1. Ifloslantiruvchi moddalar Oziq ovqat maxsulotlari tarkibidagi ogir metall tuzlari



Download 32,67 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi32,67 Kb.
#767425
  1   2
Bog'liq
Mavzu


Mavzu № 13
Ozik-ovkat maxsulotlari tarkibidagi zararli moddalar
Reja
1. Ifloslantiruvchi moddalar
2. Oziq ovqat maxsulotlari tarkibidagi ogir metall tuzlari
3. Oziq ovqat maxsulotlari tarkibidagi ogir metall tuzlarini aniqlash
I f l o s l a n t i r u v ch i l a r
YUqorida takidlab o‘tganimizdek, o‘simliklarni etishtirish yoki hayvonlarni oziqlantirish, shuning bilan birga mahsulotlarga texnologik ishlov berish jarayonining buzilishi natijasida, ifloslangan muhitning ta’siri natijasida oziq-ovqat mahsulotlarida toksik moddalar paydo bo‘lishi mumkin. Ular ifloslantiruvchilar deb ataladi. Ularga asosan toksik elementlar, mikotoksinlar, pestitsidlar, antibiotiklar va boshqa bir qator birikmalar kiradi.
Toksik elementlar. Odatda 8 element: simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mishyak, rux, mis, temir va kalayi toksik element hisoblanadi. Ulardan birinchi 3 tasi katta xavf tug‘diradi.
Simob - kumulyativ (to‘planuvchi) ta’sirga ega bulgan juda toksik zahar, shuning uchun yosh hayvonlarda, qari hayvonlardagiga nisbatan kam, yirtqich hayvonlarda esa ular oziqlanadigan manbalardagiga nisbatan ko‘p mikdordaa mavjud bo‘ladi. Bu xususiyat bilan yirtqich baliqlar masalan simob 0,7 mg/kg gacha to‘planishi mumkin bo‘lgan tupetsga o‘xshash baliqlar ajralib turadi. SHuning uchun yirtqich baliqlarni ovqatga ishlatmagan ma’qul. Boshqa hayvon mahsulotlaridan simob "to‘plovchilar" bo‘lib, hayvonlarning buyragi xisoblanadi va bu erda simob 0,2 mg/kg gacha to‘planishi mumkin. Albatta bu xom mahsulotga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi.
Buyrak ovqat pishirish jarayonida 2-3 soatdan suvga botirilib, bir necha marta suvi almashtiriladi va ikki marta qaynatiladi, bu mahsulotda qolgan simob miqdorini 2 martagacha kamaytiradi.
O‘simlik mahsulotlaridan engokda, kakao donida va shokoladda (0,1mg/kg gacha) simob eng ko‘p uchraydi. Qolgan mahsulotlarning ko‘pchiligida simobning miqdori 0,01-0,03 mg/kg dan oshmaydi.
Ko‘rg‘oshin - yuqori toksik zahar ko‘pchilik o‘simlik va hayvon mahsulotlarida uning miqdori 0,5-1,0 mg/kg dan oshmaydi. Qo‘rg‘oshin yirtqich baliqlarda (tunetsda 2,0 mg/kg gacha), chig‘anoqlilar va qisqichbaqa simonlarda (10 mg/kg gacha) ko‘p uchraydi.
Qo‘rg‘oshin miqdorining ko‘payishi asosan, ma’lum mikdordagi qo‘rg‘oshin bilan qopqog‘i va yonlari kavsharlanib tayyorlangan yig‘ma jez idishga joylangan konservalarda kuzatiladi. Afsuski kavsharlash ba’zida sifatsiz bo‘ladi (qo‘rg‘oshin pufakchalari xosil bo‘ladi) va konserva bankalari maxsus lak bilan qoplansa ham, hamma vaqt yordam beravermaydi.
Kamdan-kam hollarda bu idishda asosan uzoq vaqt saqlanganda, konserva mahsulotlarida 3 mg/kg gacha qo‘rg‘oshin tuplanishi va bu albatta sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday yig‘ma jez idishlarda mahsulot 5 yildan ortiq saqlanmaydi.
Qo‘rg‘oshin bilan katta mikdordagi ifloslanish etillangan benzinning yonishida sodir bo‘ladi. Benzinga oktant sonini oshirish uchun 0,1% mikdorda qo‘shilgan, tetraetil qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshinning o‘zi, uning noorganik mahsulotlariga nisbatan, uchuvchanroq va zaharlirokdir. U tuproqga oson tushadi va oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlaydi. SHuning uchun serqatnov avtomobil yo‘llari yaqinida etishtirilgan mahsulotlar tarkibida qo‘rg‘oshin miqdori ko‘p bo‘ladi. Yul harakati intensivligiga qarab, bu xavfli xudud 10 dan 500 m gacha bo‘lgan masofani olishi mumkin.
SHuning uchun yul yoqalariga manzarali daraxtlar eqilishi yoki em-xashak uchun mo‘ljallangan ekinlar ekilishi kerak. Ammo bu ko‘pincha xisobga olinmaydi va ko‘pincha yul yoqalariga qo‘rg‘oshin bilan ifloslangan mevalar beruvchi mevali daraxtlar ekiladi.
Daniya mamlakati mahsulotlarni zaharlashgaqa kurash yuzasidan juda yaxshi namuna ko‘rsatdi. U erda mana bir necha yildan buyon avtomobillarda etillangan benzindan foydalanish takiklanadi va asosiy sabzavotlardagi (kartoshka, sabzi, piez) qo‘rg‘oshinning tabiiy darajasi 2-3 martaga qisqardi. Bizda ham etillangan benzinga nisbatan shunday salbiy munosabat paydo bo‘ladi deb umid bildiramiz.
Kadmiy - o‘ta toksik element. Tabiiy kadmiy oziq-ovqat mahsulotlarida qo‘rg‘oshinga nisbatan 5-10 marta kam mikdorda mavjud.
Uning katta mikdorlari kakao kukunida (0,5 mg/kg gacha), hayvonlarning buyraklarida (1,0 mg/kg gacha) va baliqda (0,2 mg/kg gacha) kuzatiladi.
Kadmiyning miqdori, yig‘ma jez tarada saqlangan konservalarda ham katta bo‘ladi, chunki kadmiy ham qo‘rg‘oshin kabi kavsharlash vositalari tarkibiga kirib, sifatsiz bajarilgan kavsharlashdan mahsulotlarga o‘tadi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga xom ashyolardan inson salomatligi uchun xatarli miqdordagi toksik elementlar texnologik ishlov berishning buzilishi natijasida kirish mumkin.
O‘simlik xom ashyosida ular tarkibida simob, qo‘rg‘oshin, kabi toksik elementlar mavjud bo‘lgan zaharli ximikatlarni ishlatish qoidalari buzilgan takdirda paydo bo‘lishi mumkin. Toksik elementlarning yuqori miqdori, havo va suvni etarlicha tozalanmagan ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslovchi ishlab chikarish korxonalari yaqinidagi xududlarda paydo bo‘lish mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida, toksik elementlar, sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilmagan metallardan tayyorlangan jixozlar bilan ta’sirlashganda (oziqaviy maqsadlar uchun po‘lat va eritmalarning juda chegaralangan miqdorlariga ruxsat etiladi) paydo bo‘lishi mumkin. Ammo toksik elementlardan qo‘rg‘oshin, kadmiy kabilari, konservalash sanoatida, kavsharlash texnologiyasi buzilgan, payvand chokli jez idishlardan foydalanilganda paydo bo‘lishi mumkin.
7-jadval

Download 32,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish