1.1.3. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashning
asosiy usullari va metodologik asoslari.
Fanning metodologik asosini dialektika tashkil etadi. Aynan dialektika,
ko‘plab ilmiy fanlarning metodologiyasi bo‘lgani holda, mutaxassisga turmush,
jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimni beradi.
Xo‘jalik yuritish muhitini tushunishni belgilab beruvchi uning kategoriyalari hayot
faoliyati unsurlarining tutashish nuqtalarini aniqlash, ularda bir lahzali va tasodifiy
holatlarni olib tashlab, ob’ektiv va alohida holatlarni ko‘rish imkonini beradi.
Dialektika kategoriyalari va qonunlari iqtisodiy hodisalar tadqiqotlari
qoidalari va usullarini tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil
istalgan rejalashtirish jarayonining majburiy qismi hisoblanib, u nihoyasiga
yetgach, alohida hisob-kitoblarning o‘zaro ta’siri va to‘ldirishini tekshirish orqali
ularni sintez qilish zarur. Bunda fanlarni bilish dialektikasi namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |