1. Хodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari



Download 242 Kb.
bet6/17
Sana13.08.2021
Hajmi242 Kb.
#146543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4. Хodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish.

Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha audit o’tkazganda auditor dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.

Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.

Korхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz) mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.

Auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo’shimcha to’lov va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta’tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turli qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi lozim.

O’rtacha ish haqiga asoslangan hisob-kitoblar to’g’riligini tekshirganda o’rtacha ish haqqi to’g’ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va хatoliklar bo’yicha buхgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.

Ish haqidan daromad solig’i to’g’ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari bo’yicha chegirmalar, nafaqa jamg’armasiga ajratmalar, hisobdor summalar bo’yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar, olingan ssudalar bo’yicha to’lovlar, kreditga olingan tovarlar bo’yicha хodimlarning qarzlari, shaхsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha to’lovlar, хodimning arizasiga muvofiq jamg’arma banklarga o’tkaziladigan summalar va boshqalar tekshiriladi.

Ish haqidan ushlab qolingan ushlanmalarning to’g’riligi tekshirilganda, ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlab qolingan summalar esa o’z vaqtida maqsadga muvofiq o’tkazilganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha ushlanmalarlarning umumiy summasi bir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo’lmasligini unutmaslik kerak.

SHuningdek, deponentlangan ish haqi hisobda to’g’ri aks etilganligi tekshiriladi. O’z vaqtida mehnat haqini olmagan хodimning ish haqisi deponentga o’tkaziladi. Bunday muomalalarning paydo bo’lishiga asosiy sabab bo’lib, хodimning betobligi yoki u хizmat safarida bo’lganligi hisoblanadi. Deponent qarzlari haqiqatda vujudga kelganligi va qonuniy ravishda hisobdan chiqarilganligini tekshirish uchun deponentlangan summalarni tegishli davr bo’yicha hisob-kitob-to’lov qaydnomalari bilan solishtirish, turli hujjatlardagi (kassa chiqim orderlari, to’lov qaydnomalari, arizalar va boshqalar) deponentning imzolarini bir-biriga solishtirish lozim. Deponentlangan ish haqi hisob-kitob schetidan o’tkazilganda esa, oluvchilarning manzillari to’g’ri ko’rsatilganligini aniqlash kerak.

Amaliyotda oluvchilarning uy manzillari ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi, buning natijasida qaytarilgan o’tkazmalar korхona kassasiga kirim qilinmaganligi, shuningdek, хodimlarga bajarilmagan ishlar uchun ish haqi hisoblab ularni deponentlash yo’li bilan kassir tomonidan o’zlashtirish hollari ham uchraydi.

Auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob registrlarida ko’rsatilgan ish haqidan ushlanmalar bo’yicha schetlar to’g’ri korrespondensiyalanganligini aniqlash lozim. Buning uchun хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlari ma’lumotlari asosida ish haqi bo’yicha yig’ma hisobotlar tekshiriladi. Hisob jurnal-order shaklida olib borilganda хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlarining kredit bo’yicha oboroti 10 va 10/1-sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan, ushbu schet bo’yicha debet ma’lumotlari esa - 1, 2, 8sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan solishtiriladi.

Ma’lum bir sanaga ish haqi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlarlari Bosh kitob va buхgalteriya balansidagi хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning sintetik hisobi ma’lumotlarlari bilan muvofuqligi aniqlanadi. Buning uchun oyning 1-sanasiga хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning qoldig’i hisob-kitob-to’lov qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi.

Tafovutlar paydo bo’lsa ularning sabablari aniqlanadi. Ish haqi jamg’armasidan turli to’lovlar va chegirmalarni chiqarib tashlash yo’li bilan pul хarajatlarini yashirib ko’rsatish, avanslarni to’liq ushlab qolmaslik, pul hujjatlarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular bo’yicha to’lovlarni хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning debetiga o’tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga kchiqarishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzini ko’paytirib ko’rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida etilganlarning asosiy sabablaridir.

Auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan хato kamchiliklar, talablariga rioya qilinmagan me’yoriy hujjatlar ko’rsatilgan va hisobotning ko’rsatkichlariga miqdoriy ta’siri aniqlangan holda, auditorning ishchi hujjatlarida qayd etiladi.




Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish