1. Ilmiy tadqiqotni o'tkazishning asosiy bosqichlari .
2.Tadqiqotning psixologik gipotezasi .
3.Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish
4.0'zgaruvchilar : mustaqil , tobe , idora qilsa bo'ladigan , tasodifiy .
5. Randomizatsiya . Aralashuvchi omillar .
6. Ichki validlikka xavf soluvchi omillar : fon , etilish , saralash , o'lim , testlash , statistik regressiya tushunchalari
7.Xarom amallar : fabrikatsiya , falsifikatsiya .
8.Shubhali amallar : eksperimentni loyihalash , axborot yig'ish , ma'lumotlar tahlili , natijalar taqdimoti .
9.Turli amallar : ba'zi bir narsalarni tushirib qoldirish , reorganizatsiya , yangicha formulirovka .
10.Rasmiy manbalar : kitoblar , maqolalar , texnik hisobotlar , elektron nashrlar .
11. Norasmiy manbalar : mutaxassislar bilan uchrashuvlar , tadqiqiy guruhlar , o'qituvchilar
12.Eksprementda o'tkaziladigan mustaqil va tobe oʻzgaruvchilarni tanlash .
13.Tobe oʻzgaruvchini tanlash : operatsional tushuncha , validlik , ishonchlilik .
14.Bevosita kuzatsa bo'ladigan tobe o'zgaruvchilar , bilvosita ta'sir o'tkazadigan tobe oʻzgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko'rsatkichlari .
15.Guruh
16.Guruh haqida tushuncha va guruh borasidagi ekperimentlar tarixi . ichidagi va guruhlararo eksperimentlar tuzish .
17.Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari .
18.Bitta oʻzgaruvchili eksperimentlar .
19.Faktorli loyihalar .
20.Kvazieksperimentlar .
21.Bir ishtirokchidan iborat eksperimentlar .
22. So ' rov tadqiqot sifatida
23. Birlashib ketuvchi eksperimentlar loyihalari .
24.Kvazieksperimentlar .
25.Bir ishtirokchidan iborat eksperimentlar .
26. Noananaviy tadqiqotlar .
27.Birlamchi statistic metodlarni topish
. 28. Ikkilamchi statistic metoslarni topish .
29. Moda .
30. Mediana .
31. O'rta arifmetik qiymat
1.Ilmiy tadqiqotni o‘tkazishning asosiy bosqichlari. Tadqiqotning psixologik gipotezasi. Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish. Faraz (gipoteza) - bu hodisa yoki bir-biriga aloqador hodisalar o’rtasidagi qandaydir qonuniyat, sabablar mavjudligi to’g`risida (egallangan bilimlarga asoslangan xolda) bildirilgan taxmindir. Masalan, ta`lim jarayonida bola psixikasining rivojlanishi to’g`risidagi faktlar asosida Yuqori sinf o’quvchilari o’smirlarga nisbatan o’tilgan darslarni yaxshiroq eslab qolish imkoniyatiga egadirlar, ularning bu sohadagi qobiliyatlari ko’proq darajada rivojlangandir, degan taxminni aytish (farazni olg`a surish) mumkin. Gipotezami nazariy jihatdan tekshirish - bu taxmin qilinayotgan fikrni ajratish isbotlangan va ilmiy adabiyotdarda mavjud bo’lgan qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat bo’lib, natijada shunda qurilayotgan faraz bilan o’sha printsiplar o’rtasida mantiqiy qarama-qarshilik yo’qligi aniqlab olinadi. Gipotezami eksperiment tarzida tekshirib chiqish jarayonida uning to’g`riligi yoki to’g`ri emasligi ilmiy tadqiqotlar orqali olingan ma`lumotlarni analiz qilish asosida, tajribalar o’tkazish yo’li bilan belgilanadi.
2. Yoki gipotezaga oid boshqa bir misolni olaylik: kishi o’z qadrini bilishi shaxsning xususiyatlaridan biri sifatida kishining o’smirlik yoshida ko’proq darajada intensivlik bilan shakllanishini xamda o’smirning o’ziga o’zi qanday baho berishi ko’p jihatdan tevarak-atrofdagi kishilarning unga bo’lgan munosabatlari bilan belgilanishini bilgan holda shunday taxmin qilishi mumkinki, o’smirni u yoki bu guruxga kiritilishi uning shaxsiga nisbatan tevarak-atrofdagi kishilar tomonidan xurmat bildirish ehtiyojining mavjudligi bilan izoxlanadi
3 Tadqiqotchi tomonidan aniqlab olingan va yozib qo’yilgan voqealar, hodisalar faktlar deb ataladi. Shuning uchun kuzatuvchanlik ilmiy xodimning qimmatli fazilatlaridan hisoblanadi: u bunday qaraganda tadqiq etilayotgan ob`ektdagi uncha muhim emasdek tuyulgan xususiyatlarni ham, tajriba o’tkazish shart-sharoitlarini ham tez ilg`ab olish va ularga to’g`ri baho bera olish qobiliyatiga ega bo’lmog`i kerak. Qat`iy ilmiy tushunish ma`nosidagi fakt deganda kuzatilayotgan hodisani yangi tajribada yoki boshqa tadqiqotchi olib borayotgan tajribada qayta tiklash imkoniyati nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |