Professor, texnika fanlari nomzodi, Xorunov Raxim Xorunovich (1911-1992) TTYMI R. Xorunov 1911 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent pedagogika texnikumiga o‘qishga kirib uni 1929 yilda tugatgan. 1929-1931 yillar Toshkent viloyati Angren rayonida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1931-1936 yillarda Toshkent temir yo‘llari transporti institutida o‘qigan. O‘qishni tugatib Samarqand shahar deposida injener bo‘lib ishlagan. 1939 yildan boshlab TTIMIda «CHizma geometriya va grafika» kafedrasida o‘qituvchilik qilgan. 1953-1983 yillar «CHizma geometriya va grafika» kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. Ungacha bu kafedraga bir necha yillar davomida dotsent L.N.Lixachev (1953 yilda Riga fuqarolar aviatsiya institutida «CHizma geometriya va chizmachilik» kafedrasiga rahbarlik qilib, 1963 yildan beri texnika fanlari doktori professori bo‘lib ishlagan) rahbarlik qilib, kafedra pedagoglarini ilmiy-metodik salohiyatini oshirib, kafedra uchun bir necha o‘quv adabiyotlarini rus tilida yaratgan.
R. Xorunov 1953 yilda Leningrad qurilish injenerlari institutida «Parallel proeksiyalashda yaqqol tasvirlar yasashning ba’zi bir masalalari» mavzusida o‘zbeklardan birinchi bo‘lib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajaga ega bo‘lgan. R.Xorunov TTYMIda kafedra mudiri bo‘lib ishlagan paytlarida, kafedrada ilmiy maktab tashkil qildi.
R. Xorunovning 70dan ortiq ilmiy va ilmiy metodik ishlari mavjud. U 1961 yilda mashinasozlik mutaxassislari uchun «CHizma gemetriya» qisqa kursi darsligini Oliy texnika o‘quv yurti talabalari uchun chop etdi. Ushbu darslikni 2-nashri (1965 yilda), 3-nashri 1974 yilda, 4-nashri 1995 yilda qayta chop etib mavzular ancha to‘ldirildi va qurilish va arxitektor mutaxassisliklari uchun mo‘ljallandi.
1966 yilda o‘zbek tilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yozgani va Ittifoq va Respublika miqyosidagi Ilmiy metodik konferensiyalar tashkil qilgani uchun unga SSSR Oliy attasstatsiya komissiyasi tomonidan professorlik ilmiy unvoni berildi.
1967 yilda TTIMI «CHizma geometriya va grafika» kafedrasiga prof. R.Xorunov rahbarligida 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturaga qabul qilish ruxsati olindi. Prof. R.Xorunov rahbarligida 1961,1965,1971 yillarda «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi nazariy masalalari va bu fanlarni o‘qitish» metodikasiga bag‘ishlangan Butun Ittifoq konferensiyalarini Toshkent shahrida o‘tkazilgan.
1965 va 1971-yilgi Butun Ittifok ilmiy konferensiyalarini Toshkentda o‘tkazishda YU. Qirg‘izboev, V.Lыsov, E.Sobitov, V.A.Beologujev, V.V.Ivanov., K.I.Qobiljonov.,Abramyan YA.P., SH.K. Murodovlar ham faol ishtirok etganlar.
Bu konferensiyalarda o‘sha davrning etuk olimlaridan professorlar N.F.CHetveruxin, S.M.Kolotov, M.YA.Gromov, V.O.Gordon, I.I.Kotov, V.E. Mixaylenko va boshqalar o‘zlarining mazmunli chizma geometriyaning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalari bilan qatnashganlar. Keyingi 1971 yilgi konferensiyalarda Rossiya va Ukraina olimlaridan professorlar V.I.Mixaylenko, A.L.Podgornыy, N.L. Russkevich, V.S.Obuxova, N.N.Rijov, A.N.Tevrin, S.V.Levitseskiy va boshqalar o‘zlarining o‘sha davrdagi grafika fanining rivojlanish sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Konferensiyalarda O‘zbekiston olimlari va yosh pedagoglari ham faol qatnashganlar. Konferensiyalar materiallari ilmiy to‘plamlar ko‘rinishida chop etilib, fanni Respublikada rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shildi. Har-bir konferensiya natijalari Toshkent shahar ilmiy seminarida muhokama qilinib, hisobotlar yozilgan.
Prof. R.Xorunov rahbarligida 5 ta fan nomzodi 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlagan.
Akbarov Azimjon (2-ilmiy rahbar V.A. Belogujev) 1972y.
Kamolov Ahmad (2-ilmiy rahbar N.N. Rыjov) 1976y.
Mamurov Islom (2-ilmiy rahbar SH.K. Murodov)1977y.
SHomurodov Abdulla (2-ilmiy rahbar SH.K.Murodov)1978y.
Madumarov Kamol (2-ilmiy rahbar Akbarov A) 1992y.
Prof. R. Xorunov 1957-1083 yillar Toshkent shahrida «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan tashkil qilingan Respublika miqyosidagi ilmiy seminarga rahbarlik qilib kelgan. Mazkur seminarda ilmiy va metodik maqolalar mazmuni, darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yozilishi va metodik qo‘llanmalarning tuzilishi muhokama qilingan va tegishli maslahat va yo‘llanmalar berilgan.
Prof. R. Xorunov va dotsent YU. Qirg‘izboevlar prof. S.V. Rozovning oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun «Kurs chercheniya» kitobini 1967 yilda o‘zbek tiliga tarjima qilib «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu bilan ular «CHizmachilik kursini» o‘zbek tilidagi atamalarini yaratdilar. O‘zbek tilida «CHizmachilik kursi»dan yaratilgan bu atamalar keyingi yillarda bu fan bo‘yicha yozilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar sifatini yaxshilashga katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1987 yilda prof. R. Xorunov rahbarligida «CHizma geometriyadan masalalar va ularni echish metodikasi» (hammuolif A. Akbarov) o‘quv qo‘llanmasi chop etildi. Bu masalalar to‘plamining 2 va 3 nashrlari takomillashtirilib chop etildi.