1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,41 Mb.
bet33/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

Mentalitet - odamlarning yirik guruhi sanalgan etnosga xos bo‘lgan ma’naviy daraja. Etnos mentaliteti uning vakillarining mehnatga bo‘lgan munosabatini va mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan alohida an’analarni ko‘p jihatdan belgilaydi. Inson ijtimoiylashuvining barcha yo‘nalishlarida etnos mentaliteti omili muhim rol o‘ynaydi. Har bir xalqning barkamol shaxs haqidagi tasavvurlari tarixiy sharoitlar ta’sirida rivojlanadi. Xalq yashash sharoitlarining o‘ziga xosligi uning milliy idealida o‘z aksini topadi. Umuman olganda, komil insonning asosiy xususiyatlari barcha xalqlarda bir-biriga yaqin turadi. Xususan, barcha xalqlar aql, sog‘liq, mehnatkashlik, Vatanga muhabbat, halollik, dovyuraklik, mehribonlik, kamtarlik kabi fazilatlarni qadrlaydi. Barcha xalqlarning shaxsiy idealida milliy mansublik emas, balki umuminsoniy asoslar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat mamlakatda kishilar o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlar majmuini tavsiflaydi. Ushbu munosabatlar negizini oila, ijtimoiy, kasbiy guruhlar va davlat tashkil etadi.
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi - ijtimoiy va kasbiy qatlamlarning ozmi-ko‘pmi barqaror nisbati. Hozirgi jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi ko‘p sonli va tarkibiy jihatdan beqaror bo‘lgan guruhlar tashkil topishi bilan tavsiflanadi. Ularni shartli ravishda bir nechta qatlamlarga birlashtirish mumkin (ularning mulkiy holati, mulkni boshqarishda ishtirokiga qarab): ustki qatlam siyosiy va iqtisodiy elitani, ustki o‘rta qatlam - yirik korxonalarning mulkdorlari va boshqaruvchilarini, o‘rta qatlam - kichik tadbirkorlar, menejerlar, ma’murlarni, bazaviy qatlam - ziyolilarni, quyi qatlam - davlat korxonalarining malakasiz ishchilari va pensionerlarni o‘z ichiga oladi. Har bir ijtimoiy qatlam va ulardagi kasbiy guruhlar alohida turmush tarzini shakllantiradi. Har bir ijtimoiy qatlamning yashash uslubi unga mansub bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, muayyan qatlamlarning yashash uslubi va qadriyatlari ularga mansub bo‘lmagan kishilar uchun o‘ziga xos andozaga aylanishi mumkin.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ijtimoiylashuv jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va jamiyat a’zolarining turmush darajasini belgilaydi. Turmush darajasi - kishilarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi tushuncha. U inson foydalanayotgan xizmatlar va ne’matlar (ovqatlanish, turar joy, ust-bosh, harakatlanish vositalari, ma’naviy ehtiyojlarni qondirish usullari va sh.k.) soni va sifatida ifodalanadi.
Iqtisodiy rivojlanish jamiyatning ijtimoiylashuviga yana shu bilan ta’sir ko‘rsatadiki, uning iqtisdiy o‘sishi yoki iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi kishilar kayfiyati va xulq-atvorida o‘zgarishlar yasaydi.
Hozirgi dunyoda ijtimoiylashuv jamiyatda yuz berayotgan mafkuraviy va siyosiy jarayonlar ta’sirida sezilarli darajada o‘zgardi. O’tuvchi jamiyatda ko‘pincha nomuayyanlik vaziyati yuzaga keladi. Nomuayyanlik esa uch xil ruhiy holat - depressiya, tahlika yoki agressiyani yuzaga keltiradi.
Davlat - jamiyat siyosiy tizimining hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan bo‘g‘ini. Davlat turli ijtimoiy-kasbiy, milliy-madaniy guruhlarga mansub bo‘lgan o‘z fuqarolarining ijtimoiylashuvini amalga oshiradi. Masalan, davlat inson uchun yosh bosqichlarini: majburiy ta’limning boshlanishi va tugallanishi, balog‘at, nikohga kirish, avtomobil haydash huquqini qo‘lga kiritish, harbiy xizmatga chaqirish, mehnat faoliyatini boshlash, pensiyaga chiqish yoshlarini belgilaydi. Davlat diniy madaniyatlarning rivojlanishini qonun yo‘li bilan rag‘batlantiradi yoki cheklaydi.
Tarbiya XIX - asr o‘rtalaridan boshlab davlatning muhim funksiyalaridan biriga aylanadi. Davlat tarbiyani takomillashtiradi va u tegishli ijtimoiy buyurtmaga muvofiq bo‘lgan insonni samarali shakllantirishiga erishishga harakat qiladi. Ijtimoiy buyurtma tegishli ijtimoiy tuzum bilan belgilanadi. Buning uchun u muayyan siyosatni ishlab chiqadi va ta’lim sohasida davlat tizimini shakllantiradi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish