Plastmassalar – keng nomenklaturaga ega bo‘lgan sun’iy polimer mahsulotlar bo‘lib, ular sifat jihatdan tabiiy materiallar bilan tenglashibgina qolmay, balki ko‘p hollarda ulardan ustunlik ham qiladi55. Ular yuqori mustahkamlik, elektr o‘tkazmaslik, engillik, qattiqlik, egiluvchanlik, tiniqlik, karroziyaga, kislotaga, issiqlikka chidamlilik, kam ediruvchanlik kabi sifatlarga ega va mexanik ishlashning turli usullariga engil moslashadi.
Mamlakatimiz plastmassalar ishlab chiqarish uchun keng xomashyo resurslariga ega, chunki plastmassalar uchun tabiiy va neft gazi, neftni qayta ishlash va koksokimyo sanoati chiqindilari, yog‘ochni kimyoviy ishlash mahsulotlari, engil va oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligining turli xil chiqindilari xomashyo bo‘lib xizmat qila oladi.
Sintetik kauchuk – rezina, rezina-texnika va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish uchun yagona xomashyodir. Sintetik kauchuk tabiiy kauchukka nisbatan o‘n minglab marotaba tezroq ishlab chiqariladi. Tabiiy kauchuk bir necha xususiyatga ega bo‘lsa, sintetik kauchuk behisob xususiyatlarga ega. Har biri bir necha markali bir necha tur kauchuklarga bo‘linadi.
Sun’iy va sintetik tolalar sanoatning xomashyo bazasini kengaytirish bilan birga, turli texnik va kiyim-kechak gazlamalari, elektr izolatsiya materiallari, kabellar va kanatlar, baliq tutish to‘rlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Iqtisodiyotda sun’iy charm o‘rnini bosuvchi materiallar katta ahamiyatga egadir. CHunki poyafzal sanoatining o‘sish sur’atlarini amalga oshirish uchun tabiiy charm resurslari etarli emas. Sun’iy charm va charm o‘rnini bosuvchi materiallardan poyafzalning ayrim detallarini tayyor holda ishlab chiqarishning mumkinligi poyafzal sanoatini avtomatlashtirish, ishlab chiqarish siklini qisqartirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va natijada poyafzal sanoatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.
42.Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi
Ma’lumki, har bir jangda har ikkala tomon ham o‘z strategiya va taktikasidan foydalanib, imkon qadar yo‘qotishlarsiz g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Xuddi shuningdek, iqtisodiyotda ham strategiya va taktika qo‘llaniladi.
Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi subektlarda resurslar tekin emas, ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyo xarajatlarini minimallashtirish va shu orqali foydani maksimallashtirishdir. Olib borilgan izlanishlar, qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so‘nggi bosqichi resurslardan foydalanishning alternativ yo‘lini tanlash, resurslar tejamkorligi ekanligini tavsiflaydi.
Resurslarni tanlash alternativligi amaliyotda undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi;
-alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z o‘rnini egallash;
-mahsulot sifatidagi aniq ustunlikka erishish;
-xuddi iqtisodiyotdagi o‘rni kabi texnologiyada ham liderlik, ya’ni peshqadamlik mavqeining o‘sishiga ega bo‘lishga intilish;
-dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo‘jalik faoliyatidan foyda olish.
SHuningdek, alternativ (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini - yo unisini, yo bunisini tanlab olish zarurati) resurslardan foydalanish strategiya va taktikasining tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejash va samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanish sohasida ham amalga oshirish birinchi navbatda odamlarni, amaliyotga mo‘ljallangan xodimlarning tegishli kvalifikatsiyasi, bilimi va ish malakasi, resurslardan foylanish javobgarligi, bozor iqtisodiyoti sharoiti va zamonaviy fan-texnika tadqiqoti haqida etarli bilimlar talab qilinadi.
Oldingi rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga taqsimlab berilar edi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarni topish va ulardan foydalanishga bo‘lgan talabning ko‘tarilishi resurslar tejamkorligini amalga oshirish yo‘llarini izlashni taqozo etadi.
Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun resurslar tejamkorligi amaliyotda emas, balki hujjatlarda bajarilgan. Hozirgi kunda bu masala oldingi davrdagidek, “yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi subektning resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishi bilan hal etilmoqda.
Hozirgi sharoitda ko‘pgina korxonalarning asosiy masalasi mahsulotni ishlab chiqarishda nimani, qancha va kimga ishlab chiqarish emas, shu bilan bir qatorda bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘ talab qilinishi masalasi ham muhimdir. Bu har bir korxonaga bir tomondan mavjud talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa – resurslar xarajatining kamxarj yo‘lini axtarishga undaydi.
Bularning barchasi tovar ishlab chiqarish xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan ixtisoslashganlik, texnologiya, qurollanganlik va boshqa xususiyatlar korxonaning o‘ziga tegishlidir. Bulardan tashqari, har bir korxonaga xarakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi – resurslar tejamkorligining muhim rezervidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |