Oziq-ovqat mahsulotlaridagi toksik elementlarning
ruxsat etiladigan chegaraviy miqdorlari
Mahsulotlar
|
Qo‘rg‘oshin
|
Kadmiy
|
Mishyak
|
Simob
|
Mis
|
Rux
|
Dukkakli donlar
|
0,5
|
0,1
|
0,2-0,3
|
0,02-0,03
|
10
|
50
|
SHakar va qonfet
|
1,0
|
0,1
|
0,5
|
0,02-0,03
|
10-20
|
50
|
Sut va sut mahsulotlari
|
0,1
|
0,03
|
0,05
|
0,005
|
1,0
|
5
|
O‘simlik yog‘i va undan tayyorlan-gan mahsulotlar
|
0,1
|
0,05
|
0,1
|
0,05
|
1,0
|
5-10
|
YAngi va muzla-tilgan sabzavot-lar, rezavorlar va mevalar
|
0,04-0,5
|
0,03
|
0,2
|
0,02
|
5,0
|
10,0
|
Yig‘ma jez idish-ga qadoqlangan sabzavotlar, re-zavorlar va ular-dan tayyorlangan mahsulotlar
|
1,0
|
0,05
|
0,2
|
0,02
|
5,0
|
10,0
|
YAngi mol va parranda go‘shti
|
0,5
|
0,05
|
0,1
|
0,03
|
5,0
|
20
|
Yig‘ma jez idish-ga konservalan-gan mol va par-randa go‘shti
|
1,0
|
0,1
|
0,1
|
0,03
|
5,0
|
70
|
YAngi va muzla-tilgan baliq
|
1,0
|
0,2
|
1,0-5,0
|
0,3-0,6
|
10
|
40
|
Yig‘ma jez idish-ga konservalan-gan baliq
|
1,0
|
0,2
|
1,0-5,0
|
0,3-0,7
|
10
|
40
|
Ichimliklar
|
0,1-0,3
|
0,01-0,03
|
0,1-0,2
|
0,005
|
1,0-5,0
|
5,0-10
|
Sanitarik nazorat tashkilotlari tomondan oziq-ovqat xom ashyosi va tayyor mahsulotlar tarkibidagi toksik elementlar miqdorlariga qat’iy me’yorlar o‘rnatilgan. Ko‘pchilik mahsulotlar uchun toksik elementlar konsentratsiyalarining ruxsat etilgan eng katta miqdorlari belgilab qo‘yilgan.
Bolalar va parhezbop ovqatlanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar tarkibidagi toksik elementlar miqdoriga kat’iy talablar o‘rnatilgan. Masalan, dukakli don ekinlari uchun qo‘rg‘oshin miqdori 0,3 mg/kg kadmiy miqdori 0,03 mg/kg bo‘lishiga ruxsat etiladi. 13-jadvalda qalayi va temir konsentratsiyalarining ruxsat etilgan miqdori ko‘rsatilmaydi. Qalay miqdori faqat yig‘ma jez bankalarga joylashagan konservalarda nazorat qilinib, 200 mg/kg gacha (bolalar uchun mo‘ljallangan konservalarda 100 mg/kg) bo‘lgan mikdorga ruxsat etilgan.
Temir miqdori faqat pivo, vino kabi ichimliklar (15 mg/kg), yog‘lar va moylar (5 mg/kg) uchun me’rlanadi. Konsentrlangan (kuritilgan, sublimatsiyalangan) o‘simlik va hayvon mahsulotlarida toksik elementlarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari, boshlang‘ich mahsulotlarga qaytadan xisoblanib aniqlanadi.
Salomatlik uchun zararsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash uchun, ozuqaviy xom ashyolar va tayyor mahsulotlarni doimiy nazorat qilib turish - oziq-ovqat sanoati mutaxassislarining vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Uydagi ovqatlanishda xom, konservalangan mahsulotlarni qo‘rg‘oshin bilan ifloslanishini nazorat qilib borish lozim.
Hatto qisqa muddat saqlashga muljallangan yig‘ma jez bankalarga joylashgan konservalarni shisha bankalarga joylash tavsiya etiladi, chunki havo kislorodi ta’sirida jez bankalarning emirilishi tezda ortib ketadi va bir necha kun ichida mahsulot tarkibidagi qo‘rg‘oshin (va qalay) miqdori bir necha marta ortadi.
SHu bilan birga sirkalangan tuzlangan va nordon mahsulotlarni ruxlangan idishlarda saqlash mumkin emas (mahsulotlarni rux va kadmiy bilan zararlanishning oldini olish maqsadida), chunki ruxlangan qatlam tarkibida bir kancha miqdorda kadmiy mavjud bo‘ladi.
Bezak uchun mo‘ljallangan chinni va sopol idishlarda taomni tayyorlamaslik va saqlamaslik kerak (ya’ni taom uchun emas, balki, bezak uchun mo‘ljallangan idishlarda), chunki idishning siri, ayniqsa sariq va qizil rangdagi sir tarkibida qo‘rg‘oshin va kadmiy tuzlari mavjud bo‘lib, bunday idishlar taom uchun ishlatilganda osongina ovqatga o‘tadi.
Mahsulotlarni tayyorlash uchun faqatgina ozuqaviy maqsadlarga mo‘ljallangan maxsus idishlardan foydalangan ma’qul chiroyli plastmassa qoplar va idishlarga ham xuddi shular taaluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |