Fanning vazifalari quyidagilardan iborat: Bu fanning vazifalari milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘yicha hukumat qarorlaridan kelib chiqadi. Bu vazifalar hozirgi kunda iqtisodiy strategiya barcha strategiyalardek fundamental, uzoq muddatli, maqsadli masalalarni qo‘yishdan boshlanadi. Ular orasida eng yuqori maqsad - xalqning madaniy va moddiy yashash darajasini asta-sekinlik bilan ko‘tarishdir. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadga borish yo‘llari va aniq usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash katta ahamiyatga ega. Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish maqbul qarorlar tanlash va ularning ijrosini ta’minlashi zarur, chunki bugungi kunda jamiyat uchun asoslanmagan qaror qabul qilishdan ko‘riladigan zarar darajasi salbiy ta’sir kursatishi mukarrardir. Shuning uchun zamonaviy xo‘jalik yuritish ijtimoiy iktisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash ko‘lami kengaytirilishini uning usul va uslubiyatlari takomillashtirilishini talab etmoqda.