O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASI OILALAR
l.Gulqo'rgoni oddiy, ko'rimsiz, mevasi kech kuzda pishadi, o'simlik a'zolari asosan seret, bu belgilar qaysi oila uchun xos?
A) sho'radoshlar B) tokdoshlar
C) qoqidoshlar D) burchoqdoshlar
2. Izen, teresken kabi o`simliklar qaysi oilaga mansub?
A) sho'radoshlar
B) karamdoshlar
C) loladoshlar
D) soyabonguldoshlar
3. Itsigak o'simligi qaysi oilaga mansub?
A) sho'radoshlar
B) karamdoshlar
C)
dukkakdoshlar
D) ituzumdoshlar
4. Turkiston ismalog' i uchun xos belgini aniqlang .
A) ko'p yillik bir uyli manzarali o'simlik.
B) bir yillik ikki uyli begona o't
C) bir yillik bir uyli ayrim jinsli dorivor o'simlik
D) ko'p yillik chala butasimon o'simlik
5. O'zbekistonda quyidagi turkumlardan qaysi birining ikkta turi uchraydi ?
A) ismaloq B) ebalak
C) sag'an D) lavlagi
6. Sho'radoshlarga mansub o'simliklarning o'ziga xos belgilarni aniqlang?
A) gulqo'rg'oni oddiy, korimsiz,organlari seret, mevasi kech kuzda pishadi
B) gullari chiroyli, xushbo'y, organlari seret, mevasi erta bahorda pishadi
C) gullari alohida - alohida
o'simlikda joylashgan ikki yillik o'simliklar, gullari hasharotlar
yordamida changlanadi
D) gulqo'rg'oni oddiy, gullari chiroyli, xushbo'y mevasi yoz oylarida pishadi
7. Oddiy jag'-jag o'simligining xarakterli hususiyati berilgan qatorni ko'rsating.
1. bir yillik; 2. ikki yillik; 3. poyasi dag'al tuklar bilan qoplangan; 4. barglari murakkab va oddiy panjasimon bo'lingan; 5. barglari oddiy patsimon bo'lingan; 6. tarkibida K va S vitaminlar, olma, limon, kislotalari bor. 7. tarkibida A va D vitaminlari bor; 8. to'pbarglari ovqatga ishlatiladi; 9. mevasi qo'zoq
A) 1.3.5.6.8 B) 2.3.4.7.9
C) 1.3.4.7.8 D) 2.5.7.8.9
8. Sho'radoshlar oilasiga mansub ikki yillik o'simlikni toping.
A) cherkez B) itsigak
C) oddiy lavlagi D) cho`g'on
9. Qaysi oilaga mansub o'simliklar gipsli, sho'rli cho'l o'tloqlarida o'sib, tuya va qo'ylar uchun
yem - xashak hisoblanadi?
A) sho'radoshlar
B) ituzumdoshlar
C) karamdoshlar
D) qovoqdoshlar
10. Lavlagi mevasi qanday ataladi?
A) pista B) ko'sakcha
C) yong'oq D) rezavor
11. Hashoratlar yordamida changlanadigan qo'zoqcha mevali o'simlikni toping?
A) jag' -jag' B) baxmalgul
C) oddiy lavlagi D) yerbag'ir
tugmachagul
12.Sho'radoshlar oilasiga mansub ildizmevani aniqlang.
A) sabzi B) turp
C) sholg`om D) lavlagi
13.Sho'radoshlar oilasiga mansub o'simliklar guruhini ko'rsating.
A) donasho'r, burchoq,
tarvuz
B) oddiy lavlagi, ismaloq, saksovul
C) izen, sebarga, bodring
D) teresken, oqquray
14. Jag'-jag" qaysi hususiyatiga ko'ra qon ketishini to'xtatadi?
A) olma, limon kislatasi borligi uchun
B) to'xtatmaydi
C) antigemofil omil- k vitamini borligi uchun
D) Ca ioni borligi uchun
15. Sho'radoshlar oilasi vakilini aniqlang.
A) karam B) qo'ng'irbosh
C) sachratqi D) ismaloq
16. Sho'radoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki uyli begona o'simlikni aniqlang.
A) shuvoq B) turkiston ismalog' i
C) qovun D) dalachoy ,
17. Qaysi oilaga masub bo'lgan o'simliklar ildizmeva hosil qiladi?
A) ra'nodoshlar
B) karamdoshlar
C) gulxayridoshlar
D) dukkakdoshlar
18. Qaysi o'simliklarning tarkibida olma va limon kislotasi bor?
A) qurttana B) jag'-jag'
C) kurmak D) chitir
19. “Barglari deyarli bo'lmaydi, barg vazifasini bajaruvchi bir yillik novdalarining bir qismi qurib qoladi, gulqo'rg'on bargchalaridan 5 ta pardaga o'xshash qanot o'sib chiqadi.” Bunday belgilar qaysi o'simlikka xos?
A) cherkez B) saksovul
C) juzgun D) itsigak
2O.
Nima sababdan yovvoyi olma, nok, olcha o'simliklaridan yangi navlar yaratishda keng foydalaniladi?
A) tashqi sharoitga moslashuvchi belgilar kuchli rivojlangani uchun
B) zararkunandalarga chidamliligi uchun
C) qurg'oqchilik, sovuq va zarar-kunandalarga chidamliligi uchun
D) payvandlangan kurtaklari tez moslashgani uchun
21. Gulqo'rg'oni oddiy bo'lgan o'simliklar guruhini aniqlang.
A) jag'-jag',turp
B) g'umay, ajriq
C) oddiy lavlagi, saksovul
D) olcha, gilos
22. Oddiy lavlagining gullari mayda, gulqo'rg'oni...
A) oddiy tojbargsimon
B) murakkab
C) o'yiq
D) oddiy kosachasimon
23. Qaysi o'simlikning bargi va mevasidan tayyorlangan dori qon bosimini tushirishda ishlatiladi?
A) momaqaymoq B) zubturum
C) shirinmiya D) cherkez
24. Mevasi dukkak bo'lgan o'simlikni aniqlang.
A) shuvoq B) singirtak
C) sigirquyruq D) zirako`t
25. Mevasi dukkak bo'lgan o'simlikni aniqlang.
A) bo'ritaroq B) matur piyoz
C) qarg'atirnoq D) astragal
26. Sebarganing dukkagi va
urug'iga xos hususiyatni belgilang.
A) dukkagi 3-4 urug'li,
uzunchoq
1-2 sm, urug'i jigarrang silliq, loviyasimon, kattaligi 0.5 - 1 sm
B) dukkagi ko'p urug'li, yumaloq, 1,5-2 sm, urug'i silliq, buyraksimon, kattaligi 1-1,8 sm
C) dukkagi bir urug'li, uzunchoq-tuxumsimon uzunligi 1,5-2 mm, urug'i sariq, yoki jigarrang, silliq, yumaloq, kattaligi 1,5-2 mm
D) dukkagi 8-10 urug’li, uzunchoq,uzunligi 2,5-3,5 sm urug'i jigarrang, ovalsimon, kattaligi 2,5-3,5 sm
27. Qon ketishni to'xtatadigan o'simlikni belgilang.
A) cherkez, saksovul
B) mingidevona, bangidevona
C) jag'-jag'
D) sebarga, yantoq
28. Qaysi o'simlikning bargi, guli, urug'idan xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida foydalaniladi?
A) andiz B) shuvoq
C) tugmachagul D) gulxayri
29. Vatani Braziliya bo'lgan o'simlikni aniqlang.
A) nok B) yeryong'oq
C) shaftoli D) oqqutay
30.Flora...
A) ma'lum bir hududda tarqalgan o'simliklar turlari majmuasi
B) ma'lum bir hududdagi o'simlik va hayvon turkumlari majmuasi
C) bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik
D) bir- biriga yaqin turlar majmuasi
31. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi o'simliklar guruhi hukumron hisoblanadi ? A) ochiq urug'lilar
B) yopiq urug'lilar
C) yovvoyi o'simliklar
D) madaniy o'simliklar
32. Saksovul qaysi oilaga mansub ?
A) ra'nodoshlar B) sho'radoshlar
C) ziradoshlar D) dukkakdoshlar
33. Oksitrops va tangao't o'simliklari qaysi oilaga kiradi?
A) burchoqdoshlar B) loladoshlar
C) gulxayridoshlar
D) qoqio'tdoshlar
34. Haqiqiy gul qaysi o'simlik guruhi uchun xos?
A) yopiq urug'lilar B) ochiq urug'iilar
C) suvo'tlarga
D) zamburug'larga
35.Yopiq urug'li o'simliklarning boshqa o'simlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo'lishi sabablarni ko'rsating.
1. urug'idan ko'payishi; 2. turli yo'llar bilan changlanishi; 3. qo'sh urug'lanishi; 4. urug'ining meva ichida yopiq bo'lishi; 5. ko'pchili-gida urug'ining meva orqali tarqalishi; 6. urug'lanishning suvga bog'liqligi;
A) 1.2.3.4 B) 2.3.4.5
C) 1.3.5.6 D) 1.4.5.6
36.0'zbekistonda o'simliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma-ketligini aniqlang ?
A) tur, avlod, oila, turkum, bo'lim
B) tur,turkum, avlod, bo'lim, oila
C) tur, turkum, oila, sinf, bo'lim
D) tur, oila, avlod, turkum, bo'lim
37. Barcha ra'noguldoshlarga xos belgilarni ajrating? 1. gulqo'rg'oni murakkab, to'g'ri; 2. changchilari ko'p; 3. guljojibarglari beshta, qo'shilmagan; 4. gulqo'rg'oni oddiy; 5. gulqo'rg'oni murakkab, qiyshiq;
A) 1.3.5 B) 1.2.5
C) 2.3.4 D)1.2.3
38. Quyida berilganlardan qaysi biri yopiq urug'li o'simliklardan tashqari hech qaysi o'simliklar bo'limida yo'q ?
A) to'qimalarda oziq moddani to'planishi
B) ildiz, barg, poyalarda asosiy to'qimaning bo'lmasligi
C) ildiz, poya, barglarda o'tkazuvchi to'qimalar uzun, yog'ochlangan o'lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iboratligi
D) ildiz, poya, bargda oziq moddaning harakatlanishi
39. Ikki urug'pallali o'simliklar gulqo'rg'oni bir urug' pallali o'simliklar gulqo'rgonidan qaysi jihatlardan farq qiladi?
A) ko'pincha gulqo'rg'oni murakkab, gulqo'rg'on bo'laklari halqada 4-5 tadan o'rnashgan bo'ladi
B) gulqo'rg'oni murakkab va gul bo'lakchalari halqada 3 tadan o'rnashgan bo'ladi
C) gulqo'rg'oni oddiy va gul bo'lakchalari halqada 3 tadan o'rnashgan bo'ladi
D) ko'pincha gulqo'rg'oni oddiy va gul bo'lakchalari bir halqada o'rnashgan bo'ladi
40. Sarimsoq piyoz va anzur piyozi qaysi turkumga kiradi?
A) piyoz turkumiga
B) sarimsoq piyoz turkumiga
C) anzur piyoz turkumiga
D) osh piyoz turkumiga
41. Anzur piyozidagi "anzur” so'zi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli?
A) tur B) turkum C) avlod D) oila
42. O'simliklar sistematikasidagi eng kichik birlikni aniqlang?
A) tur B) oila
C) sinf D)
oila va sinf
43. Ebalak o'simligi qaysi oilaga mansub?
A) sho'radoshlar B) karamdoshlar
C) burchoqdoshlar D)ra'nodoshlar
44. Ikki pallali o'simliklar sinfini aniqlang.
A) shirachdoshlar B) loladoshlar
C) ziradoshlar D) piyozdoshlar
45. Bo'ritaroq turkumiga mansub o'simlik ...
A) Misr g'o'zasi
B) dorivor gulxayri
C) boqila D) kanop
46. Oddiy lavlagi o'simligining gul formulasini aniqlang?
A) Og(5+2)Ch4U(l) B) Og(5)Ch4+2U(l)
C) Og(2+5)Ch4U(l)
D) Og(5)Ch4U(l)
47. Meksika g'o’zasining sistematik birliklari to'g'ri berilgan javobni aniqlang. bo'lim (tip) (1), sinf (2), oila (3), turkum (4)
a) ochiq urug'lilar;
b) gulli o'simliklar;
c) bir urug'pallalilar;
d) ikki urug'pallalilar;
e) gulxayridoshlar;
f) qarg'aydoshlar;
g) g'o'za; h) qarag'ay
A) l-a,b/2-c,d/3-e,f/4-g,h
B) l-c,d/2-e,h/3-a,f/4-b,g
C) l-a,b/2-e,h/3-b,g/4-a,f
D) l-a,d/2-b,h/3-e,f/4-g,h
48. Qaysi oila vakillarining
gulqo'rg'on barglari juda qisqargan yoki butunlay yo'qolib ketgan ?
A) sho'radoshlar B) loladoshlar
C) bug'doydoshlar D) qoqidoshlar
49. Karamdoshlar oilasiga mansub savzavot ekinlari qaysi javobda berilgan?
A) sholg'om, turp
B) sabzi, kartoshka
C) pomidor, garmdori
D) karam, oddiy lavlagi
50. Tojibarglari oppoq, kosachabarglaridan 1.5 marta uzun, urug'chisi bitta, tumshuqchasi ikkita bo'lgan
o'simlikni aniqlang.
A) jag'-jag' B) na`matak
C) olcha D) chinor
55. Qaysi turkumga oid o'simliklarning 6 ta turi O'zbekistonda o'sadi va barchasi begona o'tdir?
A) tugmachagul B) chitir
C) na'matak D) gulxayri
52.To'pmeva hosil qiladigan o'simlikni toping.
A) g'ozpanja
B) tugmachagul
C) jag`-jag` D) na'matak
53. Tugmachagulni xarakretli belgilarini ko'rsating? 1. tik o'sadi; 2. yerbag'irlab o'sadi; 3. bir yillik begonao't; 4. gullari barg qo'ltig'ida o'rnashgan; 5. gullari poyaning uchida o'rnashgan; 6. mevasi to`pmeva; 7. mevasi kuchala;
A) 1.3.4.7 B) 2.3.4.6
C)2.4.5.6 D) 1.5.4.6
54. “Gullari yirik, tojibargi limon rangda, ko'sakchalari 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi.Tolasi uzun, lpakka o'xshaydi”. Bu belgilar O'zbekistonda ekiladigan qaysi g'o'za turiga xos?
A) jaydari g'o'za
B) meksika g`o`zasi
C) misr g'o'zasi D) barchasi
55. Kanop qaysi oilaga mansub ?
A) ra'nodoshlar
B) gulxayridoshlar
C) sho'radoshlar
D) karamdoshlar
56. Meksika g'o'zasiga xos belgilar berilgan qatorni aniqlang?
A) ko'saklari mayda, deyarli ochilmaydi, tolasi qisqa, dag'al
B) ko'saklari yirik, tolasi mayin, uzun, oq, ba'zan qo'ng'ir rangda
C) ko'saklari yirik, tolasi mayin, och sariq rangda
D) ko' saklari mayda, yaxshi ochiladi, gullari pushti, tolasi uzun, dag'al va oq rangda
57. Tugmachagul qaysi oilaga mansub?
A) krestguldoshlar
B) ra'noguldoshlar
C) gulxayriguldoshlar
D) dukkakdoshlar
58.
Urugchisi bitta, tugunchasi uch yoki ko'p uyali, mevasi to'pmeva. Bu belgi qaysi oilaga mansub?
A) ra'noguldoshlar
B) qoqidoshlar
C) qovoqdoshlar
B) gulxayridoshlar
59.0'zbekistondagi qaysi turkumga mansub 13 tur o'simlik o'sadi ?
A) tobulg'i B) ra'no
C) baxmalgul D) g'o'za
60. Gulxayridoshlarga mansub bo'lgan o'simliklar gurhini belgilang.
A) no'xat, qurttana, kanop, bodom
B) olma, g'o'za, makkajo'xori, gulxayri
C) o'rik, pomidor, kungaboqar, kanop
D) kanop, gulxayri, bo'ritaroq, g'o`za
61. Bo'ritaroq turkumiga qaysi o'simliklar kiradi?
A) g'o'za, kanop
B) g'o'za, bo'ritaroq
C) g'o'za, bo'ritaroq, kanop
D) bo'ritaroq, kanop
62. O'zbekistonda gulxaydoshlarga mansub nechta turkum va tur o'sadi? A) 7 turkurri, 27 tur
B) 3 turkum, 16 tur
C) 70 turkum, 16tur
D) 3 turkum, 32 tur
63. Qaysi oilaga kiruvchi o'simliklaming poyalari ilashuvchi. vegetativ yo'l bilan ko'payadi, mevasi rezavor ?
A) ra'nodoshlar
B) gulxayridoshlar
C) qovoqdoshlar
D) tokdoshlar
64. Dorivor gulxayrining qaysi qismidan tayyorlangan damlama yo`talga qarshi ishlatiladi?
A) bargidan B) gulidan
C) poyasidan D) ildizidan
65. Ra'nodoshlar oilasiga mansub bo'lagan o'simliklarni aniqlang.
1. na'matak; 2. bodring; 3. olma; 4. lola; 5. nok; 6. do'lana; 7. tok;
A) 1.5.4 B) 2.3.5
C) 3.5.6 D) 2.5.7
66. Bo'yi 50 - 150 sm keladigan g'umay o`simligi qaysi turkumga mansub ?
A)
arpa turkumiga
B) g'umay turkumiga
C) jo'xori turkumiga
D) kungaboqar turkumiga
67. Ra'nodoshlar oilasiga mansub o'simliklarni belgilang.
A) behi, bodom, yeryong'oq
B) malina, baqlajon, yeryong'oq
C) qulupnay, o'rik, tog'olcha
D) nok, garmdori, yeryong'oq
68. Gul formulasi K (5)T5 Ch~ U5 bo'lgan o'simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi ? A) dukkakdoshlar B) ituzumdoshlar C) karamguldoshlar D) ra'noguldoshlar
69. Nok qaysi gulli o'simliklar oilasiga mansub? A) karamdoshlar B) ra'noguldoshlar C) gulxayridoshlar D) dukkakdoshlar