Reja:
Kirish
1.Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog’ining shakillanishi.
2.Tarmoq tuzilmasi o’zgarishining asosiy tendentsiyasi.
3.Tuzilma siyosatining korxona va tashkilot faoliyatidagi o’rni
4.Texnologiyalar davrida tuzilma siyosatidagi o’zgarishlar.
5.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.Moliyaviy boshqaruv tahlili./A.Vahobov.
3.Industrial iqtisodiyot / o’quv qo’llanma / M.Isakov, A.Ortiqov / TDIU 2019
4.Korxona iqtisodiyoti / Sh.Oripov
Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatning mavqei alohida o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasidagi aniq fikr va g‘oyalar belgilab berildi, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilinishi kerakligini aytdi. Bunda, “O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun choratadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat” 1deb ta’kidlab o‘tdi. Buni iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yildagi 35 foizdan 2019 yilda 37 foizga2 ortishi kutilayotganligidan ham ko‘rish mumkin. Sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo‘lgani kabi 2017 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo‘ljallangan aniq dasturiga ega bo‘lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Buni yurtimizda amalga oshirilayotgan ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratilayotganligi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida e’tiborni kuchayayotganligi, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali. yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish borasidagi olib borilayotgan islohotlardan, «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish borasidagi, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishlarning samarali amalga oshirilayotganligidan va mamlakat iqtisodiyotda tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilib, iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi oshirishga qaratilayotganligidan ko‘rish mumkin. Yurtimizda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni samarali tashkillashtirish va bunda sanoatning o‘rnini alohida kasb etishidan kelib chiqib, har bir sohada bo‘lgani kabi respublikamizning ayrim tumanlarida ham sanoatning ulushi viloyat ko‘rsatkichining 1 foiziga yetmayotganligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida parlamentga qilgan Murojaatnomasida “....har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish kerak”1ligini ta’kidlab o‘tdi. Tarkibiy (tuzilmaviy) siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin, tuzilmaning o‘zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur. Tarkib (tuzilma) lotincha, «structura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi. Tarkibiy siyosatining moxiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir. Rus iqtisodchi olimi S.D. Alekseyevichning fikricha iqtisodiyot tarkibi uzoq muddatli davrda mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. U miqdoriy va sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, milliy iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiyot tarkibi mamlakat milliy iqtisodiyotining barqarorligi va havfsizligini tavsiflaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda miqdoriy va sifat jihatdan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir1. Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi va uning tashqi hamda ichki o‘zgarishlarga moslashishi zaruriyatini aniqlovchi ishlab chiqarish kuchlarining katta miqdordagi tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Bunda muhim maqsad: ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, jumladan korxonalarning samarasiz bo‘g‘inlarini yo‘q qilish yoki qo‘shib yuborish, jismonan va ma’nan eskirgan asosiy vositalarni almashtirish, texnik yangiliklarni kiritish hamda yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishdir. Bularning bari tarmoqlararo, hududiy, texnologik, institutsional va ishlab chiqarishning boshqa muhim tarkibiy siljishlariga olib keladi. Iqtisodchi olim A.A.Kushnarevning fikricha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy samaradorlikni, jahon va milliy bozorlarda raqobatbardoshlikni kamaytiruvchi yoki oshiruvchi iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sektorlari, hududlar, korxonalar turlari, texnologik ukladlar va iqtisodiy tizimning boshqa elementlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning mavjud o‘zgarish hisoblanadi.2 Ch.K.Karenovichning fikricha tub tarkibiy o‘zgarishlar davrida milliy milliy iqtisodiyot boshqa davrlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lib, uning alohida tarmoqlari va sohalari rivojlanishida tengsizlik kuchayadi. Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham tuzilmaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak:
ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;
ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi;
ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;
ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;
ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi va hakozolar.
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa - oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin: • ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; • mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; •sanoat va butun halk xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini; •mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; •ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini; •mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o‘sganligini. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: -mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; - tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i; -tarmoq rivojining sur’ati; -tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti. Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi. Asosiy vositalarni baholashda tashkiliy tuzilmaning ham ma’lum bir o’rni ahamiyatliligi mavjud bo’lib buni asosiy vositalarni baholashda ko’rishimiz mumkin. Xo‘jalik amaliyotida asosiy vositalar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy vositalarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy vositalar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vositalarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang‘ich qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat. Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang‘ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir. Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar ob’ektining boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: a) aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to‘lanadigan summalar; b) asosiy vositalar ob’ektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; v) bojxona bojlari va yig‘imlari; g) asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); d) asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar; e) asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; j) asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan haqlar; z) asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; i) aktivdan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur ob’ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy vositalar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy vositalarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy vositalarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash har yili 1 yanvar holati bo‘yicha qayta baholashni o‘tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o‘tkaziladi. Qayta baholash chog‘ida asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati, ya’ni ular xuddi shunday yangi ob’ektlarga to‘liq almashtirilgan taqdirda tashkilot amalga oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlarning to‘liq qiymati qayta baholash sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha aniqlanadi, bunga ob’ektlarni xarid qilish (qurilish), tashish, o‘rnatish (montaj qilish) xarajatlari, import qilinadigan ob’ektlar uchun esa - shuningdek bojxona to‘lovlari va hokazolar kiritiladi. Ma’nan eskirgan ob’ektlarning to‘liq tiklanish qiymati shuningdek, ob’ektlarning ma’nan eskirishi tegishli narxlar (tariflar)ning o‘zgarish darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, qayta hisoblash sanasida mavjud bo‘lgan narxlar (tariflar) bo‘yicha ularni tayyorlashga doir mavjud xarajatlar asosida aniqlanadi. Tashkilotlar mulkida, ularning xo‘jalik yuritishida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddatli ijarada (lizingda) bo‘lgan, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ishlab turgan va foydalanilmaydigan, konservatsiyada bo‘lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy vositalar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan uskunalar qayta baholanishi kerak. 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha esa - xarid qilish qiymatidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati tashkilotning xohishiga qarab qayta baholashni o‘tkazish davrida 1 yanvarga shakllangan, baholanayotganlariga aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarga hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha alohida ob’ektlar qiymatini bevosita hisoblash yo‘li (“bevosita qayta baholash usuli”) bilan yoki asosiy vositalar turlari bo‘yicha va ularni xarid qilish davrlariga bog‘liqlikda tabaqalangan asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirish indekslarini qo‘llagan holda ayrim ob’ektlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatini indekslash yo‘li (“indeks usuli”) bilan aniqlanadi. Bunda asosiy vositalarning bir turdagi ob’ektlari (markalari, xillari va hokazo) bo‘yicha yagona usul qo‘llaniladi. Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislar - ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda ob’ektlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin