1. Geografiya axborot tizimlariga qisqacha ta’rif Geografiya axborot tizimlarining qisqacha rivojlanish tarihi Geografiya axborot fani to‘g‘risida



Download 124,61 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi124,61 Kb.
#351077
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzular GIS

Geografiya axborot tizimlari (Geographic information system GIS). Geografiya axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, chiqarish va tarqatish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot tizimidir. Maxsus dasturlash turi deb hisoblanadi. Geografiya axborot tizimlarida kompyuter va boshqa texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, foydalanuvchi bir biriga bog‘liq ushbu tizim ma’lumotlaridan turli xil masalalarni echishda, qarorlar qabul qilishda va turli islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi. Geografiya axborot tizimlari axborot tizimlarining maxsus turi va boshqa axborot tizimlar kabi ma’lumotlar bazasida saqlanib turgan axborotni ko‘shish, ayrish, topib berish, tahlil qilish ishlarini bajaradi. Lekin ulardan farq qiladigan tomoni u Er yuzasida nima va qaerda bor degan ma’lumotni idora qiladi. Faqat Geografiya axborot tizimlari xarita va Er to‘g‘risidagi tasvirlar bilan ishlay oladi.

  1. Demak geografiya axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari:

  2. Geografiya axborotni tahlil kilish yo‘li.

  3. Axborot tizimlarining maxsus turi.

  4. Fazoviy va hududiy axborotlarni tahlil kilish usuli.

  5. Ma’lumotlarni saklash va tarkatish usuli.

  6. Geografiya axborot esa:

    1. -xarita va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plami

    2. -ular orasidagi aloqalardan iborat

Kompyuter texnologiyalar o‘zlashtirilgach kartografiya va geodeziya fanlarida hamda amaliyotida katta qulaylik yaratildi va bunday o‘zlashtirishning ijobiy tomoni yangi imkoniyatlarni ochishdadir.Ular quyidagilar:

  1. Raqamli axborotni bir xil tarzda saklash.

  2. Raqamli axborotni bir xil tarzda kayta ishlash.

  3. Raqamli ma’lumotlarni yaratish.

  4. Internetda kerakli ma’lumotlarni izlash va tarqatish.

  5. Raqamli axborotni tasvirga aylantirish.

  6. Kayta ishlash tezligini va samaradorligini oshirish.

Kompyuterdan foydalanish afzalligi ularda ma’lumotlarni saqlash, topib olish, ular bilan ishlash, yuborish, qabul qilish, nusxa tayerlash, ekranda ko‘rsatish osonroq va tezroqdir.

Geografiya axborot tizimlarni ta’riflaydigan bo‘lsak bunda albatta ikkita tomoniga e’tibor beramiz:



  • Kompyuter tizimini, ya’ni kompyuter, turli texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, dastur va ular bilan ishlaydigan mutaxassislar tashkil etadi. Boshqa sohalarda ishlatiladigan kompyuterlardan foydalaniladi. Farqi shundaki geografiya axborot tizimida xarita va chizmalardan olingan ma’lumotlarni kompyuter hotirasiga kiritish uchun maxsus skaner, digitayzer va chiqarish uchun maxsus printer, plotterlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

  • Geografiya axborotni boshqa axborotdan farq qiladigan tomoni shundaki u birorta koordinata tizimiga bog‘liq holda saqlanadi va qayta ishlanadi. SHunga qarab xaritadan eki aerosuratdan olingan ma’lumot albatta koordinata tizimi bilan birgalikda kompyuterga kiritiladi va saqlanadi. Geografiya axborot tizimi shunday ko‘shimcha vositalarga ega bo‘ladiki, ular yordamida geografiya axborotni ekranga chiqarib beradi, o‘zgartiradi, maydonni hisoblab beradi, bitta proeksiya va koordinata tizimidan boshqasiga o‘tkazadi, turli xil o‘lchovlarni bajarib beradi, joy xaritalarini birlashtirib ko‘rsatadi va bunday funksiyalar faqat Geografiya axborot tizimida mavjud. Undan tashqari ancha murakkabroq ishlarni ham bajarish imkoniyatlari bor, ya’ni qaerda va nima borligini izlab beradi va shu asosda joyning idora qilishda maslahat beruvchi bo‘ladi va joyning birorta maqsad uchun qulayligini baholab beradi. Maxsus dasturlash turi hiosblanadi va Geografiya axborot tizimning hududiy tahlil qilish funksiyalari dasturning muhim qismini tashkil etadi.

Bunday qimmat baho texnologiyalar va ma’lumotlar kimga va nima uchun kerak? degan savol ham paydo bo‘lishi mumkin Hududiy jarayon va hodisalarni o‘rganadigan fanlarda “qaerda va nima bor?” savol oddiy bo‘lib qolgan. Bundan tashkari gaz, telefon, elektr, suv tarmoqlari, kabelli televidenie bilan ishlaydigan tashkilotlarga ham ushbu ma’lumot kerak. SHunday tashkilotlarda ko‘p mijozlarga hizmat ko‘rsatish uchun turli axborotdan foydalaniladi, ya’ni hamma bor texnikaviy vositalar, quvurlar, infratizimning boshqa elementlari, tizimlar kattaligi va uzunligi to‘g‘risida to‘liq va yangi ma’lumotlarga muhtoj bo‘lib, shu ma’lumotlar asosida ular ishni boshqarish va takomillashtirish yo‘llarini topishga haraqat qilinmoqda. Ushbu ma’lumotlar boshqalarga ham kerak bo‘lib qolish mumkin, masalan, telefon tizimi qaerdan o‘tganligini o‘rganib, suv bilan ta’minlash tarmoqlarini qazish ishlarini unumli va bezarar olib borish mumkin.

Transport tashkilotlari yo‘l holatini, svetofor va yo‘l haraqati belgilarni nazorat qilishda, ko‘ngilsiz avtomobil hodisalarini oldini olishda shunday ma’lumotlarga tayangani maqsadga muvofiqdir. Eng qulay va qisqa yo‘lni, tranzit joylarni aniqlashda geografiya axborot tizimining o‘rni beqiyosdir. Geopozitsionli tizimlar va geografiya axborot tizimlari rivojlangan sari ulardan foydalanish yo‘llari ko‘payib bormoqda.

Qishloq ho‘jaligida geografiya axborot tizimlaridan foydalanish misollari ham juda ko‘p va daladagi ishlarni idora qilishda va rejalashtirishda, o‘g‘it va kultivatsiya ishlarini olib borishda ularning qulayligi yaxshi ma’lum. SHunday usullar aniq qishloq ho‘jalik texnologiyasi deb nomlanadi. Bu ro‘yhatni davom ettirish mumkin va keyingi boblarda ulardan ayrimlarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Demak, geografiya axborot tizim bilan ishlashda ko‘yidagi jarayonlarni bajarish lozim:



  1. muammoni geografiya axborot tizimda echiladigan holda aniqlash,

  2. maxsus dasturdan va kompyuterdan foydalanish,

  3. raqamli ma’lumotni yaratish yoki topib olish,

  4. ma’lumotlar bazasini barpo etish,

  5. geografiya axborotni tahlil qilish,

  6. natijalarni ta’riflash va ularni ko‘rsatib berish.

Tayyor bo‘lgan geografiya axborot tizimlardagi imkoniyatlardan foydalanish qatori ularni kengaytirishni, yangilarini qo‘shish va tekshirishni ham nazarda tutmoq lozimdir. SHu sohaga o‘z faoliyatini bag‘ishlagan mutaxassis Geografiya axborot fanini va qabul qilingan yoki izlanib turgan nazariyalarni va g‘oyalarni batafsil va chuqur o‘rganish kerak. Geografiya axborot asosida turli izlanishlarning huquqiy asoslarini, iqtsodiyotini va axborot himoyasini ham o‘rganish foydalidir.

  1. Geografiya axborot tizimlarining qisqacha rivojlanish tarihi


Geografiya axborot tizimlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Dastlab avtomatik ravishda faqat xarita chizish nazarda tutilib, so‘ng fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va modellashtirish hamda tarqatish kabi vazifalar Geografiya axborot tizimlariga topshirildi. Geografiya axborot tizimi murakkab tizim bo‘lib, u bir necha qismlardan iborat va texnologiyalar rivojlangan sari takomillashib bormoqda. Bugun geografiya axborot tizimlaridan faqat geografiyada emas, balki ko‘p boshqa fanlarda ham qo‘llanilib kelinmoqda. Arxeologiya, arxitektura, geologiya, iqlimshunoslik, kadastr, joyni iqtisodiy rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi, tabiiy ofatlarni oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish, tashqi siyosat va boshqa sohalardan ko‘p misollarni keltirish mumkin.

Geografiya axborot tizimining rivojlanishiga ayrim ijodiy guruhlar, ishlab chiqarish tashkilotlari va shahslar katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning tarihiy o‘rni zamon talabiga mos holda taklif qilgan asosiy g‘oyalari va tashabbuslaridir. Geografiya axborot tizimining tarihi shuni ko‘rsatadiki, kartografiya kabi u bosqichma bosqich texnikadan fanga aylanib ketgan va bugun o‘z nazariy apparati, uslubiyoti va uslublariga ega. Asosiy qurol esa kartografik yondashuv va uslubiyot, kartografik manb’lar va boshqa tasvirlardir.

Kompyuterlar yaratilishdan oldin bir necha mavzuli xaritalarni ustma-ust tushirish va ularni birlashtirib geografiyaga oid vazifalarni echish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Masalan, doktor Jon Snou tomonidan 1854 yili Londonda vabodan vafot etgan kishilarning turar joylar va zaharlangan kuduklar joylashishini ko‘rsatadigan xaritalar. Ularni solishtirib Snou tahlil qilish yo‘l bilan vabo kasalligini tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirdi. Bu misol geografik tahlilning, ya’ni turli hodisalarni o‘zaro fazoviy munosabatlarini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi. Boshqa misol 19 asrning o‘rtalarida “Irlandiya temir yo‘llari to‘g‘risidagi xisobot”ga ilova qilib yagona masshtab va proeksiyada tuzilgan aholi, poezdlar xaraqati, geologiya va topografik xaritalardir. Bu g‘oya rivojlanib bugungi kunda geografiya axborot tizimlarida turli xil qatlamlarni ustma-ust tushirishda o‘z ifodasini topdi.

Kompyuterlar paydo bo‘lishi uchun katta ta’sir ko‘rsatgan va bu ta’sirni bir necha omillarini ko‘rsatish mumkin:



  1. Kompyuter texnologiyalarini takomillashtirilishi va ayniqsa kompyuter grafikasi imkoniyatlari oshgan sari ulardan foydalanish afzal deb topilgan.

  2. Ijtimoiy va iqtisodiy geografiyada, mintaqaviy fanlarda fazoviy va hududiy jarayonlar nazariyasini rivojlanishi.

  3. Atrof muhitga oid muammolarni tushunishga va o‘rganishga intilishlar.

  4. Kompyuter va avtomatizatsiya bo‘yicha bilimlar saviyasini oshganligi va ta’limi rivojlanganligi.

Bu omillar ta’sirida turli mamlakatlarda geografiya axborotni kompyuterga kiritish, uni tahlil qilish va kompyuterda xarita chizish kabi masalalarni echishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarni ko‘p olimlar va muhandislar olib borishdi. Ushbu tadqiqotlarni boshlang‘ich davri deb 1950 va 1960 yillarni hisoblasa bo‘ladi. Bu paytda statistik usullardan foydalanish va kompyuter uchun dasturlarni yaratish masalalari echilib turilgan edi. Ushbu tizimning rivojlanishiga katta hissa ko‘shgan Vashington universiteti olimlaridan qo‘yidagilarnie’tirof etish lozim:

  1. Nistyuen asosiy fazoviy konsepsiyalarni, ya’ni “masofa, orientirovka, bog‘liqligi”ni yaratgan,

  2. Tobler kompyuter uchun kartografik proeksiyalarining algoritmlarini yaratgan va uni kompyuter kartografiyasini asoschisi deb hisoblasa bo‘ladi,

  3. Bunge nazariy geografiyaga oid geometrik asos deb nuqta, chiziq va maydon tushunchalarni kiritdi,

  4. Berri “geografik matritsa” deb joyning turli xil ko‘rsatkichlar (atributlar) orqali izohlash mumkinligin ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘lib Kanada geografik axborot tizimi (CANADA GEOGRAPHIC INFORMATION SYSTEM (CGIS) 1960 yillarning o‘rtasida ishga tushdi va u yirik masshtabli tizim bo‘lib hozirgacha ishlab turibdi (1.1 - rasm).



Download 124,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish