8. Chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida har bir mavzular bo‘yicha tarixiy materiallar yig‘ish, ularni o’quv jarayoniga tadbiq qilish. Har bir fanni tarixi va rivojlanishi umum dunyoviy, hududiy, mamlakatlararo va mahalliy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi lozim. SHundan kelib chiqqan holda bizning mamlakatimizning iqlimi, geografik joylashishi va turli shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlarini quyidagi mavzularda olib borishni tavsiya etamiz.
Egri chiziqlarning hosil bo‘lishining yangi geometrik usullarini yaratish, yoki texnikada muhandislik masalalarini echishda biror shartni qanoatlantiruvchi egri chiziqlarni hosil qilish.
Qurilish yoki mashinasozlikda oldindan berilgan biror muhandislik shartni qanoatlantiruvchi sirtlarni hosil bo‘lishining yangi geometrik apparatini yaratish.
Differensial geometriya va matanaliz kabi fanlarda yaratilgan fundamental matematik nazariyalarni chizma geometriya usullari bilan interpritatsiya qilish usullari bilan echish.
O‘zbekistonda paxtachilik va boshqa dehqonchilik sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan mashina-mexanizmlarining ishchi organlarini geometrik tahlili va ularni mamlakatimiz sharoitiga mos keladigan yangi konstruksiyalarini yasashda qo‘llash
O‘rta osiyodagi mavjud qadimiy arxitektura yodgorliklarida qo‘llanilgan sirtlarni geometrik tahlil qilish va ularni ta’mirlash ishlarida geometrik asoslangan nazariyalar yaratish.
Qadimgi yodgorliklarni qayta tiklash ishlarida ularni yo‘qolib ketgan tarixiy chizmalarini izlash va taqqoslash asosida ularni tiklash.
Hozirgi zamon binolari oynalari uchun quyoshni to‘suvchi sirtlarning geometrik shakllarini iqlim sharoitiga moslab yaratish.
Milliy kiyimlar andozalarini yaratishda odam jasadini va uning elementlarini geometriyasini o‘rganish bilan amalga oshirish.
Kompyuter grafikasini chizma geometriya sohasida pozitsion va metrik masalalarni eshish uchun qulay usul ekanligi to‘g‘risida izlanishlar olib borish.
Kompyuter grafikasini muhandislik grafikasining barcha bo‘limlari uchun chizmalar chizishdagi metodikasini ishlab chiqish.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlarini har bir boblarida komyuterli grafikani qo‘llash metodikasini afzalligini ko‘rsatish.
Maktab o‘quvchilari uchun yangi zamonaviy dars ishlanmalari yaratish.
Kasb hunar kollej o‘qituvchilari uchun yangi zamonaviy dars ishlanmalari yaratish.
Oliy o‘quv yurtlarida chizma geometriya fanini o‘qitish ahvoli va uni takomillashtirish yo‘nalishlarini izlash.
Oliy o‘quv yurtlarida kompyuter grafikasining turli dasturlarini geometrik grafika soxasida qo‘llanilishini yaratish.
Umum ta’lim va kollejlarda o‘qitiladigan chizmachilik fanini har bir bo‘limi bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borish.
18. CHizma geometriya fanini hususiyatlarini hisobga olgan holda fanning xar bir bo‘limining mazmuni va mohiyatini hisobga olib, ularni amaliyotga qo‘llanishidan kelib chiqqan holda axborot texnalogiyalarini qo‘llash.
* Fan tarixini o‘rganish bo‘lajak mutaxassis uchun dunyo qarashini takomillishtirib borib, shu fan to‘g‘risida uning fikri zakovatini ta’rixiy ma’lumotlarga boyitadi.