, yangi texnologiyalar va mahsulotlarning o‟zlashtirilishini jadallashtiradi.
Ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyat bir-birini taqozo etuvchi va o‟zaro bog‟liq bo‟lib , ilmiy-innovatsion jarayonning alohida bo‟ginlarihisoblanadi. Yangi, ilg‟or g‟oyalarning tug‟ilishi , fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar , tajriba konsturiktorlik ishlari va tajriba texnologik ishlanmalar, tajriba namunasi, sanoat xarakteridagi sinovlar , ishlab chiqarishning o‟zlashtirilishi, yangi mahsulotning amalda keng qo‟llanilishi jarayonlari yagona ilmiy-texnika taraqqiyotining uzviy bir-biriga bog‟liq bosqichlaridan iboratdir. Mana shu jarayonni boshqarish, tartibga solish va qo‟llab quvvatlash maqsadida davlat ilmiy – texnika va innovatsiya siyosatini amalga oshiradi. Bu siyosatning alohida yo‟nalishlari O‟zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi, O‟zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Fundamental va amaliy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‟llab-quvvatlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga salmoqli hissa qo‟sha oladigan ilmiy-texnika faoliyatining ustuvor yo‟nalishlarini belgilash, ilmtalab, resurslar, energiya va mehnat xarajatlari kam bo‟lgan ishlab chiqarish va texnalogiyalarni jadal rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy tadqiqotlardaustuvorlik berish, ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion faoliyatning bevosita ta‟limva kadrlar tayyorlash tizimi bilan bog‟liqligini yuqori darajada ta‟minlash, ilmiytexnika va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishda ko‟proq iqtisodiy usullardan foydalanish, sohaga xorijiy invaestitsiyalarning kirib kelishini rag‟batlantirish kabilar davlat ilmiy-texnika siyosatining ustuvor yo‟nalishlari hisoblanadi. Innovatsion va fan-texnika siyosatining maqsadi mamlakatning milliy inovatsion tizimini shakllantirish, tanlab olingan rivojlanish strategiyasiga muvofiq mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta‟minlovchi aniq amalga oshirishdan iborat. Bu siyosatdoirasida dinamik rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga mos keluvchi, mamlakatning resurslar imkoniyati va barqaror rivojlanish strategiyasiga to‟la mos keladigan ilmiy , ilmiy-texnika va texnologik salohiyatni shakllantirish muhim rol o‟ynaydi. Ko‟rsatib o‟tilgan strategik maqsad qo‟shimcha maqsadlarga erishish yo‟li bilan quyidagilar amalga oshiriladi:
Iqtisodiyotning rivojlanishi va muhim ijtimoiy vazifalarning hal etilishiga fan va texnika hissasini oshirish;
Fan-texnika salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish;
Ishlab chiqarish va xizmat ko‟rsatish sohalarida ilg‟or tarkibiy o‟zgarishlarni ta‟minlash;
Ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulot raqobatdoshligini oshirish;
Ekologik vaziyat va resurslar saqlanishini yaxshilash;
Mamlakatning mudofaa qobiliyati, shaxs, jamiyat va davlat xavsizligini mustahkamlash;
Jamiyatda fanning nufuzini oshirish;
Fan va ta‟lim o‟rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |