O’rtacha - bu o’rtacha chamalangan qiymat, ya`ni hamma individual qiymatlarning yig`indisini ushbu qiymatlar soniga bo’lingani qiymati. Masalan, iqtisodchi-talabalarning o’rtachasini topish uchun, biz 10 ta bahoni qo’shib chiqamiz, hosil bo’lgan 647 sonini 10 ga bo’lamiz. O’rtacha qiymat – 64,7 bo’ladi. Talaba-psixologlar uchun o’rtacha qiymat – 55,6. O’rtacha – taqsimotning markaziy og`irligidir. SHu bilan birga, qiymatning o’lchami o’rtachaga ta`sir ko’rsatgani sababli, har safar taqsimotdagi qiymatning o’zgarishi bilan o’rtacha ham o’zgaradi.
Qaysi xarakteristika markaziy tendentsiyani to’g`ri talqin qiladi? Boshqa shu kabi qiziqarli savollarga quyidagicha javob berish mumkin: “Hammasi vaziyatga bog`liq”. Birinchidan, ko’pgina hodisalar taqsimotning shakliga bog`liq. Agar siz o’rtacha(normal) taqsimotni yoki simmetrik unimodal taqsimotni olgan bo’lsangiz, uchchala xarakteristika ham bir xil sonni beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |