1. Ingliz tilida gaplarda so’zlarning morfologik tuzilishi
Avvalambor, ingliz tilida gaplarda ishtirok etgan so’zlar turlicha tuzilishga ega bo’ladi, masalan: fonetik, morfologik, analitik , morfemik shular jumlasidandir. Har qanday chet tillarini o’rganishda o’quvchilar so’zlarning sinf kategoriyalari ya’ni (so’z turkumlarini- parts of speech), ularning ma’nolarini hamda ma’nolarda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda, keng qamrovda so’zlarning qanchalik bir-biriga uzviy bog’liqligini va aloqasini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Sodda qilib aytadigan bo’lsak , morfologiyani o’rganish orqali biz so’zlarni va ularning qismlarini ham bevosita o’rganish imkoniga ega bo’lamiz. Morfologiya - tildagi so’zlarning ichki tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, ushbu holat turli tillarda ular qanday morfologik tuzilishga asoslanganligi bilan farqlanadi. Natijada, morfologiya lingvistik tuzilmaning asosiy elementimi yoki so’zlarning o’rtasidagi shakl, yoki ularning ma’nosidanmi , qaysidir tizimli boshqaruvdanmi shakllanganligi aniq bo’lmay qoladi. Morfologik struktura haqidagi natijalar shuni ko’rsatadiki, morfologiyaning kelib chiqishi shakl va ma’noning uzviy bog’liqligiga aloqador bo’lishi mumkin. Morfologiya so’zi yunonchadan olingan bo’lib morfo-shakl , logos-ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu morfologiya atamasi tilshunoslik fanining tarkibiy qismi bo’lib, yer yuzida birinchi marta nemis tilshunos olimi Avgust Shleyxer tomonidan 1859-yilda so’zlarning shakllarini o’rganish uchun qo’llanilgan. Bu bo’lim bugungi kunda tilshunoslikda so’z shakllari va tilshunoslikni o’rganishning ajralmas qismi hisoblanib kelinmoqda. So’zlarga to’xtaladigan bo’lsak ular tilning eng kichik mustaqil birligi sifatida e‘tirof etiladi. Quyida ularning mustaqil birlik deya aytib o’tilganligiga aloqador misolni ko’rishimiz mumkin:
Odam otlarga qaradi- The man looked at horses
Yuqorida ajratib ko’rsatilgan belgi ko’plik shaklini ifodalashda ishlatilyapti. O’ziga xosliklari gapda boshqa bir qismga tobe bo’lib kelmagan va u istalgan holatda o’z joylashuvini almashtira oladi. So’zlar murakkab birliklar sifatida qaralib, nafaqat ularda bir yoki ko’proq ma’noga ega bo’lishdan tashqari , ular tovush shaklini , yagonalikni, orfografik jihatdan ko’rinadigan shaklni ham o’z ichiga oladi. So’zlar morfema deb ataladigan, ichki morfologik tuzilishi o’zida aks ettiradigan alohida komponenetlarga ajratilishi mumkin . Jumladan, misol qilib work-ish so’zini oladigan bo’lsak unga “er” qo’shimchasini asos qismga ya’ni work so’ziga qo’shish orqali work+er=ishchi so’zini hosil qilish mumkin. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki morfologik tuzilish boshqa tilshunoslikning sohalaridan ajralib turadi. Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda , so’zlardan iboralar, murakkab gap qismlari va shunchaki soda gaplar tuzishda foydalanish mumkin. Ikki yoki undan ko’proq asosdan tarkib topgan, birgalikda birikkan so’zlar qo’shma so’zlar deyiladi. Klassik nazariyalar qaysi so’zlar ajratilishi va ajralmasligiga ko’ra , morfologik tuzilishni ifoda etgan holda barchasi tilshunoslikning yaqqol tizimi sifatida boshqalaridan farq qilib, alohida o’rin tutishi bilan ajralib turadi. Tilning morfologik tizimi o’z xususiyatlarini so’zlarnin morfemik tuzilishi orqali ochib beradi. Bundan kelib chiqadiki, morfologiya Grammatik nazariyaning bir qismi sifatida ikkita segmental birlik : morfema va so’z bilan yuzma-yuz keladi. Lekin morfema so’zning bir qismi sifatida aniqlanishdan o’zga holatda aniqlanmaydi, morfemaning vazifalari faqat bir butun sifatida so’zning mos keladigan tarkibiy funksiyalar sifatida amalga oshiriladi.
Chunonchi , oddiy o’tgan zamon shakli- shakl yasovchi dental grammatik qo’shimcha ya’ni (-ed yoki -d) qo’shimcha yordamida hosil qilinadi: force-d , weaken-ed, strengthen-ed, improve-d va shu tartibda yana ko’plab namunalarni keltirishimiz mumkin. Biroq o’tgan zamon grammatik ma’noning aniq bir turi sifatida yakka holda dental morfema bilan emas , balki tegishli shaklda olingan fe’l ya’ni so’z orqali ifodalanadi,(morfemik tarkibi orqali amalga oshiriladi) dental qo’shimchasi darhol fe’l o’zagi bilan bog’lanib , o’zak bilan birgalikda fel kategoriyalarining paradigmatik tizimida zamon munosabatini tashkil etadi. Shunday qilib, biz so’zning morfologik tuzilishi hamda morfemani o’rganishda so’zning kerakli detallariga , tarkibiga yoki funksiyalariga qarab o’rganamiz. So’zga qat’iy va ayni paytda universal ta’rif berish qiyin , ya’ni leksikaning barcha turli xil so’z birliklariga taaluqli bo’ladign ta’rif. Bu qiyinchilik so’zning nihoyatda murakkab va ko’p qirrali hodisa ekanligi bilan izohlanadi. Turli tilshunoslik yo’nalishlari va nazariyalari doirasida so’z eng kichik potensial gap, minimal erkin lingvistik shakl, gapning elementar komponenti , bo’g’inli tovush belgisi, tovushning ma’no bilsn grammatik jihatdan tartibga solingan qismi , ma’noli integral sifatida aniqlanib, darhol aniqlanadigan til birligi , morfemalarning uzluksiz qatorida bo’ladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ba’zi qiyinchiliklar ayrim tilshunos olimlarni so’zni tilning asosiy elementi sifatida qabul qilishdan o’zlarni tiyishga majbur qilib kelmoqda. Xususan, L. Blumfild asos slogan amerikalik olimlar tavsiflovchi tilshunoslik vakillari so’z va gapni emas , balki fonema va morfemani lingvistik tavsifning asosiy kategoriyalari sifatida tan oladilar chunki bu birliklar matndan osongina ajratib olsa bo’ladigan birliklar sifatida qaraladi. Fonema tilning minimal formal segmenti bo’lsa, morfemaga keladigan bo’lsak u tilning eng kichik ma’noli bo’lagi sifatida qayd etiladi. Shunga ko’ra dastlab tilda tavsiflovchi olimlar tomonidan faqat ikkita segmental daraja aniqlangan: fonemik daraja va morfemik daraja keyinchalik uchinchisi bularga yaratilish darajasi ya’ni “morfemik birikmalar darajasi” qo’shilgan. Darhaqiqat, water-suv, pass-o’tish, yellow-sariq va shunga o’xhahs boshqa ma’noli so’zlarni va ularning sodda hosilalarini va qo’shimchali holatda watery-suvli, passer-o’tuvchi, yellowness- sarg’ish kabi mos keladigan qo’shma yasama so’zlarni solishtiradigan bo’lsak biz ularning aniq nominativ vazifasini va bir ma’noli segmental chgaralanishini osongina ko’ramiz bu ularni hech qanday shubhasiz “alohida til so’zlari” ga aylantiradi. Ammo, berilgan bir o’zakli so’zlar bilan watery-suvli, password-parol, yellowness-sarg’ish kabi mos keladigan qo’shma yasamalarni solishtiradigan bo’lsak , bir zumda shuni ta’kidlaymizki , qo’shimchali so’zlarni alohida so’z sifatida aniqlash ularning o’zlari alohida so’zlarga ajralishi bilan ancha murakkablashadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, qo’shma so’zlarni iborlardan ajratib turadigan o’ziga xos xususiyat ularning chiziqli bo’linmasligidir ya’ni imkonsizligidir. Ammo analitik so’z shakllari uchun bu qat’iy mezon mutlaqo ahamiyatsiz, masalan : has met- uchrashdi –has never met ya’ni hech qachon uchrashmagan : is coming –kelayapti is not by any means or under any circumstances ya’ni kelayotgani hech qanday vosita orqali yoki hech qanday vaziyatda kelmaydi. So’z yakka o’zi faoliyat ko’rsatishga qodir bo’lgan minimal belgi sifatida aniqlangan mezonga kelsak so’z eng kichik erkin shakl deb tushuniladi yoki potrnsial minimal jumla deb talqin qilinadi, u asosiy funksional belgilar uchun ahamiyatsizdir. Yuqorida sanab o’tilgan qiyinchiliklarga qaramasdan, har bir ma’ruzachi o’z ixtiyorida birliklarni aniqrog’i nominativ nisbatda bir-biriga qarama –qarshi turgan birliklar ixtiyorida cheksiz miqdorda so’zlarni yaratishi mumkin bo’lgan tayyor zaxiraga ega ekanligi shubhasizdir. Darhaqiqat muammoning aniqlanishini til hodisalarining ikki turkumi orasidagi farqni hisobga olgan holda topamiz: bir tomonda “qutbli” hodisalar boshqa bir tarafda esa “vositachi” hodisalar . O’zaro bog’langan elementlarning murakkab tizimida qutb hodisalari eng aniq qarama-qarshiliklarda turadilar. Vositachi hodisalar tizimda qutb hodisalarining o’rtasida joylashgan bo’lib , uzluksizlik deb ataladi. Shu munosabat bilan atalgan bir o’zakli so’z va morfema tilning mazmunli bo’laklari orasidagi qarama-qarshi qutb hodisalari sifatida tavsiflanishi kerak aynan mana shu elementlar rasmiy va funksional xususiyatlari bilan eng aniq va aniq belgilanishi mumkin . So’zlarning morfologik jihatdan tuzilish vazifas ularning bir-biri bilan nominativ munosabatda amalga oshiriladi, bu korrelyatsiya asosida bir qator funksional so’zlar salbiy chegaralanish ya’ni kompozision matn eementlarini aniqlagandan keyin qoldiq sifatida chegaralash bilan farqlanadi. Shunday qilib ko’rib chiqilayotgan korrelyatsiya (nominativ funksiya) an’anaviy atama funksional so’zlarni shartli so’zlar bilan birlshtiradi yoki to’liq so’zlar bilan yarim so’zlar (so’z morfemalar) birlashtiriladi. Boshqa tomondan nominative korrlyatsiya morfemani segmental belgining bir turi sifatida so’z tarkibidagi element roliga tushiradi. Ko’rib turganimizdek morfemaning elementar belgisi (bo’linmaslik) belgilovchi birlik sifatida so’z tarkibida o’rnatilsa , so’zning elementar xarakteri nominativ birlik sifatida leksika tizimida amalga oshadi. So’zlar morfologik tahlil namunasiga ko’ra ancha katta guruhga bo’linadi deb ayta olamiz. Jumladan , morfologik tuzilishiga ko’ra ot, sifat, son, fe’l, ravish, bog’lovchi, olmosh, predlog, aniqlovchi, modal fe’llarga bo’linadi.
Otlar so’zlarning shunday turi hisoblanadiki, ular ma’lum obyekt yoki bir qanha obyektlarning nomini nomlash vazifasini bajaradi. Masalan, stul so’zi o’tirishga mo’ljallangan buyum nomini ifodalashda ishlatilsa, samolyot esa parvoz qiladigan, uchadigan mexanizm havoda harakatlanib sayr qilish imkonini beruvchi obyektni bildiradi . jumladan telefon aloqa vositasi, muloqotni ta’minlaydigan uskuna. Otlar ham o’z o’rnida turlicha guruhlarga bo’linib tasnif etiladi , chunonchi: collective-jamoani bildiruvchi otlar brigade-jamoa, crew-ekipaj, army-armiya, family-oila va hokazolar. Bundan tashqari, ko’plikdagi otlar ham mavjud bo’lib ular tuzilish jihatidan o’z nomidan ko’rinib turganidek ko’p miqdordagi predmetlar va narsalarni ifodalashda ishlatiladi xususan:
Balls-to’plar, laptops-noutbuklar , devices-qurilmalar
Chances-imkoniyatlar, countries-davlatlar, keys-kalitlar
Trees-daraxtlar, fridges-muzlatgichlar, dishes-idishlar
Qo’shimcha ravishda qo’shma otlarni ham ta’kidlab o’tsak bo’ladi : travel agent- sayohat agenti , bathroom-yuvinish xonasi, sugarcane-shakarqamish, skyscraper-osmono’par bino, cornfield- makkajo’xori dalasi shu va boshqa ko’plab misollarni keltirish mumkin. Umumiy otlar: drink-beverage-ichimlik, car-mashina, computer-kompyuter, perfume-atir, poacher-brokanyer, criminal-jinoyatchi va shunga o’xshash yana ko’plab misollarni keltirish mumkin. Aniq otlar: toy-o’yinchoq, map-xarita, office-ofis,idora, handset-telefon, headphone-quloqchin, blanket-yopinchiq, credit card- kredit kartasi. Mavhum otlar : friendship- do’stlik, loyalty-sadoqat, affection-mehr, bureaucracy-byurokratiya, evil-yovuzlik, magic-sehr, relationship. Bu o’rinda sifatlar ham muhim rol o’ynaydi chunki so’zlarning morfologik tuzilishini shakllantirishda ular ham bilvosita ishtirok etadi aytaylik, chiroyli so’zi bu so’z ot so’z turkumidagi biror bir shaxs yoki buyumning jozibadorligini ifoda etishda, tasvir ifodaligini ta’minlashda ishlatiladi. His parents live in a magnificient house. Ushbu gapimizda uy so’zini oldidan kelib uni hashamdorligi va chiroyliligini aytish uchun shu sifatni ishlatdik. Sifatlarni qay tartibda qo’llashni eslab qolishning eng oson yo’llaridan biri bu ularning doimo ot so’z turkumidagi so’zlardan oldin kelib biror bir shaxs yoki narsaning qandaydir belgisini bildirib kelishini esda saqlab qolish kifoya qiladi. Keyingi kategoriyaga ravishlarni kiritamiz ular so’zlarning morfologik tuzilishining shunday turiki , ular sifatni, fe’lni, ravishni o’zgartirgan holatda harakatning yoki holatning qay tarzda ifoda etilishini ko’rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, ular joyni, vaqtni, vaziyatni, holatni, sababni, darajani ko’rsatishda ishlatiladi: overwhelmingly –degree(daraja) , briskly- circumstance-(vaziyat), politely – manner(holat), today-(time), much-(degree), deliberately-cause(sabab). Fe’llar asosan harakatni tasvirlovchi so’zlar sifatida ishlatilib, ular nimadir sodir bo’layotganini ifodalaydi. Bunga misol qilib, boiling-qaynayapti, working-ishlayapti. Fe’llar biror jarayonning tabiiy sodir bo’lishini ham ifodalashda ishlatiladi : ipak qurti kapalakka aylandi. O’qituvchi talabalarga baqirdi. Hamma daftarga yozyapti. Bog’lovchilar gapda morfologk tuzilishiga ko’ra soda qilib aytganda ikki va ndan ortiq gaplarni bir-biriga bo’glashda ishlatiladi, ularni ham o’z o’rnida ikkiga bo’lish mumkin: conjunctions-since, for, but,when . Connecting adverbs: however, yet, still, then, therefore. A pretty girl brought me a bunch of keys from my friend and then she lost at once. Olmoshlar ular otning maxsus bir turi sifatida qaralishi ham mumkin. Ular narsa yoki joydan ko’ra ko’proq shaxsga urg’u berishga qaratilgan bo’ladi. Olmosh gapda yozma nutqda kimgadir gapirayotgan insonni va kimdir haqida gapirilayotganini ham bildirish o’rnida ishlatiladi. Biz har bir gapda o’zimiz murojaat qilayotgan insonni ismini takrorlamaslikka harakat qilamiz bu borada olmoshning beqiyos o’rni bor, u gapda takrorni kam qo’llanishiga yordam beradi. Masalan: Abdulaziz va Shaxzod mening do’stlarim , ular yuridik universitet bitiruvchilari . Nafisa juda aqlli qiz, u doim darslarga o’z vaqtida keladi. Egalik olmoshlari ham mavjud bo’lib , ular gapda biror narsaga egalikni ifodalashda ishlatiladi: meniki- seniki-ularniki-bizniki-sizlarniki shular jumlasidandir. Predloglar ular morfologik jihatdan so’z tuzilishining shunday turiki ular odatda otlar va olmoshlar oldida keladi. Predloglar gapda ko’pincha joylashuv, vaqt, yo’nalish ka’bilarni ifodalab , ot, olmosh yoki boshqa so’zlarning gapdagi bir-biriga bog’liqlik munosabatini ko’rsatib beradi, ammo o’zbek tilida bunday morfologik tuzilish uchramaydi. He could not have survived on his own. Female and male staff accounted for well over 78% in this hotel. One of my closest friends lives near the suburb. Aniqlovchi u so’zning shunday turi hisoblanadiki, otni izohlab keladi va har doim gaplarda ot oldida joylashgan bo’ladi. Masalan, these biscuits are yummy and delicious. Modal fe’llar- ushbu fe’llar gapda ehtimollik, qobiliyat, ruxsat, majburiyatni ifodalash uchun ishlatilib, gapdagi harakat mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklashga xizmat qiladi. Men bolalagimda juda tez yugura olar edim. Iltimos menga vazifani yolg’iz o’zim bajarishimga ruxsat bering. Kecha majlisga o’z vaqtida yetib kelishing kerak edi . Balki u Toshkentga allaqchon jo’nab ketgandir, chunki men uni bir necha oylardan beri ishda kuzatmadim. Ko’rinib turibdiki, ushbu turdagi so’zlar turlicha ma’no va mazmun yuklash , takroriylikni oldini olish, nutqni bejirimligini oshirish, narsaning belgisi yoko ish –harakatning qay tartibda bajarilganini ko’rsatishda ishlatiladi.
2. So’zlarning morfemik jihatdan tahlili va so’z tuzilishining turlari
Morfemik tahlil qilish tartibi bu barcha mavjud morfemalarni so’z yoki so’z shaklida tanlanishini o’z ichiga oladi, demak morfema eng kerakli qiymat hisoblanadi. Morfema tahlili usuli Aleksandr Matveevich Peshkovskiy, Grigoriy Osipovich Vinokur asarlarida fan tarqqqiyotning hozirgi bosqichida esa Al-Dra Nik asarlarida batafsil yoritib berilgan. Tixonova, Nik, Maks, Shanskiy , Elena Andreevna kabi olimlar ham hozirgi davrda morfemik tahlil haqida ko’plab ma’lumot jamlagan bo’lib, ular morfemik tahlil ustida tadqiqot ham o’tkazishgan va ular buni maktabdagi dars jarayonlarida kompozitsion tahlil deb nom berishgan. To’liq morfemik tahlil qachonki, biz har bir o’rganuvchi sifatida alohida har bir elementning shaklini va ma’nosini o’rganganimizni anglatadi. Shunday vaziyatlar uchrab turadiki , har qanday talaba morfemik tahlilni uddalay olishi mumkin bo’ladi, ammo shunday holatlar mavjudki , ular hatto professional olimlar uchun ham mushkul vazifadek tuyulib qoladi yuqoridagi aytib o’tilgan vaziyatga mos hollarda o’rganuvchi va izlanuvchi tadqiqotchilarni ma’lumotnoma adabiyotlardan va kerakli qo’llanmalardan foydalanib tahlil qilishdan boshqa choralari qolmaydi Morfemalar tahlili , shuningdek, so’z qanday tuzilganini tushunishga imkon beribgina qolmay, so’zni to’g’ri yozishga yordam berib, savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Morfemik tahlil bir ildiz bilan bir tuzilmali so’zni bir-biri bilan o’zaro solishtirish orqali ham amalga oshiriladi. So’zni morfemalarga aniq ajratishni o’rganish uchun morfemik tahlil algoritmini o’zlashtirish kerak. Bir so’z qismlarining so’zga biriktirilishini teskari tartibida ajratamiz. Ushbu algoritm esa “matryoshka usuli” degan shartli nomni oldi. Bir so’zni tahlil qilishda eng chetki qo’shimchani tanlab tahlil qilishdan boshlanadi. Tugallangan ya’ni oxirgi qo’shimcha qism so’zning shaklini tashkil etuvchi va shuning uchun ibora va gapdagi so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladigan so’zning o’zgaruvchan ma’noli qimi . Tugallangan qism sof grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: otlarda birlik va ko’plikni hamda shakllarni; olmoshlarda esa raqamlar va kishilikni; sifatlarda shakl va faqatgina birlikni; hozirgi va kelasi zamon fe’llarida harakatning bajaruvchisi qaysi shaxsda ekanligini; o’tgan zamon va shart mayllarida esa shaxs-sonni ifodalab keladi. Bu so’z turkumlari va shakllari uchun ma’lum bir tugallikning bo’lishi mulohazali fikr albatta. Masalan, gerundlar, fe’l infinitivlari , sifatlarning qiyosiy darajalari, holat toifasini bildiruvchi so’zlar, o’zgarmas otlar, o’zgarmas (analitik) sifatlar, shu jumladan o’zgarmas olmoshlar-sifatlar (egalik olmoshlari uning, ularniki, ularga). Shuni esda tutish kerakki , so’zning oxiri nol holatda ya’ni qo’shimchasiz holda bo’lishi mumkin. Bu so’zni o’zgartirsa bo’ladi unga qo’shimchalar qo’shish orqali table(nol holatda)- table +s, organ (nol holatda)-organ +s, mug (nol holatda)-mug+s, napkin (nol holatda)-napkin+s , rob(nol holatda)-rob+b+er, rob+b+ing, rob+b+ery; smuggle (nol holatda)- smuggle+r, smuggl-e+ing. Ba’zi tilshunos olimlarning fikricha so’zning oxiri bo’lmagan qismi ya’ni shakl yasovchi qo’shimchalarsiz qismi ham so’z o’zagi deyiladi.
Quyidagi so’zlardan qaysilarida alohida o’zak (singan o’zak) borligini ko’rib chiqamiz; o’zak uziladi va refleksiv fe’llar (going to) tugaganidan so’ng yana davom etadi va murakkab miqdoriy sonlar (eighty-nine) , qo’shma otlar (travel agent), (flight attendant). So’zni morfemik tahlil qilishning keyingi bosqichida biz o’zakni tahlil qilamiz, unda qaysi affikslar ishtirok etganligini aniqlaymiz. Misol tariqasida unreliability so’zini analitik tahlil qilib ko’ramiz; bu so’zda affikslarning morfologik tuzilish jihatdan ko’p turi qatnashgan. (-Un) prefiks hisoblanib, fe’llar oldida kelsa biror ishni qilmaslikni ya’ni inkor ma’no qo’shuvchi qo’shimcha ; undo,unlock, undress yoki bu qo’shimcha sifat so’z turkumidagi so’zlar oldida kelsa ham salbiy yoki inkor ma’noli sifatalr hosil qilishda ishlatiladi; unable, unfair, untidy, untruthful, unclear. Yuqorida keltirilgan misolda rely so’zi asos va undan keyin sifat yasovchi (–able) qo’shimchasi qo’shilmoqda , shu orqali qo’shimcha qo’shilishi bilan asosdagi (y) harfi (i)ga almashyapti , oxirida so’zga ot yasovchi (-ity) qo’shimchasi qo’shilmoqda va so’ngida ot so’z turkumidagi so’z yasaldi. Morfemik tahlil o’rganilayotgan so’z qaysi minimal muhim qismlardan (morfemalardan) iborat ekanligini ko’rsatadi. Eslatma tariqasida, turli o’quv qo’llanmalarida so’zni tahlil qilish har xil berilgan. So’zni tarkibi bo’yicha tahlil qilishni boshlang’ich shaklni belgilashdan , so’z tegishli bo’lgan nutq qismini belgilashdan boshlash tavsiya etiladi. Keyinchalik esa ;
tugallovchi va shakllantiruvchi qo’shimchani ajratib ko’rsatish (agar ular so’zda bo’lsa)
so’zning o’zagini – so’zning oxiri va shakl yasovchi qo’shimchalarsiz qismini ajratib ko’rsatish
so’z yasash zanjirini qurish orqali so’z asosidagi prefiks va qo’shimchani ajratib ko’rsatish
so’zdagi ildizni ajratib ko’rsatish.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, tugallanish shaxs-son va holatning grammatik ma’nolarini ifodalovchi (hech bo’lmaganda bittasini) va so’z birikmasi hamda gapdagi so’zlarni bog’lashga xizmat qiladigan shakllantiruvchi morfema. Asos bu so’zning leksik ma’nosini ifodalovchi so’zning morfemik tuzilishining majburiy elementi. Yaovchi morfemalarning barcha turlari (tugallovchi,yasovchi qo’shimcha) so’z o’zagi tarkibiga kirmaydi. Qo’shimcha (suffiks) so’zning ildizdan keyin bo’lgan qismi , odatda so’zlarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. So’z yasovchi qo’shimchalar yangi yangi turkum so’z yasash uchun xizmat qiladi masalan: write - writing body, optics – optical. Biroq fe’lda uning turli shakllarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladigan ikkita o’zak bor. Bir asos – hozirgi zamon asosi o’zakning barcha shakllarini shakllantirish uvhun asos bo’lib xizmat qiladi . Ikkinchi o’zak –o’tgan zamon-o’ygan zamon shakllarini , ish-harakatning kesimini shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib u yoki bu fe’lning o’zagiga bog’langan barcha affikslar (masalan o’tgan zamon qo’shimchasi) faqat shakl yasovchi sifatida qaraladi. Ot va sifatlarning nomlari orasida o’zgarmas deb qaraladigan bir qator so’zlar mavjud ularga quyida berilgan so’zlarni kiritish mumkin; airport, cinema, air, subway, underground, boundary, luxury, karate va boshqalar. Ular jumlada qo’llanilganda shaklni ko’rsatadigan hech narsaga ega emas, ularning oxiri yo’q. O’zak bu morfema orqasida joylashgan qo’shimcha , faqatgina bir suffiks so’zning eng oxirida kela oladi ya’ni barcha grammatik birliklardan so’ng, bu ham bo’lsa refleksiv (o’zlik)fe’llarni hosil qiladi , uning joylashuv hodisasi o’tmishga xos bo’lib u bir vaqtlar refleksiv-o’zlik olmoshi bo’lgan va hatto fe’ldan keyin emas balki jumlada istalgan o’rinda kelishi mumkin. Refleksiv fe’l bo’lib kela olishiga misol; he cut himself gapdagi (cut) refleksiv fe’l. Refleksiv olmosh esa he cut himself-shu so’z refleksiv (o’zlik) olmoshini ko’rsatayapti.
Tilga oid o’quv-qo’llanmalar tizimida so’zlarning qanday tartibda yasalishi va uning hayotga tatbiq etilishi mutaxassis –olimlar orasida ancha qizg’in bahs munozaraga sabab bo’lib kelmoqda . Tilshunos olimlar hatto hozirgi kunga qadar so’z yasalish hodisasini o’rganish predmeti sifatida morfologiyaga ham shu bilan birga leksikologiyaga ham kiritib kelishgan. Tilshunoslik ilmida so’z yasalishi ahamiyati borasida V.V Vinogradovning fikrlari quyidagicha edi; “Tilshunoslik sohasida s’zlarning yasalishi muhim ahamiyat kasb etibgina qolmay, balki u tilning lug’at boyligi haqidagi fan – leksikologiya hamda grammatika bilan yaqinlashib boradi shu bilan birga u o’z navbatida so’z birikmasi sintaksisiga va shakl yasash ta’limotiga ham o’z munosabatini aks ettiradi ” bora –bora bu nazariyani qo’llab –quvvatlovchi mutaxssislar soni ortib bormoqda . Hozirgi kunga kelib so’z yasalishiga doir nazariyani alohida fan sifatida rasmiylashtirish ancha dolzarb masala chunki bu borada ba;zi tushunchalar yangicha yondashuvni talab etibgina qolmay, ayrim so’z yasovchi qo’shimchalarni to’liq tasdiqlash va shu yo’nalishga tegishli tahlil metodlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Barcha tillarning so’z yasalish usullari va vositalariga yetarli darajada urg’u berilib kelingan bo’lsada , bu borada kam qiyosiy o’rganish amalgam oshirilgan. Hattoki ayrim yaxshi o’ranib chiqilgan tillarda ham so’z yasovchi vositalar chuqur yoritib berilmagan. Bundan tashqari so’z yasalishi sohasida amalga oshirilgan ishlar, amaliyot-tadqiqot metodlarini qo’llash bilan, turli maqsadni ifoda etgan va o’rganilayotgan hodisaga turfa yondashuvlar aks ettirilayotgani ayrim tillar guruhi uchun tadqiqot natijalarini qiyoslash imkonini murakkablashtiradi yoki aksincha umuman so’z yasovchilar borasida qiyoslashni amalga oshirib bo’lmay qoladi.
Tipologik tahlil muammolari , ayniqsa har xil tillarning morfologik xususiyatin tatbiq etishda namoyon bo’ladi. Til strukturasining boshqa jihatlari bu nuqtayi nazarga nisbatan kam o’rganilgan. Chunonchi , semantika va leksika sohasida universal hodisalar tadqiqoti birinchi o’rinda turadi. “Aniq leksik tarkibning borligiga qaramay, bir qancha tillar guruhiga xos leksik-semantik modellar bor yoki yo’qligini tekshirish kerak . Agar ular haqiqatan ham bo’lsa ularning qonuniyatlari va xususiyatlariga oydinlik kiritish zarur bo’ladi ” (M.M Makovskiy) 1969-yil. So’z yasalish jarayoni ko’rib chiqilayotgan paytda , ushbu sohada tillarning tipologik o’xshashligi aniq ko’zga tashlanadigandek, ularning farqi ham shunchalar ochiq-oydin ko’rinib turishining guvohi bo’lish ajab emas. Ushbu yuqorida keltirilgan fikrlarga dalil sifatida beshta slavyan tillari ustida rus olimi (V.A Nikonov 1962) va uchta germn tillari ustida (V.V Gurevich 1970) yillarda olib borilgan tadqiqotlarni misol qilib keltirish mumkin . Ingliz hamda rus tillari hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo’lganliklari evaziga ushbu tillarda ko’plab o’xshash xususiyatlar bo’lishi tabiiy albatta . Ammo , shunga mos ravishda rus va ingliz tillarining so’z yasovchi qo’shimcha va vositalari turlicha xususiyatga egaligidan tashqari, har bir tilning o’ziga xos so’z yasalish usullari va ularning mahsuldorligi darajalari bilan ushbu tillar bir-biridan keskin farq qiladi. So’z yasalish hodisasida morfologik, morfologik-sintaktik, leksik-semantik, leksik-sintaktik usullar uchraydi. Hozirgi davr ingliz va rus tili leksikasini boyitadigan eng samarali usullardan bittasi bu- so’z yasashdagi morfologik usuldir . Ushbu usul affiks va so’z qo’shish yordamida hamda affikslarsiz so’z yasash orqali amalga oshiriladi . affikslarni ishlatmagan holatdagi so’z yasalishda tovush o’zgarishi va so’z yasash vositasi sifatida urg’uni ko’chirish orqali amalga oshiriladi, biroq so’z yasashning bunday turi keng uchramaydi . Undan ko’pincha sifatlardan va fe’llardan ot yasashda keng qo’llaniladi . Xususan, rus tilida свистеть-свись, тихий-тишь, глухой-глушь , ingliz tilida esa to feed-food, to live-life, to ob’ject-‘object, to pre’sent-‘present, to per’fect-‘perfect .
Ingliz tilida keng uchraydigan konversiya hodisasi affikslarsiz so’z yasash usuliga , so’zni ya’ni berilgan o’zakni so’z o’zgartirishning boshqa paradigmasiga o’tkazish orqali qilish mumkin. Bunday holatda yangi so’zning sintaktik birikishi o’zgarishi tufayli konversiya so’z yasashning morfologik-sintaktik usulini taqozo etadi. Konversiya hodisasi orqali yasalgan so’zlarning aksariyatini fe’llar tashkil etadi; chair- to chair, light- to light , free- to free, wet- to wet, down- to down. Yuqorida aytib o’tilgan misollarga tayanib , fe’llar har xil so’z turkumlaridan otdan, sifatdan va ravishlardan yasalishi mumkinligi ayon bo’ldi . bundan tashqari konvrsiya yordamida boshqa so’z turkumlari jumladan ot yasalishi ham mumkin ; to run-run , to work-work , native – a native va hokazolarni sanab o’tish mumkin . Aynan konversiya hodisasi ingliz tilini rus tilidan ajratib turadigan ayrim jihatlardan biri sanaladi. Yuqorida keltirilgan tillarda affiksatsiya va so’z qo’shish hodisasi so’z yasashda eng universal vositalardan biri hisoblanadi. Affiksatsiya o’zakka u yoki bu qo’shimchalarni qo’shish orqali so’z yasash hodisasi. Affikslar yordamida so’z yasash usullari barcha tillarda keng tarqalgn bo’lib, uning vositasida suffikslar, prefikslar, suffiks-prefikslar orqali ham yangi so’z yasash mumkin. Suffiks-prefiks usulida so’zlar hosil qilish ingliz tilining so;z yasash tizimida unchalik ko’p qo’llanilmaydi , ammo kamdan-kam hollarda bo’lsada uchrab turadi; superficial, unworthiness.
Har bir so’z tilning eng kichik ma’noli birliklari bo’lmish morfemalardan iboratdir. Morfemalar so’zlarni hosil qilishdagi roliga ko’ra o’zak va affikslarga bo’linadi. Ildiz (o’zak) so’zning asosiy leksik ma’nosini ifodalaydi, shu bilan bir qatorda ildizlar ko’p hollarad so’zlar bilan omonim bo’lishi mumkin. Bunday ildizlarga erkin morfemalar deyiladi. Affikslar har doim bog’langan morfemalar bo’lib, ular faqat so’z doirasidagina xizmat qila oladi. Q’shimchalar vazifasi va ma’nosiga ko’ra , yangi leksema – so’z yasashga xizmat qiluvchi vosita va Grammatik a’no ifodalovchi hamda so’zning Grammatik shakllarini yasashga xizmt qiluvchi funksiyalarga bo’linadi. Agar o’zakda bir yoki bir nechta hosila affikslari bo’lsa u hosila o’zak hisoblanadi. Tuzilish va shakllanish turiga ko’ra so’zlar quyidagilarga bo’linadi :
Ildiz morfemasidan yoki oxirida hech qanday qo’shimcha bo’lmagan oddiy so’zlar; now, play, fly, fate, lion
O’zak morfema va bir yoki bir nechta hosila affikslardan tashkil topgan affiksatsion hosilalar ; randomly, abruptly, convicted, driverless
Bir nechta o’zagi birikkan birikmalar; skyscraper, cornfield, lawbreaker, eyewitness, heartbroken
O’zak tarkibi va affiksatsiyasi bo’yicha birikkan hosila birikmalar; heart-shaped, home-cooked, bare-legged
Qisqargan so’zlar; fridge, sax, pop
Qisqartmalar ; NATO, UNO, UNICEF, UFC, US, FBI, IELTS
So’zda joylashuv o’rniga ko’ra affikslar quyidagi turlarga bo’linadi; prefikslar- o’zakdan oldin qo’shiladi; unfair, illegal, dishonest, inperson. Suffikslar esa asosdan so’ng qo’shiladi; successful, bravery, competition, neighbourhood . Infikslar esa o’zak orasida keladi ; Massachussets, education, procrastination. Mahsuldorlik darajasiga ko’ra affikslar unumli ya’ni hozirgi kunda yangi so’zhosil qilishda yordam bera oladigan va unumsiz qaysiki, hozirgi zamon ingliz tili rivojida so’z yasalishda ishtirok etmaydigan (lock) wedlock so’zida bo’lgani kabi. So’z yasovchi qo’shimchalar kelib chiqishiga ko’ra o’zlashgan va o’zlashmagan affikslarga bo’linadi. Qadimgi ingliz tili davrida yaratilgan va mavjud bo’lgan affikslargina asl affikslardir. Qo’shma so’z tarkibidagi ildiz morfema asta –sekin qo’shimchaga aylanib, zamonaviy ingliz tilidagi so’zlar bilan omonim bo’lmagan bog’langan shaklga aylanishi mumkin –dom (O.E fate,power) –hood(O.E state). Eng muhim o’zlashmagan so’z yasovchi affikslar : ed,en, dom, fold, d, ful, hood, ing, ish, less, like, let, lock, ly, ness, red, ship, some, teen, ty, th, wise, y. O’zlashgan affikslar kelib chiqishiga ko’ra tasnif qiladi ; Latin – (able, ible, ant, ent). French- (age, ance, ence, ancy, ency) . Greek – (ist, ism, ite). Agar affikslarning ma’nosi va vazifasi aniq hamda tuzilish shakllari jihatidan mavjud tilning tuzilish shakllariga mos kelsa , tilga ko’p miqdorda so’zlar o’zlashishi amalga oshadi va shuncha ko’p qo’shimchalar ham o’zlashtirladi. Agar bu shartlarning barchasi amalga oshirilsa o’zlashma affiks unumli bo’lib ingliz lug’ati tizimiga o’zlashib o’zaklar bilan birlashishi mumkin. Masalan , (-able) likeable, unforgettable, unforgivable, affordable. Balustrade, brigade, cascade so’zlari fransuz tilidan ingliz tiliga o’zlashgan bo’lsada ingliz tilidagi blockade so’zi ingliz tilidagi asosga o’zlashgan qo’shimchani qo’shilishi orqali yuzaga kelgan . Keyingi tasnifga ko’ra , so’z yasovchi qo’shimchalar qaysi so’z turkumini hosil qilishiga ko’ra kategoriyalarga ajratiladi :
Ot yasovchi qo’shimchalar; (age)- breakage, bondage (-ance/ -ence)- assistance, reference, (-ant/-ent,)-desinfectant,student, (-dom)-kingdom,freedom (-hood)- childhood, motherhood. (-ee)-nominee,trainee,employee , (-er)- teacher, builder. (-ess)- waitress, actress, (-ing)- shipping, lifting, (-ion)- rebellion, (-tion)-creation, (-ation)- explanation, (-ism)- racism, neologism. (-ist)-dramatist,artist (-ment)-government, (ness)-governess,happiness , (-ship)- fellowship, warship, (-ty)- majority, loyalty.
Sifat yasovchi qo’shimchalar: (-able) unbearable, flammable . (-al) classical, social (-ant/ent) assistant,redundant, obedient. (-ary) missionary. (-ate/ete) fabricate, incomplete. (-ful) fruitful. (-ish) foolish. (-ive) compulsive , intensive. (-less) careless, limitless.
Do'stlaringiz bilan baham: |