1. Ilmiy tadqiqotni o'tkazishning asosiy bosqichlari. Tadqiqotning psixologik gipotezasi



Download 27,77 Kb.
bet2/7
Sana14.07.2022
Hajmi27,77 Kb.
#800394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sherzod 123 160622000823

Empirik umumlashma - bu ob`ekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir.
Nazariy umumlashma - bu ob`ektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga o’xshashlik belgilariga qarab, ya`ni mazkur hodisaning o’ziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir.
4
5.Tasodifiy to’plamni (randomizatsiya) yig`ish oddiydir. To’plam uchun xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni tanlab olish usulidan foydalanish mumkin. Agar siz ikkita umumiy elementni tanlab olgan bo’lsangiz, ulardan bittasini, eng ummiyrog`ini tanlashingiz lozim. Umumiy elementlar soni qanchalik ko’p bo’lsa ularning yagona eng umumiyrog`ini ajratib olish darkor. Ko’pgina matematik ma`lumotnomalarda maxsus jadvallar keltirilgan bo’lib, ularda tasodifiy tanlanma sonlar qatori keltirilgan. Aynan shu qatorlar yordamida tanlanma tasodifiy sonlarni aniqlash mumkin. Agar siz qandaydir sharoitni tasodifiy o’zgaruvchiga aylantirmoqchi bo’lsangiz, unda siz ushbu sharoit haqiqatdan ham tasodifiy tarzda o’zgarayotganiga amin bo’lishingiz lozim, chunki, tasodifiy tuyulgan har qanday sharoit aslida bunday bo’lmasligi mumkin
6. Laboratoriya sharoitidagi eksperimentlarda qisqa muddat ichida mustaqil o’zgaruvchilarning barcha darajalari bo’yicha ma`lumotlar to’plash mumkin. Bu vaziyatda fon bilan shartlangan tobe ko’rsatkichning o’zgarishi ehtimoli kam, qolaversa, arim vaziyatlar mustaqil o’zgaruvchining darajasiga bog`liq bo’ladi.
Masalan, tasavvur qiling siz katta guruhlardagi umumiy psixologiya kursi bo’yicha tinglovchilarning o’zlashtirish darajasi kompyuter texnologiyalariga asoslangan videoroliklar bilan o’tilgan dars yoki an`anaviy plakatlar, turli qo’lyozmalarga asoslangan darsga bog`liq ekanligini qiyosiy tahlil qilmoqchisiz. Shuningdek, umumiy psixologiya kursi bir yilda bir marotaba o’tilishini taxmin qilaylik. Bu yil siz kompyuter vidiorolik materiallari va amaliy materiallarni to’plab dars o’tasiz va o’tgan yilgi guruh o’zlashtirish ko’rsatkichi bilan solishtirasiz. Agar bu yilgi guruhning o’zlashtirish ko’rsatkichlari o’tgan yilgi guruh ko’rsatkichlaridan yuqori bo’lsa, unda siz kompyuter texnologiyalari qo’llanilgan dars samaraliroq deb xulosa chiqarishga haqlisiz. Biroq, bu o’zgarish qandaydir fonli hodisa ta`sirida ro’y bergan bo’lishi ham mumkin. Masalan, fakultetga qabul talablari qat`iy bo’lganligi sababli guruh talabalarining akademik qobiliyatlari rivojlangan bo’lishi mumkin. Yoki kollej rahbariyati bitiruvchi talabalar umumiy psixologiya kursini o’qishi kerakligi haqidagi talabni qo’ygan bo’lsa, bu ham guruhning ko’rsatkichlariga ta`sir etgan.
7. Zamonaviy psixodiagnostik tushunchalarga va tadqiqotlarni tashkil etishga, natijalarni tahlil etishga alohida talablar qo’yiladi. Ana shunday tushunchalarga qo’yiladigan talablardan biri operasionalizasiya deb ataladi, ya’ni mazkur tushuncha haqiqatdan ham tavsiflanayotgan xususiyatning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak.
Psixodiagnostik tushunchalarga qo’yiladigan ikkinchi talab verifikasiya degan tushuncha bilan ifodalanadi. Verifikasiya talabiga ko’ra, har bir tushunchani amaliyotda qo’llash uchun u sinovdan, tekshiruvdan o’tgan bo’lishi kerak.
Psixologik-pedagogik tajribalar tadqiqotning ishonchli vositasi bo’lishi, uning yordamida ilmiy asoslangan ma’lumotlar olish, amaliy jihatdan to’g’ri xulosalar chiqarish imkonini berishi uchun psixodiagnostik metodlar muayyan talablarga javob berishi kerak.
8. Yuqoridagi paragrafda biz eksperimentatorning o’ziga qo’yiladigan talablarga rioya etmasligi natijasida kelib chiqadigan holatlar xususida gaplashdik. Endi esa, shubhali amallar haqida to’xtalib o’tamiz. Bunday holatlardan biri eksperimentni loyihalashtirishda uchraydi. Masalan, agar tadqiqotchi biror bir ko’rsatkichni idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchi deb tanlab olsa-yu, lekin ushbu ko’rsatkich mustaqil o’zgaruvchi ta`sirida muntazam o’zgarib tursa bunday tadqiqotlardan olingan natijalar shubhali amallar qatoriga kiradi. Ayniqsa, laboratoriya sharoitida o’tkazilmagan ko’pgina tadqiqotlarda aynan shu turdagi firibgarlik uchraydi.
Eksperimental tadqiqotlarni loyihalashtirishda o’zgaruvchi ko’rsatkichlarni o’zaro bir – biriga ta`siri inobatga olinmaydi. Natijada esa, eksperiment jarayonidagi o’zgaruvchilar o’z tipik xususiyatlarini yo’qotib olingan natijalar shubha ostida qoladi.
Eksperimental tadqiqot davomida axborotlarni yig`ish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan axborot yig`ishda yo’l qo’yilgan ayrim xatoliklar ham tadqiqot natijalarini shubha ostida qoldiradi.
9. Eksperimentatorning tadqiqot jarayoniga ta`siri.
Klassik tabiiy ilmiy eksperiment nazariy jihatdan me`yoriy pozitsiyalarda ko’riladi: agar eksperiment holatlarida tadqiqotchi o’rni avtomat bilan almashtirilsa eksperiment ideal holatga mos kelar edi. Afsuski yoki yaxshiyamki inson psixologiyasi shunday fanlar qatoriga kiradiki, bunday qilishning iloji yo’q. Bundan kelib chiqadiki psixolog shuni ham inobatga olishi kerakki har qanday eksperimentator shu jumladan uning o’zi ham – inson, insonga xos barcha o’ziga xosliklar unga ham begona emas. Birinchi navbatda xatoliklarga yo’l qo’yish ya`ni eksperiment me`yorlaridan chiqish. Biz hozir eksperimentatorning ataylab xatolikka yo’l qo’yishi natijalarni soxtalashtirishi haqida gaplashmoqchi emasmiz. Xatoliklarni to’g`irlash mumkin. Eksperimentator xulqining muallaq holati – boshqa gap bu eksperiment jarayoniga ta`sir etadi va xatti- harakatlarning ongsiz psixik boshqariluvining oqibati hisoblanadi.
Eksperiment shu jumladan psixologik eksperiment har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan takrorlanish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun uning harakat sxemasi (eksperiment me`yori) maksimal darajada obektivlashtirilishi kerak, ya`ni natijalarni takrorlash ekperimentatorning qobiliyati, professional harakatlariga, tashqi sharoit yoki holatlarga bog`liq bo’lmasligi kerak. Faoliyatli yondashuv pozitsiyasidan eksperiment bu eksperimentatorning sinaluvchiga ta`sirli faoliyati bo’lib, sinaluvchi harakatlari, faoliyat sharoitlarini o’zgartirishi bilan o’rganiluvchi, psixikasidagi o’ziga xosliklarning namoyon qilinishi
10
. Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bizga ma`lumki ilmiy manbalar –ma`lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlashda o’z vaqtida manbalarni qo’llashga e`tibor berish lozim. Ilmiy manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
1. Rasmiy manbalarga- psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi.
2. Norasmiy manbalarga – koferensiya tezislari to’plami, to’garaklar, laboratoriya kengashlari, og`zaki maslahatlar, tadqiqotchi guruh kiradi.
Har qanday tadqiqotni bajarish uchun qanday ilmiy manbalar mavjud va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida ma`lum bir tushunchaga ega bo’lish kerak. Inson umrini kutubxonada ilmdagi yangiliklarni o’rganish uchun o’tkazishi mumkin, lekin shunda ham u ortda qolaveradi
11. Tadqiqotchilik guruhlari.
Agar sizni qiziqtirgan soha bo’yicha tadqiqot olib boruvchilarni bilib olsangiz, ular norasmiy kanallar orqali o’zaro bilim, ma`lumot va yangiliklar almashishlarini aniqlaysiz. Ba`zan olimlar kichik guruhlarga birlashib yaqinda chop etiladigan maqolalaridan nusxalar almashib yurishadi. Hozirda bunday guruh a`zolariga Internet katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bunda ba`zan maqsad maqolalar almashish bo’lishi mumkin bo’ladi. Boshqa vaziyatlarda esa ular elektron pochta orqali o’zlarini qiziqtirgan tadqiqot haqida baxs yuritadilar.Bunday guruhlar odatda shu sohaga qiziquvchi har qanday insonni o’z a`zolari safiga qo’shadilar. Shuning uchun sizga ilmning ma`lum bir tadqiqot sohasiga qiziqish shakllangandan boshlab shunday guruhlar faoliyatini kuzatib boring. Ular juda qimmatli ma`lumotlar manbai bo’lishlari mumkin.
Mutaxassislik uchrashuvlari, konferensiyalar
Soha yangiliklaridan boxabar bo’lish uchun norasmiy manbalarni unutmaslik kerak. O’z ishi jurnallarda chiqishidan oldin ko’plab tadqiqotchilar o’z ishlarini mutaxassislik uchrashuvlarida hamkasblariga taqdim etadilar. Jurnallarda chop etilgan maqolalarning deyarli 5 dan bir qismi bundan oldin OTM va Respublikaning konferensiyalarida taqdim etilgan bo’ladi.
12. Tadqiqotchi ichki hodisaning Ava V sababli aloqasi to’g’risidagi gipotezani tekshiradi."Sabablilik" tushunchasi fanda eng qiyin tushunchalardan biri hisoblanadi. Ikki hodisa o’rtasidagi sababli aloqalarning bir qator empirik belgilari mavjud.
1-belgisi. Boshlang’ich harakat sabablarini va harakat vaqtini ajralganligi. Agar tadqiqotchi tajriba ta`siridan so’ng ob`ektda o’zgarishni kuzatsa, ta`sirga uchramagan analitik ob`ektga nisbatan o’zgarishni kuzatsa, unda eksperemental ta`sir ob`ekt ahvolini o’zgartirishga sabab bo’ldi, deyishi uchun asos bo’ladi. Ob`ektlarning ta`siri va taqqoslanishi bunday xulosaning muhim sharoiti hisoblanadi.G’ozlarning janubga uchib ketishlari, bir oydan so’ng qor yog’ishiga sabab bo’la olmaydi.
2-belgisi. Ikki o’zgaruvchilar o’rtasidagi statistik aloqalarning mavjudligi(Sababli va harakatli). O’zgaruvchilarning biri o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishi bilan kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda,o’zgaruvchilar o’rtasida yoki chiziqli korrelyatsiya xuddi verbal intellekt va maktabdagi yutuqlar o’rtasidagi daraja yoki to’g’ri chiziqli korrelyatsiya uchraydi.
3- belgisi. Sababli tekshiruv aloqasi, agar tadqiqot muolajasi A va V aloqalarini tushuntirishning boshqa imkoniyatlarini rad etganda qayd etiladi. Ikki hodisa orasidagi bog’lanish eksperimental gipotezasining tekshiruvi quyidagicha amalga oshiriladi. Tadqiqotchi taxminiy sababni modellashtiradi: U eksperimental ta`sir sifatida namoyon bo’ladi, natija esa - ob`ekt holatining o’zgarishi -u qandaydir o’lchaydigan asbob orqali o’lchanadi.
13. Tobe o’zgaruvchi qandaydir mustaqil o’zgaruvchining ta`sirida xulq-atvorda ro’y beradigan o’zgarishdir. Tekshirish uchun xulq-atvordagi o’zgarishlarning xilma xil ko’rsatkichlari predmet qilib olinishi mumkin. Tobe o’zgaruvchi sifatida qanday jarayon yoki hodisani tanlashimiz yakunda nimani tekshirishimizni ma`lum qiladi.

Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish