Global pozitsionli tizim (Global Positioning System GPS). Er atrofida aylanib turgan so‘n’iy yo‘ldoshlardan iborat bo‘lgan tizimdan yuqori aniqlikdagi signallarni tarqatib turadi. Ular maxsus qabul qiluvchi vositalar yordamida Erda qabul qilinadi va joyning koordinatalarini o‘lchashga yordam beradi.
Masofadan turib ma’lumot to‘plash tizimi. Er atrofida aylanib turgan sun’iy yo‘ldoshlardan atmosfera va Er yuzasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Bunday yo‘ldoshlar xilma xil va ularda o‘rnatilgan asboblar nurning turli spektrlarini qayd etib ko‘p foydali ma’lumot olish imkoniyatga ega. Erga ushbu signallar etib borgach ular raqamli ko‘rinishga keltirilib saqlanadi va turli tashkilotlarga tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |