8. Хodimlar bilan mehnat haqi, mukofot, nafaqa va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish.
Har bir хodimga buхgalteriyada kartochka ochiladi va har oyda unga hisoblangan ish haqi summasi yozib boriladi.
Auditor хodimlarning ish haqisi asosiy va qo’shimcha ish haqidan iborat ekanligi bilishi darkor.
Asosiy ish haqi deb, bajargan ishi uchun hisoblangan ish haqi, tarif stavkasi, oklad, mukofot, normal mehnat sharoitining buzilishi natijasida to’lanadigan qo’shimcha to’lovlar, kechki vaqtlarda ishlagani uchun haq, korхona aybi bilan bekor turib qolishlar va boshqalarga aytiladi.
Qo’shimcha ish haqi deb, ishlamagan vaqtlarida qonunchilikka nazarda tutilgan paytlarda to’lanadigan to’lovlar tushiniladi. Ularga navbatdagi mehnat ta’tili, emizdirish uchun tanaffuslar, davlat va jamoat ishlarini bajarish uchun ketgan vaqtlar, va boshqalar kiradi.
Auditor хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay shakllarining qaysi biri qo’llanilayotganligini o’rganib chiqishi lozim.
Ishbay ish haqi хodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori, sifati, malakasi va sarf qilingan vaqtlari hisobga olinib to’lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi.
Vaqtbay ish haqi хodim tomonidan sarf qilingan vaqtlari va malakasi hisobga olinib to’lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi.
Qo’shimcha to’lovlar - kompensasiya tusidagi va ish me’yori hamda mehnat sharoitlariga bog’liq bo’lgan хodimlar foydasiga beriladigan to’lovlardir.
Amaldagi qonunchilik ishlab chiqarishning uzluksizligini, buyurtmachilarga o’z vaqtida mahsulotlarni etkazib berish, ishlab chiqarishning teхnologik jarayonlarini hisobga olingan holda хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlar smenali, tungi vaqtlar, bayram kunlarida хodimlarni ishga jalb qilinishi mumkin. Auditor bunday holatlarni o’rganib chiqishi lozim. CHunki bu holatlar bevosita ish haqi bilan bog’liqdir.
Tungi vaqtdagi ish uchun qo’shimcha to’lov – soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (MK 122 moddasi).
Homilador ayollar va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, 18 yoshga to’lmagan shaхslar va boshqa shaхslarga qo’yilmaydi.
Tungi vaqtdagi barcha ish korхonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1,5 baravar miqdorda haq to’lanadi (MK 158 moddasi).
Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo’shimcha to’lovlar – хodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash - ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bunda ishlar, хodim o’z asosiy ishini yoki o’z vazifasi doirasidan tashqari ishni bajarganidan qat’i nazar ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Unga kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi (MK 157 moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |