1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ijtimoiylashuvning megaomillari va makroomillari



Download 1,41 Mb.
bet31/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

2.Ijtimoiylashuvning megaomillari va makroomillari.
Ijtimoiy pedagogika nuqtai nazaridan ijtimoiylashuvning megaomillari tavsifi insonning ijtimoiylashuvi global sharoitlar va muammolar bilan bog‘liq ekanligini aniqlash, ijtimoiylashuv jarayonlarini prognozlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun zarur.
Ijtimoiylashuvning megaomillariga kosmos, sayyora, dunyo, Internet kiradi.



Kosmos (yoki Koinot) va uning kishilar hayotiga ta’siri muammosi qadim zamonlardan beri olimlar e’tiborini o‘ziga tortib keladi. Tabiiy fanlar hozirgi vakillarining ko‘pchiligi inson hayoti kosmik ta’sirlarga bog‘liqligi haqidagi g‘oyaga shubha bilan qaraydi 5.3-rasm.

Sayyora - osmon jismini anglatuvchi astronomik tushuncha. Dunyo sotsiologik tushuncha bo‘lib, u sayyorada mavjud bo‘lgan kishilik jamiyatini ifodalaydi. Sayyora va dunyo bir-biri bilan bog‘liq va bir - birini taqozo etadi. Dunyo o‘z rivojlanish jarayonida sayyoraning holatiga ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’sir global jarayonlar va muammolar paydo bo‘lgan XX-asrda ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Bular: ekologik muammolar (atrof muhitning ifloslanishi), iqtisodiy muammolar (mamlakatlarning rivojlanish darajasida tafovutning kuchayishi), demografik muammolar (ayrim mamlakatlarda aholining nazoratsiz o‘sishi va boshqa mamlakatlarda aholi sonining kamayishi), harbiy- siyosiy muammolar (mintaqaviy mojarolar sonining ko‘payishi, ommaviy qirg‘in qurolining tarqalishi).
Bu muammolar va jarayonlar insonning ijtimoiylashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Atrof muhitning ifloslanishiga olib kelayotgan xo‘jalik faoliyati yashash sharoitlarida aks etadi. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi insonga yer kurrasining istalgan nuqtasida odamlar qanday yashayotganlarini ko‘rish imkoniyatini beradi.
Internet - global telekommunikatsiya tarmog‘i. U ko‘p sonli kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi, turli xil axborotni izlash va olish, elektron pochta orqali ma’lumot almashish, xaridlarni amalga oshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratadi. Internet - ulkan kutubxona. Bu yerda har qanday mavzudagi matnlarni topish mumkin. Bunda Internet foydalanuvchiga qaysi axborot o‘zi uchun foydali ekanligini o‘zi hal qilishiga imkoniyat yaratadi. Internetdan foydalanuvchilarning bilimi va malakasini oshirish vositasi sifatida foydalanish ko‘lami ham kengayib borayotir.
Kishilarning ijtimoiylashuviga Internetning ta’siri haqida gapirganda, bu ta’sir ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkinligini qayd etish mumkin. Ijtimoiylashuv jarayoniga Internetning ijobiy ta’siri uning ulkan resurslari bilan bog‘liq. Ayni vaqtda Internet salbiy salohiyatga ham ega. Global tarmoqda zo‘ravonlik, irqchilik va pornografiyani targ‘ib qiluvchi resurslar ko‘p. Internet foydalanuvchilarda o‘ziga qaramlik uyg‘otishga ham qodir.
Hozirgi dunyoda Internetga ijtimoiylashuvning megaomili sifatida yondashish juda muhimdir. Internetning o‘zi umuman olganda psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniyat fenomeni sifatida qaralishi mumkin. Internet resurslari shaxsning kamol topishiga va uning ruhiy funksiyalariga ta’sir ko‘rsatishga qodir.
Ijtimoiylashuvning megaomillari tavsifi ulkan ahamiyatga ega, chunki u hozirgi dunyoda ijtimoiy tarbiya oldiga insonni jahon fuqarosi sifatida tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, bag‘rikenglikni tarbiyalash vazifalarini qo‘yadi.
Megaomillardan tashqari ijtimoiylashuvga makroomillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularga mamlakat, etnos, jamiyat, davlat kiradi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish