1. Geometrik grafika fani noyob adabiyotlaridan Evklidning «Negizlar», G. Monjning «Chizma geometriya» va sobiq ittifoq davrining dastlabki yillarida nashr etilgan o‘quv adabiyotlarining mazmuni bilan tanishtirib


D otsent YUsifjon Qirg‘izboev (1912 – 1995) (TTESI)



Download 36,56 Mb.
bet30/35
Sana09.06.2023
Hajmi36,56 Mb.
#950055
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
D otsent YUsifjon Qirg‘izboev (1912 – 1995) (TTESI)
Ustoz deganda u o‘z shogird – o‘quvchilariga o‘zidagi bilim zakovatini doim berib boruvchi, kelajak avlodga o‘z ishini kitoblar sihifalarida yozib qoldiruvchi va doimiy izlanishda bo‘lgan insonlarni tushinish mumkin.
Ana shunday ustozlardan biri YUsufjon Qirg‘izboev hisoblanadi. YU.Qirg‘izboev chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlari bo‘yicha o‘zbek mutaxassislaridan birinchilaridan hisoblanadi.
YU.Qirg‘izboev boshlang‘ich mutaxassisligi energetik bo‘lib 1937 yildan boshlab TTESI –chizma geometriya va chizmachilik kafedrasida ishlay boshlagan. 1941 – 1945 yillarda ulug‘ vatan urishida qatnashgan.
1945 yilda Namangan shahrida fizika-matematika o‘qituvchilar tayyorlash kursida o‘qigan.
Ulug‘ Vatan urishidan qaytib 1946 yilda TTESI ning chizma geometriya va chizmachilik kafedrasida asistent, bo‘lib ishlagan. 1947 yilda esa shu kafedraning katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlab chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlaridan o‘zbek tilida dars berish va o‘quv adabiyotlarni yaratish sohasida faol ishlagan YU.Qirg‘izboev grafika fanlarini talabalar tomonidan o‘zlashtirish masalasida juda talabchan pedagog bo‘lgan. SHu bilan birga talabalar va yosh pedagoglar bilan hazil askiyalar qilishni ham yoqtirgan.
YU.Qirg‘izboev TTESI talabalik davrida chizma geometriya fanidan prof. M.YA.Gromov leksiyalarini tinglagan pedagoglardan hisoblanadi. SHuning uchun bo‘lsa kerak u kishining 1958 yilda o‘zbek tilida birinchi chop etilgan «CHizma geometriya» kitobining sirtlarni o‘zaro kesishuv chizig‘ini aniqlashga tegishli mavzularini chizmalarining berilishi va echilishi professor M.YA.Gromov darsliklarida uchraydigan chizmalarga o‘xshab ketadi.
YU.Qirg‘izboev 1950 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida chizmachilik kafedrasini tashkil qilgan. U kishi bu erda maruzalar o‘qib talabalarni har tomonlama tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shgan. U kishini grafika fanlari bo‘yicha ta’limini olgan o‘quvchilardan A.Tojiboev, I.Raxmonov, M.Isaeva, I. Ismoilov, P.Odilov, R. Ismatullaev kabi etuk mutaxassislar Respublikamiz maktablari uchun bilimdon va kuchli metodik o‘qituvchi – mutaxassislar tayyorlaganlar. YU. Qirg‘izboev 1951-1978 yillarda TTESIda chizma gemetriya va chizmachilik kafedrasiga rahbarlik qilgan. SHu davrda u kishi kafedrani har tomonlama ilmiy – metodik va tashkiliy tomondan rivojlantirdi.
SHuningdek talabalar uchun mustaqil grafik ishlarni bajarish uchun chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlaridan etarli darajada grafik ishlar komplekti tayyorlashga boshchilik qildi.
YU.Qirg‘izboev tomonidan Respublika Oliy Texnika o‘quv yurtlari uchun quyidagi o‘quv adabiyotlari yaratilgan. Ulardan xozir ham barcha Oliy ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelmoqda.
1. 1958 y. “CHizma geometriya” fanidan Oliy Texnika o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma, O‘qituvchi nashriyotida chop etilgan. Bu o‘quv qo‘llanma chizma geometriya fanidan o‘zbek tilidan yozilgan birinchi o‘quv adabiyoti hisoblanadi.
2. 1965 y. “CHizma geometriya masalalar to‘plami”, O‘qituvchi nashriyoti.
3. 1967 y. S.V.Rozovning “Kurs chercheniya” kitobini R.Xorunov bilan birgalikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan, O‘qituvchi nashriyoti.
4. 1972 y. “CHizma geometriya” texnika o‘quv yurtlari uchun darslik, O‘qituvchi nashriyoti.
5. 1974 y. “Mashinasozlik chizmachilik” o‘quv qo‘llanmasi E.Sobitov, I.Raxmonov va L.Xakimovlar bilan birgalikda yozilgan, «O‘qituvchi» nashriyoti. Bu o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida chizmachilik fanidan yaratilgan birinchi o‘quv adabiyot hisoblanadi.
6. 1976 y. “CHizma geometriyadan masalalar to‘plami”, O‘qituvchi nashriyoti. Bu kitob ham chizma geometriya masalalari bo‘yicha o‘zbek tilidagi birinchi adabiyot hisoblanadi.
Dotsent YU.Qirg‘izboevning chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlaridan yaratgan o‘zbek tilidagi adabiyotlarining yozilish omillari quyidagilar.
Birinchidan, chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturlarlar asosida yozilgan;
Ikkinchidan, chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanlaridagi rus va xorijiy tillar terminlari o‘zbek tilida tarjima qilinib birinchilar qatorida ishlatilgan va ishlatib kelinmoqda;
Uchinchidan, o‘zbek tilida ishlatilib kelingan terminlar ona tilimizda chop etilgan har bir yangi o‘quv adabiyotilarda takomillashtirilib borilgan;
To‘rtinchidan, o‘zbek tilidagi terminlarni geometrik qonun –qoidalari to‘g‘risidagi jumlalarini tuzishda ularni mos kelishligi ham doimiy etiborga olib borilgan.
YU.Qirg‘izboev tomonidan yaratgan o‘quv adabiyotlari va ko‘psonli metodik ishlari, ko‘p yillik pedagogik faoliyati uchun 1961 yilda sobiq SSSR Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan unga (dissertatsiya himoyasiz) dotsentlik ilmiy unvoni berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy o‘quv yurtlari kasb hunar kollejlarida chizma geometriya, muhandislik va komp’yuter grafikasi hamda bu fanlarni o‘qitish metodikasi muammolari bilan shug‘ullangan olimlar haqidagi ayrim ma’lumotlar 1,2,3 jadvallarda keltirilgan. O‘ylaymizki bu keltirilgan ma’lumotlar kitobxonga ma’lum darajada respublikamiz olimlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi degan fikrdamiz.



Download 36,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish