1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi


Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish



Download 0,51 Mb.
bet57/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

46.Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish


Sanoat korxonalarining faoliyati asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag‘lar bilan uzviy bog‘liq holda alohida ahamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma mablag‘lar 2 ta fondni o‘z ichiga oladi:

  1. Aylanma fondlar;

  2. Muomala fondlari.

Aylanma fondlar o‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bo‘ladi.
Muomala fondlariga jo‘natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi pul mablag‘lari kiritiladi.

Aylanma mablag‘larning tarkibini 4-chizmada ko‘rish mumkin:


Aylanma mablag’lar





Aylanma fondlar

Muomila fondlari




  1. chizma. Aylanma mablag‘lar58 (sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha).

Korxonaning aylanma mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Aylanma mablag‘lari kamayib ketgan korxona (firma)lar bankrotlikka yuz tutadilar.


Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablag‘lar normallashtiriladigan va normallashtirilmaydigan mablag‘larga bo‘linadi.
Normallashtiriladigan aylanma mablag‘lar korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning minimal miqdoridir.
Aylanma mablag‘larning aylanish davri 3 qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Mablag‘larning ishlab chiqarishdagi jamg‘arma shakli;

  2. Ishlab chiqarish jarayonidagi shakli;

  3. Tayyor mahsulot yoki hisob-kitob schyotidagi shakli. Normallashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarish jamg‘armalarini,

tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini, tayyor mahsulot qoldig‘ini aniqlashdan iborat.
Normalarga binoan, ishlab chiqarish jamg‘armalari rejalashtiriladi. Ularning miqdori korxonalarda kamroq, lekin ishlab chiqarish jarayoniga etarli bo‘lishi kerak.
Har bir korxona aylanma mablag‘larni saqlash va ulardan oqilona foydalanishni va ularning aylanishini tezlashtirishni ta’minlashi kerak. Faqat shundagina u samarali ishlagan bo‘ladi. Aylanma mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi ularning doiraviy shaklda aylanishining tezlashishidir. Bunga erishilganda ortiqcha mablag‘larning bo‘shashiga va ulardan boshqa maqsadlarda qo‘llanishiga sharoit yaratib beriladi.
Sanoat ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o‘zida mehnat buyumlari ham harakatda bo‘ladi. SHu sababli ularni aylanma fondlar deb ataydilar. Aylanma fondlarning ashyoviy mazmunini asosiy va yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim fabrikatlar, ehtiyot qismlar, kam baholi hamda tez to‘ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar (taralar) tashkil etadi. Aylanma fondlarga tayyor mahsulot, yo‘ldagi mahsulot va hisobdagi pullar ham kiradi.
Aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash mavjud xomashyo va materiallar bilan ishlab chiqarish ko‘lamini yuqori darajaga ko‘tarish, tarmoqlar o‘rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalarni) belgilash, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xomashyo va materiallardan, yoqilg‘i va elektroenergetikadan oqilona foydalanishni talab etadi.
Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko‘p omillardan foydalanish mumkin. Resurslarni tejashning asosiy ishlab chiqarish – texnik omillariga ishlab chiqarishning texnik darajasini uzluksiz oshirish, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni rag‘batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi.
47.Sifat tushunchasi va uni oshirish zarurati

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha muhim talablar qo‘yadi. CHunki hozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘liqdir.


Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. CHunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir59. SHu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. YA’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Mahsulot sifati - bu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. YUqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. YUqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday subektlarning ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa aholining daromadlarini oshishi va turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi.\
Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. YA’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish