Dars ta‘lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining hamkorligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi. Abu Nasr Forobiy darsni shunday tasvirlaydi: ―O‘quvchi o‘zini shunday his etsinki, go‘yoki bog‘da guldan-gulga uchib yurgan kapalakka o‘xshasin. Shunday ekan, o‘quvchi darsda faol ishtirok etishi, yangi bilimlar o‘zlashtirishi uchun dars qiziqarli bo‘lishi lozim. Bunday darsni o‘qituvchi tashkil etishi uchun muayyan tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchining darsga tayyorgarligiga quyidagilarni kiritamiz: - dars maqsadlarini to‘g‘ri aniqlay olishi; - dars ishlanmasining bo‘lishi; - darsda qo‘llaniladigan metodlarni aniqlay olishi; - vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi. Ta‘lim jarayoniga e‘tibor hozirgi kunda emas, balki barcha davrlarda ham talab katta bo‘lgan. Shu jumladan, Abu Ali ibn Sino ta‘lim o‘qitish (dars) jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi: - O‘quvchini birdan kitobga jalb qilib qo‘ymaslik kerak. - O‘qitish asta-sekin, osondan qiyinga o‘tish yo‘li bilan olib borilishi lozim. - O‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo‘lishi shart. - O‘qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor. - O‘qitish o‘quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur. - O‘qitish jismoniy mashqlar bilan qo‘shilib olib borilishi shart. Darsda o‘qituvchi rahbar sifatida har bir o‘quvchining bilim olish xususisyatlarini inobatga oladi. O‘quvchilarning ta‘lim jarayonida o‘rganiladigan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma‘naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. O‘qituvchi darsni o‘zi tayyorlab olgan reja asosida olib boradi. Belgilab olgan rejasida maqsadni ko‘zlagan holda o‘quvchilarga bilimlar berib boradi. Bu jarayonda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun turli metodlardan foydalana boshlaydi. Metodlarni qo‘llashda sinf o‘quvchilarining xususiyatlarini, ularning faolligini, fan xususiyatlarini hisobga oladi. Metodlar va usullarni tanlash dars jarayonida o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq hisoblanadi. Bu esa belgilangan maqsadga bog‘liq. Yangi materialni bayon etishda biror metod qo‘llansa, darsning ikkinchi qismida esa boshqa metodlar qo‘llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o‘ylagan holda metodlar tanlanadi. Har bir oqituvchida qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar anchagina bor. O‘qituvchi bu metodlarni qo‘llashdan maqsadi o‘quvchilarni ta‘lim jarayonida faollashtirish, ularning diqqatini bir joyga to‘plash, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga undash hisoblanadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta‘lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb etib boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta‘lim metodlarining foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. O‘qituvchi ta‘lim metodlarini qo‘llashda pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Pedagogik mahorat nima? Pedagogik mahorat- o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixoxligi, insonparvarligi, mehribonligi) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, qobiliyati) fazilatlarni belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta‘limiy va tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajada erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta‘minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ta‘lim metodlarini qo‘llashda pedagogik mahoratga har bir o‘qituvchi ega bo‘lishi lozim. Shunday ekan, ta‘lim metodlarini qo‘llashda o‘qituvchi nimalarga ahamiyat berishi lozim? 1. O‘qitiladigan fan va mavzular mazmuni; 2. Fanning o‘qitilish metodikasiga; 3. Sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga; 4. O‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasiga; 5. Ta‘lim muassasasining moddiy ta‘minotiga; 6. O‘z pedagogik mahoratiga; 7. mavzuga oid ko‘rgazmali materiallarning mavjudligiga. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagog darsni puxta rejalashtirishi, metodlarni o‘z o‘rnida, natijasini ko‘rgan holda qo‘llashi shart. O‘qituvchining qo‘llayotgan har bir metodi darsning samarali bo‘lishiga xizmat qilishi lozim.
Mutaxassislik mahorat va bilimlarni o ‘zi rivojlantirishi qulay, ixcham tizimlarni taraqqiy ettirish nuqtayi nazaridan, refleksiv-gum anistik pedagogika va birlashib ijod qilish psixologiyasi asosida yaratiladigan intensiv-innovatsion metodlar yuqori samaraga ega b o‘lishlari mumkin. Bizning fikrimizcha, refleksiv-gumanistik yondashishning asosiy aksiologik yutuqlari asoslaridan biri, barbod etm aydigan uslublarni ko‘paytirib taraqqiy ettirish m umkinligini amaliy isbot qilib berish bo‘ldi. Shunday qilib, yangi konsepsiya yaratish, yangilikni kashf qilish uchun hech ham o ‘tm ish merosidan biror narsani buzish shart emas. Birgalikda ijod qilish asosiy gumanistik tam oyil amaliyot ishtirokchilari har bir ichki va tashqi hayoti turli-tumanligi (polifonik), k o‘payishi, doim iy rivojlanish to‘laligi (yagonaligi)ni ta’minlashdan iborat. 0 ‘qituvchi innovatsion harakatni amalga oshirishda rivojlanuvchi muammolarni kiritadi.
Uslubdan maqsad: o‘qituvchida innovatsion faoliyat muammolarini mustaqil tushunib yetish va innovatsion qarorga kelishga ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirish va rivojlantirish. Bunday uslub quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: 1. Maktab muammolarini ishlab chiqish bosqichi, undaharbir ishtirokchi ilgarigilarni takrorlamay o ‘z muammosi tuzilishiga harakat qiladi. 2. Ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha g ‘oyalarni oldinga surish bosqichlari. 3. Jamoatchilik bo‘lib birgalikda muhokama qilish. Polilog«aylana»tuzilishdatashkiletishningmazmuni,birinchidan,faqat-gina tuzilishidan «ilgarilab ketgan, surilgan» o ‘qituvchilar muammolarini yechishda rivojlantiruvchi natija berish, ta’minlash emas, balki ma’lumoti kamroq ijodiy muammolarni ham yechishdan iborat. Qaytarishga imkon bermaslik vositasida har bir ishtirokchi tomonidan muqobil yechimlarni anglab yetish maksimal samaraga erishiladi, keyingi innovatsion xatti-harakatlarni rivojlantirish uslubi nuqtayi nazarlar haqida munozaralar uslubi bo'lib, bunda turli pedagogik yangiliklar haqidama’lumotlarolishga imkon beriladi, balki ularni tanqidiy tahlil qilish jarayonini ham ta’minlaydi. Bunday munozara mexanizm uch guruhga ajratishni ko'zda tutadi. Birinchi guruh diqqatni bo‘lajakyangilikning loyihasini ishlab chiqishga, uni o‘z tushunishlarida yechib berishga jamlaydi. Chunki guruh munozara oxirida faqatgina bitta ishlab chiqilgan variantni umumiy muhokamaga olib chiqishlari kerak. Guruh o‘z yangilik loyihasini bayon etib bergandan keyin muhokamaga ikkinchi guruh qo‘shiladi, ularning vazifasi taklif etilgan yangilikka nisbatan boshqa muqobil variantlarni aniqlab olib va bunga asoslangan holda birinchi guruh fikrlarini noto‘g ‘ri ekanini isbotlab berishdan iborat. Taklif etilgan fikrni rad etib ikkinchi guruh o‘z yechim ini ishlab chiqishga kirishadi. Shundan so‘ng ular ham o‘z dasturlarini bayon qiladilar. Uchinchi guruhning vazifasi analiz qilib bayon etilgan loyihalarda konstruktivlikni izlashdan iborat. Chunki bu sintez qilib hal etish, murosa yo‘llarini izlaydi. Shundan keyin guruhlar vazifalari o‘zgartiriladi, bu sikl aylanib yana takrorlanadi. Guruhlar ishlab chiqqan har qanday ijobiy natijalar har bir bosqichda qayd etib beriladi. Ammo amalda shunday vaziyatlar vujudga keladiki, bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalar taklif etiladi. Ulardan har biri konstruktiv yechim ga ega bo‘ladi. Bu holda «Yechimlar auksioni» o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Uning mazmuni loyihalami umumiy plenumda yanada chuqurroq tahlil qilishdan iborat. Natijada yechimning har bir loyihasi tahliliy ekspertizadan o‘tadi. Bu «savdo» mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. «Mablag'» sifatida ularni tatbiq etishdan keladigan natija hisoblanadi.
Shu tariqa yangilik kiritish natijasida yuzaga keladigan jarayon va hodisalar haqida yagona tasavvur shakllanadi. Hodisalar avj olishi va amaliy qo‘llanishi mexanizmi yangilikni ishlab chiqishda ko‘zga ko‘rinmagan salbiy kamchiliklarni yuzaga chiqaradi, ushbu tartib taklif etilgan yangiliklarni, ularni amalda qo‘llash darajasini klassifikatsiya qilib beradi. Natijada eng ko ‘p salbiy natijalarga ega bo‘lganlari ro‘yxatdan o‘chiriladi. Amaliyotning ishchi dasturi quyidagilar: 1. 0 ‘qituvchining ijodiy fikrlashi, pedagogik masalalarni yechish psixologik-pedagogik analiz. 2. 0 ‘qituvchining innovatsion faoliyati: amalga oshirishning texnologiyasi va tuzilishi. 3. Yangilikni qabul qilishda psixologik to‘siqlar. 4. Innovatsion munosabatlar rivojlanish uslublari: ijodiy masalalarni ochib berish va kashfiyot uslublari: «Aqliy hujum», hayratlanarli savollar, innovatsion o ‘yinlar va boshqalar. 5. 0 ‘qituvchi mutaxassislik faoliyatida refleksiya (refleksiv qobiliyatlar trenningi). Yuqorida aytilganidek, o ‘qituvchining kreativligi va innovatsion munosabati rivojlanayotgan muhitta’siri ostida shakllanishi kerak. Tekshirishlarga asoslanib, ijodni qandaydir tahliliy vaziyatdan yoki mavjud bilim chegarasidan chiqish deb belgilab, shunday tasdiqlash mumkin: kreativ muammoni shaxsiy fikrlarga to‘la dolzarb qo‘yishda ifoda etilgan chuqur xususiyatdir. Shuning uchun biz mikromuhit orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatishga intildik. 0‘qituvchi dolzarblasha oladigan muhit yuqori darajali noaniq va potensial ko‘p variantlikka ega bo‘lishi kerak (boy imkoniyatlar). Noaniqlik tayyor yo‘nalishlarini qabul qilmay, o‘z izlanishlarini rag‘batlantiradi; ko‘p variantlilik ularga topishga imkon beradi. Bundan tashqari, muhim kreativ munosabat va uning natijalari namunalari tarkib topgan bo‘lishi kerak. Biz tekshirishlarimizda o‘qituvchi faoliyatidagi mikromuhit bir qator ko‘rsatkichlari uyg‘unligini taklif etdik, munosabat past darajadagi reglamentligi, kreativ munosabatning namunalari ko‘rsatilishi va informatsion boyligi - pedagogning innovatsion munosabatiga belgilovchi ta’sir ko'rsatadi. Bu texnologik darajada ham ifoda bo‘ladi. Tekshirishlar kurs Pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va metodikasi fakultetining 149 talabasi ishtirokida o ‘tkazildi. Bu guruh umumiy tayyorgarlik talabalari va pedagogika kolleji bitiruvchilaridan tashkil etilib, ikki 23 kishilik guruh tajriba guruhlari bilan taqqoslash uchun tuzildi.
L.S.Vigotskiy o‘ziga xos bo‘lgan jo‘shqinlik va ishonchlilik bilan o‘z asarlarida tasavvurning ikkinchililigi haqidagi afsonani yo‘qotdi: «Tasavvur qilishga ijodiy qobiliyat hammada - olimda ham, injenerda ham bor, u ilm iykashfiyot uchun xuddi san’at asarini yaratishdek muhim, u kundalik hayotda ham kerak. Ijodiy tasavvurning kurtaklari bolalar o ‘yinlarida namoyon boladi! 0 ‘yin - bu shunchaki boshdan kechirilgan taassurotlar haqidagi xotiralar emas, balki ularning ijodiy qaytadan ishlab o‘zlashtirilganidir, u jarayonda bola o‘zining qiziqishlari va talablariga javob beradigan yangi reallikni yaratish uchun ushbu tajribalarni birlashtiradi. Buning uchun bola ijodiy intilishlarga boy bo‘lgan sharoitda o ‘sishi kerak». Shu fikrni Dyui asosli ravishda kengaytiradi: «Tasavvurning o‘ziga xos funksiyasi butun borliqni oddiy idrok qilishda ko‘rib boim aydigan holda ko‘ra bilish qobiliyatidadir. Tasavvur bizdan uzoqdagi, hozir yo‘q bo‘lgan narsani aniq ko‘rishni o‘zining maqsadi qilib qo‘yadi». So‘ngra Dyui davom etadi «...tasavvurning kuchini nafaqat tarix, adabiyot, jug‘rofiya, tabiiy fanlar darslarida, balki geometriya va arifmetika darslarida ham foydalanish kerak, chunki ular ham faqat tasavvur yordamida tushunib bo‘ladigan ko‘p narsalarga ega». L.S.Vigotskiy va J.Dyui fikrlaricha, faqat tasavvur va ijodiy fantaziya orqaligina bola to‘Ia tajribaga, rivojlanishga ega bo‘lishi mumkin.Aynan tasavvur va fantaziyadan ijodiy faoliyat boshlanadi. Ijodkor shaxsning о‘ziga xos xususiyatlari qanday? Ijod - fikrlashning original usulining sinonimi, ya’ni odatdagi, qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir. Ijodiy aql - bu aktiv, sinchkov, boshqalar muammolarni ko‘rmagan joylarda ularni topa oladigan aqldir. Ijodkor shaxs o‘zgarib turadigan vaziyatda o‘zini suvda yurgan baliqday his qiladi, boshqalarga xafv bordek tuyulgan joyda u hech kimga bog‘liq bo`magan holda, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega. Unday odam o‘zini hech qanday dogmatlar va turg‘un qoidalarga o‘ralib qolishga yo‘l qo‘ymasdan narsalar va tushunchalardan yangicha foydalanadi. Bu xususiyatlarning hammasi ijod qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa hammavaqt, hatto «jiddiy matematika» haqida gap ketganda ham qiziqarlidir. XX asr ijod fenom eni, unga xos xususiyatlarni, ijodning boshlanishi obyektiv qonuniyatlarga asoslanganligini tekshirishga boy asr bo‘ldi. J.Gilfordning ishlari nashr qilinishi fikrlashning ikki turi o‘rtasidagi prinsipial farqni aniqlashga imkon yaratdi. Chiziqli mashina qat’iy mantiqqa asoslangan taklif qilingan variantlardan birdan-bir to‘g‘ri xulosani izlashga yo‘naltirilgan. Qo‘shimcha fikrlash ichki tuyg‘uga mos keladigan qarorlarning iloji boricha keng qamrovini yaratishga yo‘naltirilgan. Ijodkorlik qobiliyatining quyidagi asosiy jihatlarini ajratgan:
- muammolarni aniqlab qo‘ya bilish qobiliyati; -juda ko‘p g ‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati; - o‘zgaruvchanlik - har xil g ‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati; - o‘ziga xoslik - ta’sir qiluvchilarga (qolipdan tashqari) javob berish, bevosita bog‘lanmagan fikrlarni o‘ylab chiqish, odatdagidan boshqacha javoblar topish qobiliyati; - muammolarni hal qilish qobiliyati, ya’ni semantikaga oid o‘zgaruvchanlikni namoyon qilgan holda, obyektda yangi belgilarini ko‘rish, analiz va sintez qilish, yangi foydalanish y o ‘lini topish qobiliyati. Gilfordning ilmiy tekshirishlaridan kelib chiqqan holda ijodkorlik qobiliyati bilan o ‘qishni o ‘zlashtirish o ‘rtasidagi b og‘liqlik juda ozligi aniqlangan, «ideal a’lochi» va «ijodkor odam ning» shaxsiy xususiyatlari esa bir-biridan jiddiy farq qiladi. Ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsga xos bo‘lgan xususiyatlar: - ko‘z qarashlarining o ‘ziga xosligi; - chegaradan chiqishga harakat qilish, «chegarani buzish»; - noaniq vaziyatlarga bardoshlilik; - predmetga oid faoliyatda konstruktiv (am aliy) faollik; - mustaqil ishlash imkoniyati va ijtimoiy muhitning ta’siriga bardosh beradigan iroda va kuch; - har qanday yangi va g‘ayrioddiy narsalarni qo‘rqmasdan, yaxshi qabul qilishlik; - go‘zallikka ta’sirchanlik. Bolalami ijodiy tasavvur mexanizmlariga qanday о‘rgatish kerak? Ba’zi katta odamlar «xursandchilik» va «yengiltaklik» aynan bir xil deb o‘ylashcidi. Aslini olganda, hazil va qiziqchilik -jiddiy muammoning o‘zi va bola ongi o‘rtasidagi eng yaqin masofadir. Tasavvurva matematika, fantaziya va fan bir-biriga raqib va dushman emas, balki ittifoqdoshlardir. Agar shunday bo‘lsa va biz haqiqatan ham bolalarni ijod zavqiga erishtirmoqchi bo‘lsak, u holda uchta asosiy maqsadga diqqat-e’tiborni qaratishimiz kerak: - Bolalarni ochilmagan sir va jumboqlarni o‘z kuchlari bilan ochish mum kinligiga ishontirish; - bu sirlarni topish va ochishga imkon beruvchi ijodiy tasavvurning asosiy yo'llarini o‘rgatish; - idrok qilish, diqqat-e’tiborni, xotirani, his-tuyg'u va fikrlashni rivojlantirish uchun ijodiy tasavvur mexanizmlaridan foydalanish.
Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, 0 ‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining memori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u voshlami g ‘oyaviv - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o ‘rgatadi, yoshlami mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlami hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o ‘z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobilivati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko'nikmalarini hai tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikm a va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim. Shunga asosan, ^Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilami tavyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilaming kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to 'g '- risida m a’lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi. Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvomi va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradD Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o'qituvchilar o 'z pedagogik faoliyati jarayonida faoiiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |