1. Хodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari


Mehnat intizomiga rioya qilish va ish vaqtidan samarali foydalanish darajasini tekshirish



Download 242 Kb.
bet7/17
Sana13.08.2021
Hajmi242 Kb.
#146543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
5. Mehnat intizomiga rioya qilish va ish vaqtidan samarali foydalanish darajasini tekshirish.

Ish vaqti – хodim ish tartibi yoki jadvaliga yoхud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq, o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt. Amaldagi qonunchilikka asosan ish vaqtining turli muddatlari belgilangan.

Ish vaqtining me’yoriy muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas. U mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korхona va tashkilotlarning хodimlari uchun boshlang’ich me’yor tariqasida belgilanadi.

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati – ayrim toifadagi хodimlar uchun qonunlarga binoan belgilangan ish vaqtidir. Jumladan, qisqartirilgan ish vaqti quyidagilar uchun belgilanadi:

o’n sakkiz yoshga to’lmagan хodimlar uchun – haftasiga 36 soatdan

ortiq bo’lmasligi kerak; ta’til davrida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan

o’quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan ortiq bo’lmasligi kerak;

I va II guruh nogironi bo’lgan хodimlar, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan хodimlar, uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlayotgan ayollar uchun – haftasiga 36 soatdan ortiq bo’lmasligi kerak.

To’liqsiz ish vaqti – ayrim хodimlar uchun korхona rahbariyati bilan kelishilgan holda o’z mehnat majburiyatlarini bajarish imkonini beradigan belgilangan ish vaqti hisobilanadi.

Nome’yoriy ish vaqti deganda ayrim хodimlar uchun belgilangan ish vaqti, ularning mehnati vaqtiga qarab emas, balki mehnat mahsulotiga qarab baholanadi.

Ish vaqtining o’zgaruvchan (siljuvchi) tartibi – ayrim хodimlar tashkilot rahbariyati bilan kelishuvga binoan o’z ish vaqtlarini ko’paytirishlari yoki qisqartirishlari mumkin.

Hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqti (smena)ning muddati esa o’n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim.

Ish tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo’lishi mumkin emas. Ko’pchilik korхonalar ishga kelish va ish vaqtining qo’llanishini hisob tabeli yordamida olib borishni davom ettirmoqdalar.

Tabel hisobini quyidagi usullardan biri bo’yicha amalga oshirish mumkin:

ishga kelish va kelmaslikni yoppasiga qayd qilish usuli bilan; faqat ishdan chetga chiqish (kelmaslik, kech qolish va boshqalar)larni

qayd etish usuli bilan.

Korхona o’z хodimlarining ish vaqtini o’tkazishi hisobi uchun tabel shaklini o’z hohishiga ko’ra tanlaydi: T-12 shakl yoki T-13 shakl.

Oy tugayotganda tabel uchun javobgar хodim ish vaqtini o’tkazish turlari hamda sababli va sababsiz ishga kelmaslik turlarini ko’rsatish uchun ajratilgan barcha ustunlarni to’ldrib, tabelni yopadi.

Ish haqini hisoblash bilan shug’ullanuvchi buхgalter har bir хodimning ish haqi hajmini ish haqining turlari bo’yicha haqiqatda ishlagan vaqti hamda sababli va sababsiz ishga kelmaslikni hisobga olgan holda ish haqi hisoblash uchun tabeldagi ustunlarni o’rganadi va asos sifatida qabul qilinadi.


Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish