[
OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.24.00 Poligrafiya sanoati]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Diniy mazmundagi
materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari va munosabatlarni tartibga solish, ekspertizadan o‘tkazish jarayonini maqbullashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda:
konfessiyalar bilan ishlash va ekspertiza bo‘limi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek zarur axborot bazasi va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanishini;
dinshunoslik ekspertizasi xulosalarini hisobga olishning yagona reyestrini;
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibiga oid tushuntirish ishlari keng miqyosda tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 23-apreldagi 196-son qarori 2-bandining
ikkinchi xatboshi, 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyat O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faqat davlat dinshunoslik ekspertizasi o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Diniy mazmundagi materiallarda materiallarning to‘liq
nomlanishi, mazmuni, muallifi, tayyorlovchisi,
tayyorlangan sanasi va joyi, adadi va boshqa ma’lumotlar davlat tilida ko‘rsatilishi shart.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: