1. Gender stereotiplari tushunchasi va tasnifi. Gender stereotiplarning vazifalari



Download 16,47 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi16,47 Kb.
#757811
Bog'liq
Reja-WPS Office


Reja

1. Gender stereotiplari tushunchasi va tasnifi.


2. Gender stereotiplarning vazifalari.
3. Gender stereotiplarini oʼrganishda asosiy yoʼnalishlar.
4. Gender ijtimoiylashuvi jarayonida gender stereotiplarni oʼzlashtirish.
5. Аxborotni ayta ishlash jarayonini bosharuvchi chizmalar sifatidagi gender
stereotiplari.
6. Gender stereotiplari taʼsirining salbiy oiqbatlari.
7. Jinsparastlik stereotiplar va gender aqidalari.
Tayanch tushunchalar: stereotip, gender aqidalari, axborot, inson, an'ana, milliy xarakter
Gender stereotiplari tushunchasi va tasnifi. Gender inson ijtimoy hayotining muhim kategoriyalirdan biri ekanligi kundalik voqelikda namoyon boʼladi. Bir jins vakillariga nisbatan xatti-harakat meʼyorlari va kutishlar qoʼllaniladi, bular boshqa jinsga nisbatan qoʼllaniladiganlardan ancha farq qiladi. Buning uchun alohida oʼgʼil bolalarni va qiz bolalarni, erkaklar va ayollarni ifodalovchi maxsus atama va soʼzlar qoʼllaniladi. Bularning barchasi ijtimoiy ongning alohida namoyon boʼlish shakllari – stereotiplarda oʼz aksini topadi. Аnʼanaga koʼra, stereotip soʼzida maʼlumotni qabul qilish va baholash asosidagi maʼlum bir chizma (klishe) tushuniladi. Bu chizma muayyan bir hodisa, predmet yoki voqeani umumlashtirish vazifasini bajaradi, uning yordamida inson uzoq vaqt oʼylanib qolmay, avtomatik ravishda harakatlanadi va baho beradi. Ijtimoiy stereotip tushunchasi insonning tevarak-atrofni umumlashtirgan holda baholash borasidagi qobiliyatini anglatadi, va u uning fikr-mulohazalari va notanqidiy xulosalariga asos boʼlib xizmat qiladi. Ijtimoiy andozalarning ijobiy funktsiyasi maʼlumot taqchilligi sharoitida yuzaga kelayotgan oʼzgarishlarga tez munosabat bildirishga, tanglash jarayonini jadallashtirishga imkoniyat yaratadi. Lekin har doim ham ijtimoiy stereotip obʼektiv voqelikni aks ettira oladimi? Yoʼq, har doim ham emas. Koʼpincha stereotiplar konservativ taʼsir koʼrsatadi, yaʼni, insonlarning oʼzaro munosabatlaridagi jarayonlarda salbiy oqibatlarga olib keluvchi notoʼgʼri bilim va tasavvurlarni shakllantiradi. Аlohida individlarning tasnifini umumlashtirish va ularni bir insonlar va hodisalar guruhiga qoʼllash stereotiplash deb ataladi. E.Аronsonning fikricha, “stereotip asosida fikrlash – bu guruhda uning aʼzolari oʼrtasidagi real farqliklarga eʼtibor bermagan holda har qaysi insonga bir xil tasnif berishdir” Turli stereotiplar bilan biz kundalik hayotimizda juda koʼp duch kelamiz, yaʼni, u yoki bu insonni yohud guruhni qandaydir “umumiy” fazilat va xususiyatlarga koʼra ifodalaymiz. Masalan, “norvegiyaliklar ogʼir-vazmin va sustkash, italiyaliklar esa – ehtiroslarga boy va qoni qaynoq”, degan stereotiplar “milliy xarakter”ning oʼziga xosligiga asoslanib, yuzaga kelgan. Bunday mulohazalar etnik stereotiplar deb ataladi. Shuningdek, irqiy stereotiplar, maʼlum bir kasbiy guruhga, u yoki bu ijtimoiy qatlam vakiliga nisbatan stereotiplar ham mavjud. Jumladan, “yuqori tabaqa odamlari quyidagilarga qaraganda aqlliroq” yoki “barcha shifokorlar – hayosiz” va hokazo. Maqsadimiz erkaklar va ayollarga xos boʼlgan xususiyat va fazilatlar, ular oʼrtasidagi farqliklar toʼgʼrisida umumlashtirilgan fikr-mulohazalarni aks ettiruvchi stereotiplarni koʼrib chiqishdir. Bunday stereotiplarni namoyon etishning oson yoʼli bor. Oʼylab koʼring, “ayol” soʼzi sizlarda qanday fikrlarni tugʼdiradi? “Erkak” soʼzichi? Shubhasiz, sizlarning javobingiz quyida keltirilgan misolga yaqin boʼlsa kerak. “Gender rollarni tushunishda ijtimoiy omillarning taʼsiri”loyiha doirasida erkaklarga xos va ayollarga xos rollar toʼgʼrisidagi tushunchani aniqlash maqsadida guruhiy savol-javob oʼtkazilgan edi. Uning ishtirokchilari – Toshkent va Fargʼona shaharlarida istiqomat qiluvchi ikki jins vakillari, turli yoshdagi va maʼlumoti jihatidan turli darajalardagi kishilar. “Аyol” va “erkak” soʼzi sizlarda qanday fikrlarni tugʼdiradi?”, degan savolga quyidagicha javoblar olingan. Аyollar aksariyat hollarda ona, uy bekasi, uy, ishchi, bolalarga doʼst, qoʼli gul. Erkak esa – oila tayanchi, himoyachi, ota, moliyaviy manba, jangchi va hokazo soʼzlar bilan bogʼliq boʼlgan. Keltirilgan misol gender stereotiplarining namoyon boʼlishini koʼrsatadi, ular insonlarni turlicha qabul qilish va xususiyatlarining muayyan jinsga taalluqliligi asosida baholashdan iborat. Аvvalambor, gender stereotipi tushunchasining oʼzini koʼrib chiqamiz.
А.V.Merenkovning taʼkidlashicha, bu “idrok etish xususiyati, masadga intiluvchanlikning, shuningdek, mazkur madaniyatda abul ilingan muayyan jins vakili turmushi va faoliyatidagi meʼyor va oidalarni #isobga olgan #olda inson xul-atvorining dasturiy anglashilishidir” Boshqacha taʼrif: “Gender stereotiplar – bu mazkur jamiyat uchun aynan shu tarixiy davrdagi erkaklar va ayollar oʼrtasidagi farliklar toʼgʼrisidagi tasavvurlar” Yana bir taʼrifni I.S.Kletsina keltiradi: “Gender stereotiplari deganda, “erkaklarga xos” va “ayollarga xos” tushunchalarga mos keluvchi xul-atvor modellari va xarakter xususiyatlari toʼgʼrisidagi andozalashtirilgan tasavvurlar tushuniladi” Xulosa qilib shuni aytish kerakki, “gender stereotiplari” tushunchasiga, birinchidan, erkaklar va ayollarni odatda ifodalovchi xususiyat va taʼriflar kiradi. Ikkinchidan, gender stereotiplarida erkak va ayollar jinsiga anʼanaviy ravishda xos boʼlgan meʼyoriy xulq-atvor namunalari mavjud boʼladi. Uchinchidan, gender stereotiplarida erkaklar va ayollar bir-birlaridan nima bilan farqlanishi toʼgʼrisidagi odamlarning umumlashtirilgan fikri, mulohazasi, tushunchasi oʼz ifodasini topadi. Va nihoyat, toʼrtinchidan, gender stereotiplar ular mavjud boʼlgan madaniy muhitga ham bogʼliqdir. Barcha gender stereotiplarni uch guruhga taqsimlasa boʼladi. Birinchisi – maskulinlik⁄feminlik (yoki femininlik) stereotiplari. Boshqacha aytganda, bu mardlik/latofatlik stereotiplar deb ataladi. Dastavval, maskulinlik (mardlik) va feminlik (latofatlik) tushunchalari nimani anglatishini koʼrib chiqamiz. (Keyinchalik matnda bu ikki juft tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi: erkaklarga xos – maskulinlik, ayollarga xos – feminlik). I.S.Kon tomonidan taqdim etilgan “maskulinlik” atamasi maʼnosini tahlil qilishga asoslanib, feminlik va maskulinlik tushunchalariga berilayotgan mazmunni quyidagicha ifoda etish mumkin.
1. Maskulinlik va feminlik tushunchalari erkaklarga (maskulinlik) yoki ayollarga (feminlik) “xolisona xos boʼlgan” (I.Konning taʼkidlashicha) ruhiy va xulq-atvoriy xususiyatlarni aks etadi.
2. Maskulinlik va feminlik tushunchasi turli ijtimoiy tasavvurlar, fikrlarni o'z ichiga oladi, erkaklar va ayollar qanday va ularga qaysi xususiyatlar maqbul ekanligi aniqlanadi.
3. Maskulinlik va feminlik tushunchalarida ideal erkak va ideal ayolning me'yoriy qoliplari o'z ifodasini topadi. Shunday qilib, birinchi guruhdagi gender stereotiplarni mardlik va latofatlik haqidagi tasavvurlar aksini topgan muayyan shaxsiy fazilatlar va ijtimoiy-psixologik xususiyatlar yordamida erkaklar va ayollarni tasniflovchi stereotiplar sifatida belgilash mumkin. Masalan, ayollarga passivlik, bog'liqlik, emotsionallik, konformlik kabi xususiyatlar, erkaklarga esa – faollik, mustaqillik, kompetentlik, jahldordik va hokazolar xos. Ko'rib turganimizdek, maskulinlik va feminlilik xususiyatlari qarama- qarshi qutblarga ega: faollik – passivlik, kuch – ojizlik. N.A.Nechayevaning tadqiqotlariga ko'ra, ayolning an'anaviy ideali vafodorlik, sodiqlik, kamtarlik, nazokat, latofat, itoatkorlik kabi fazilatlarni o'z ichiga oladi. Xuddi shunday natijalar talabalarning erkaklar va ayollar to'g'risidagi ideal tushunchasini o'rgangan Milliy universitet talabasining bitiruv ishida ham olingan. U olib borgan so'rovnoma ishtirokchilarining aksariyati erkak va ayollarni an'anaviy nuqtai nazardan ifodalovchi fazilatlar va xususiyatlariga yondashganlar, masalan, ayol – muloyim, latofatli, sadoqatli, erkak esa – faol, ishonchli, kuchli Gender stereotiplarning ikkinchi guruhi oilaviy, professional va boshqa sohalarda muayyan ijtimoiy rollarni musta#kamlash bilan bog'liq. Ayollarga, odatda, asosiy rollar sifatida oilaviy (ona, uy bekasi, turmush o'rtog'i) rollar, erkaklarga esa – professional rollar belgilanadi. I.S.Kletsina ta'kidlashicha, “erkaklar o'z kasb-korida erishgan yutuqlariga qarab, ayollar esa – oilasi va bolalari mavjudligiga qarab baholanadi”Muayyan bir sohada (masalan, oilaviy) erkaklarga va ayollarga xos deb hisoblangan rollar majmui har xil. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan “Gender rollarni anglashga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillar”tadqiqotida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan 300 kishi o'rtasida so'rovnoma o'tkazilgan, natijada er-xotin o'rtasida oilaviy majburiyatlarni taqsimlashda quyidagi differentsiatsiya paydo bo'ldi. Jumladan, faqat ayollarga xos deb uyni tozalash, ovqat pishirish, kir yuvish va dazmol qilish, idish-tovoq yuvish kabi rollar ta'kidlangan. So'rov ishtirokchilarining fikriga ko'ra, oilada erkakning vazifasi pul topish, uyda ta'mirlash ishlarini bajarish, axlatni olib chiqishdan iborat. So'rov qilinganlarning 90% ortig'i oilada erkak va ayollarning vazifasi haqidagi an'anaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi “Ayolning asosiy burchi – yaxshi rafiqa va ona bo'lish” va “Erkak – bu asosiy boquvchi, oilaning boshlig'i” degan tushunchalarni qo'llab—quvvatlaganlar. Mazkur tadqiqot doirasida olib borilgan guruh intervьyu qatnashchilarining aytganlariga ko'ra, ayolga ko'pincha uy bekasi vazifasi yuklanadi, ya'ni, respondentlar fikricha, u “oilaning yaxlitligini ta'minlaydi” va “uyda sog'lom muhitni yaratadi” deb hisoblashgani aniqlandi. Erkak esa “oila tayanchi” rolini bajaradi, va bu vazifa ko'proq rahbar qilish xarakterga ega: erkak oilada “strategik maqsadlarni belgilash” bilan shug'ullanadi, u “boshqaradi”, “ko'rsatma beradi” va umuman hamma uchun namuna bo'ladi. Shu bilan birga dam olish, hordiq chiqarish bilan bog'liq rollar odatda ayollarga qaraganda erkaklarga mos deb hisoblanadi (do'stlar bilan pivo ichib, muloqot qilish, divanda dam olib yotish, televizor ko'rish va gazeta o'qish, baliq ovlash, futbol o'ynash va hokazo. Bu hol, shuningdek, maktab darsliklarini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalarida ham o'z ifodasini topgan, ya'ni, erkak personajlar ayollarga qaraganda dam olish vaziyatlarida ko'proq aks ettirilgan Gender stereotiplarining uchinchi guruhi erkaklar va ayollar o'rtasidagi farqliknime#natning muayyan turlari bilan shug'ullanish jarayonida o'z ifodasini topgan. Jumladan, erkaklarga, odatda ijodiy va yaratuvchanlik xarakteriga ega intsrumental soha faoliyatidagi mashg'ulot va kasblar, ayollarga esa – bajaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi xarakteri bilan farqlanuvchi ekspressiv sohalar xos deb hisoblanadi. Shuning uchun “erkaklarga xos” va “ayollarga xos”, deb ataluvchi kasblar mavjudligi to'g'risidagi fikr keng tarqalgan. YuNESKOning13 ma'lumotlariga ko'ra, erkaklarga xos kasblarning andozaviy ro'yxati arxitektor, haydovchi, muhandis, mexanik, tadqiqotchi va hokazo kasblardan, ayollarga xos kasblar esa kutubxonachi, tarbiyachi, o'qituvchi, aloqa xodimi, kotiba va boshqalardan iborat. Tadqiqotimdagi14 guruhli intervьyu qatnashchilari fikriga ko'ra, “erkaklarga xos” rollar qatoriga sanoat, texnika, qurilish, harbiy, qishloq xo'jaligi boshqa sohalaridagi mutaxassisliklarning keng majmui kiradi. Ayollarga bu borada an'anaviy ravishda ta'lim sohasidagi (o'qituvchi, tarbiyachi), tibbiyotdagi (vrach, hamshira, doya), xizmat ko'rsatish sohasida (sotuvchi, farrosh, ofitsiant) kasblar mos deb hisoblanadi. Erkaklarning ilm sohasidagi bandligi aniq, ijtimoiy fanlar, ayollarning esa ishtiroki – aksariyat hollarda gumanitar fanlar bilan bog'liq. Erkaklarga va ayollarga xos deb taqsimlashning ushbu “gorizontal” bo'linishi bilan birga vertikal bo'linishi ham mavjud, ya'ni, rahbar lavozimlarni ko'pincha erkaklar egallaydi, ayollarning o'rni esa ijrochi xarakterga ega. Gender stereotiplarining keltirilgan tasnifi uzil-kesil emas, va u yetarli darajada shartli tusga ega bo'lganligi bois tahlilni oddiylashtirish uchun qabul qilingan. Gender stereotiplarning qayd etilgan guruhlari orasida feminlik⁄maskulinlik stereotiplari bir muncha umumiy va universal hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi andozalar ko'proq shaxsiy xarakterga ega hamda aksariyat hollarda, oilaviy va professional sohalarni qamrab oladi. Bunda gender stereotiplarining bayon etilgan uchta guruhi bir-biri bilan o'zaro qalin bog'langan. Ehtimol, gender stereotiplarini tasniflash uchun turli xil asoslardan foydalangan holda ularning boshqa turlarini ham ajratib ko'rsatish mumkindir. Gender stereotiplarining vazifalari. Har qanday andozalar ma'lum vazifalarni bajaradi. Gender stereotiplarning vazifalarida batafsil to'xtalamiz. Demak, gender stereotiplari quyidagi asosiy funktsiyalarni amalga oshiradi:
• tushuntirish funktsiyasi,
• tartibga solish funktsiyasi,
• farqlovchi funktsiyasi,
• retranslyatsiya funktsiyasi,
• himoyalovchi yoki o'zini oqlovchi funktsiyasi.
Tushuntirish funktsiyasi - sanab o'tilganlar orasida eng oddiysi, erkaklar va ayollarning sifatlari to'g'risidagi keng tarqalgan gender stereotiplari yordamida erkaklar yoki ayollarning xulq-atvorini namoyon etish uchun qo'llaniladi. Regulyativ funktsiya turli jinslarga mansub kishilarning xulq-atvorida kuzatiladigan farqlar bilan bog'liq. Masalan, xorijiy tadqiqotchilar tajriba o'tkazib, shuni aniqlaganlarki, turli jinsga mansub kishilar yo'lda qizil chiroqni kesib o'tayotganlarida o'zlarini har xil tutishar ekan. Misol uchun, ayollar yo'lda bir o'zlari ketayotganda, yo'l qoidalarini kamroq buzganlar, lekin ular ko'pincha buni boshqa qoidabuzarlar ketidan qilganlar. Ayollarning bunday harakatlari odatda ayollar “tartibli yo'lovchi” hisoblanishlari, va shuning uchun yo'l harakati qoidalarini kamroq buzishlari bilan izohlangan. Lekin “konfromliroq”, ya'ni, guruh tomonidan ko'rsatiladigan tazyiqqa moyil bo'lganliklari tufayli ular boshqalarning ketidan qoidalarni buzishlari mumkin.
Shunday qilib, stereotiplar nuqtai nazaridan ularga xos deb hisoblangan xususiyatlar
(ushbu vaziyatda tartiblilik va konformlik) xulq-atvorning o'ziga xos regulyatori vazifasini bajaradi Farlovchi funktsiya barcha ijtimoiy stereotiplarning umumiy vazifasi hisoblanadi. Uning yordamida bir guruh a'zolari o'rtasidagi farqliklar kamaytiriladi va turli guruhlarning a'zolari o'rtasidagi farqliklar maksimal darajada oshadi. Agar erkaklar va ayollar turli mavqega ega ikki ijtimoiy guruh sifatida ko'rib chiqilsa, unda erkaklar odatda yuqori mavqega ega, ayollar esa – past mavqeiga ega guruhlar sifatida ta'riflanadi. Tabiiyki, bu borada ikki guruh o'rtasidagi farqliklar ortadi. Jumladan, yuqori mavqega ega erkaklar bilan ko'pincha tadbirkorlikdagi muvaffaqiyat va bilimdonlik fazilatlari, past mavqega ega ayollar bilan esa – mehribonlik, hamdardlik, insoniylik kabi fazilatlar bog'lanadi. Lekin, ayrim g'arblik mualliflarning fikricha, “ayollarga xos stereotiplarning barcha ijobiy jihatlari (bag'rikenglik, ruhiy qo'llab-quvvatlash, ko'ngilchanlik va hokazo) – “kuch nuqtai nazarida” erishilmagan yutuqlarning o'rnini bosishdir, xolos”. Shunday qilib, erkaklar va ayollarni farqlash ko'pincha ularga xos deb hisoblangan xususiyatlarni keskin farqlanishiga olib keladi (masalan, erkaklarning kuchliligi – ayollarning zaifligi). Kundalik hayotimizdagender stereotiplarning farqlovchi funktsiyasi xalq ijodiyotining jinslar o'rtasidagi u yoki bu farqlarni mubolag'a bilan ta'kidlab o'tuvchi erkaklar va ayollar to'g'risidagi hangomalar, hazil gaplar kabi “namunalarida” o'z aksini topadi. Ularda qarama-qarshi jins vakillaridagi salbiy jihatlarni bo'rttirishga ahamiyat beriladi, va, shu tariqa, bir jinsga mansub guruhlarning ichki birdamligini vujudga keltiradi. Retranslyatsiya funktsiya ijtimoiylashuv institutlari va agentliklari – oila, maktab, tengdoshlar, adabiyot, san'at, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning jinsiy-rolli stereotiplarni shakllantirish, namoyish etish (ko'rsatish), tarqatish va mustahkamlashdagi rolini aks etadi. Qayd etilgan ijtimoiy institutlar orqali jamiyat shaxsga nisbatan o'z jinsiga oid me'yoriy tasavvurlarga mos bo'lish uchun qanday qilish va nimalarni qilish borasida muayyan vazifalarni yuklaydi. Mana shunday yo'l-yo'riqlar-vazifalar yordamida aslida insonning «jinsini shakllantirish” amalga oshiriladi. Ijtimoiylashuv agentlarining gender stereotiplarining translyatsiyasidagi ahamiyati «Genderning maorif sohasidagi jihatlari”, “Gender va oila” mavzularida batafsil ko'rib chiqilgan. *imoyalovchi yoki o'zini olovchi funktsiya, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, gender stereotiplarning “har bir narsaning mavjud holatini, shu jumladan, jinslar o'rtasidagi amaldagi tengsizlikni oqlash va himoya qilish” 17 borasidagi urinish bilan bog'liq eng salbiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Uning yordamida erkaklar va ayollarning oila va jamiyatdagi tengsizlik holatini izohlash mumkin . Masalan, degan tushunchaga rioya etish nihoyatda qulay. Mana, masalan, E.Aronsonning fikricha, ayollarni “uyda mehnat qilishga biologik nuqtai nazardan ko'proq moyilligi bor, va erkaklarning o'rni ustun bo'lgan jamiyat ayollarni kelgusida ham changyutgichga bog'lab qo'yishini istaydi» degan tushunchaga rioya etish nihoyatda qulay. Shunday qilib, erkaklar va ayollarning go'yo «tabiiy xususiyatlari” to'g'risidagi o'rnashib qolgan stereotiplar yordamida uydagi zo'ravonlik, turli jinslar qvakillariga nisbatan ikki xil standartlarning ko'rinishlarini izohlash (aslida esa oqlash) mumkin. Demak, gender stereotiplari jinslar o'rtasidagi u yoki bu farqlarni izohlash, mazkur farqlarni reprezentatsiya qilish, shuningdek, ularning mavjudligini oqlash zaruriyati bilan bog'liq bir qator funktsiyalarni bajaradi. Gender stereotiplar umumlashtirishning oqibati bo'lib, erkaklar va ayollarning xulq-atvoriga nisbatan biz kutayotgan xatti- harakatlarni shakllantiradi. Gender stereotiplarni o'rganishdagi asosiy yo'nalishlar. Xorijda gender stereotiplarni o'rganishga ko'plab tadqiqotlar bag'ishlangan. Dastavval ular stereotipizatsiya tushunchasining o'zini, stereotiplarning namoyon bo'lish shakllarini o'rganishga yo'naltirilgan. Keyinchalik mazkur tadqiqotlarda faoliyat ko'rsatish va tushuntiruvchi chizmalarning mazkur jarayon yuzaga keladigan mexanizmlarini izlashga chuqur kirishildi. 1950-yillarda olib borilgan bu sohadagi ilk tadqiqotlar erkak va ayollarning bir- birlari to'g'risidagi odatdagi tasavvurlarini aniqladi. Jumladan, o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko'rsatdiki, ijobiy erkak qiyofasi ko'pincha kompetentlik, faollik va omilkorlik, ayollarda esa – dilkashlik, mehribonlik va ruhiy qo'llab-quvvatlash konnotatsiyalarida ifodalanadi. Bunda erkaklarga xos salbiy xususiyatlar qatorida qo'pollik, avtoritarlik, ayollarda esa – passivlik, hissiyotlarga o'ta beriluvchanlik va hokazo. 1970-yillardagi keyingi tadqiqotlar professional faoliyatning turli jabhalarida namoyon bo'luvchi erkaklar va ayollar qobiliyatlari nuqtai nazaridan stereotiplarni o'rganishga qaratilgan edi. O'tkazilgan tajribalarda ishtirokchilar erkaklarning qobiliyatlarini ayollarnikiga qaraganda yuqoriroq baholagani aniqlangan. O'shanda aniqlangan stereotiplarni atributsiya nazariyasiga mos ravishda tushuntirishga harakat qilingan. Atributsiya nazariyasi – bu insonlar boshqalarning xulq-atvorini qanday izohlashi, ular harakatlar sababini insonning ichki dispozitsiyalari (barqaror jihatlarga, sabablarga, qarorlariga) yoki tashqi hodisalarga bog'laydilarmi yoki yo'qmi ekanligi to'g'risidagi nazariyadi . Mazkur nazariyaga ko'ra, ma'lum bir faoliyatni amalgaoshirishdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik odatda ikki turdagi omilga bog'lanadi: barqaror(kutilgan) yoki barqaror bo'lmagan (tasodifiy) omillar. Key Do va Tim Emsveyler tomonidan o'tkazilgan tajribalarning birida ikki jins vakillari bo'lgan talabalar yaxshi natijalarga erishgan erkak yoki ayollarni ifodalashgan. Talaba yigit va qizlar erkak muvaffaqiyatining sabablarini tushuntirib, uning yutuqlarini shaxsiy qobiliyatlariga, ayollar yutuqlarini esa butun guruh omadga bog'lagan. Shunday qilib, erkaklarning professional yutuqlari bir muncha barqaror omillar (masalan, ularning fazilatlari yoki qobiliyatlari) bilan bog'langan, chunki erkaklarning chuqur bilimga egaligi “erkaklarga xos” yutuqlarga intilish xususiyatiga mos bo'lgan kutilgan omil sifatida qabul qilinadi. Bu borada ayollarning muvaffaqiyatlari barqaror omillardan ko'ra ko'proq tasodifiy omil (masalan, omad yoki tasodifanlik) bilan izohlangan. Shirli Feldman-Sammers i Sara Kisler23 tadqiqotlarida muvaffaqiyatga erishayotgan ayol-vrachni so'rov qilingan erkaklar uni yetarli darajada bilimga ega emasligini, lekin shu bilan birga yutuqqa erishish uchun unda katta qiziqish borligini ta'kidlaganlar. Ya'ni, tajriba ishtirokchilarining fikricha, ayol-vrach yutuqqa o'zining shaxsiy qobiliyatlari tufayli emas, balki shuni juda hohlaganligi uchun erishgan. Gender stereotiplar ta'sirining salbiy oqibatlari Key Do i Djanet Teynor tadqiqotlarida ham aks ettirilgan. Ular tomonidan o'tkazilgan tajribada so'rov qilinganlar nufuzli stipendiyani olish uchun yigit va qiz talabalarning magnitofon tasmasiga yozilgan suhbatini eshitishgan. Bunda muvaffaqiyatli javob berayotgan erkakni so'rov qilinganlar xuddi shunday javob bergan ayolga nisbatan ko'proq bilimga ega deb hisoblaganlar. Lekin bo'shroq javob bergan erkakni, aynan o'sha guruh nomzod-ayolning xuddi shunday javoblari bilan taqqoslaganda pastroq baholagan. Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar gender stereotiplarining insonla qobiliyatlarini baholashga bo'lgan ta'sirini ko'rsatgan. Ayni paytda ayollarning ham, erkaklarning ham qobiliyatlarini baholashga ular salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ikki jins vakillarining bir xil muvaffaqiyatlari erkaklarning bilimga ega ekanligi, ayollarning yutug'i esa uning qobiliyatlari bilan emas, balki uning bunga bo'lgan katta qiziqishi yoki shunchaki omad kelgani bilan e'tirof etiladi. Agar
bu borada ayol yutuqqa erisha olmagan erkakka nisbatan muvaffaqiyat qozonmasa, unga katta ayb qo'yishmaydi. Gender stereotiplarning shafqatsizligi erkaklarga muvaffaqiyatliroq bo'lishni talab qiladi, ayollar uchun esa ish doirasidagi yutuq mutlaqo shart emas. Keyingi bir qator tadqiqotlar gender stereotiplarning aniqligini o'rganishga bag'ishlangan edi. Unga ko'ra qo'yidagi asosiy savol qo'yilgan – bu gender stereotiplari qay darajada to'g'ri va ular voqelikni xolisona aks ettiradimi? 1980-1990 yillarda qator olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar erkak qiyofasiga aksariyat hollarda instrumental xususiyatlar, ayollarga esa ekspressiv jihatlar mos deb aniqlangan faktni tasdiqladi . Shuning uchun ayollar mehribonligi va ochiqligi bilan yetarli darajada ijobiy ta'riflans -da, ular aql-zakovat jihatidan kamroq bilimga ega va passivroq deb tasvirlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning shu kabi xulosalar xotin- qizlarning masalan, mehnat sohasida kamsitilishiga olib kelishi xususidagi xavotirliklari, gender stereotiplari aniqligi borasidagi turkum tadqiqotlarning yuzaga kelishini rag'batlantirdi. Bu borada tadqiqotchilarni eng ko'p qiziqtiruvchi savollar quyidagicha: Stereotiplar voqelikni aniq aks ettiradimi? Kamchilikda aniqlangan farqlarni ular ko'pchilikka xos deb ta'kidlamayaptilarmi va buning natijasida voqelikni buzmayaptilarmi? Tadqiqotchilarning stereotiplarni voqelikni aks ettiruvchi, ya'ni, to'g'ri deb e'lon qilishdan cho'chishlari, nafaqat jinsi, balki tanasining rangi, millati va hokazolari bo'yicha ham turli xil xurofotlar va kamsitishlar uchun imkoniyat yaratib berishi mumkinligi bilan bog'liq edi.
Foydalanadigan adabiyotlar
1.Bern Shon. Gender psixologiyasi. – Spb., 2001
2. Bovuar de S. Gender asoslari M., 1998
3. Giddens E. Sotsiologiya. M.: Editorial URSS, 1999
4. Merenkov A.V. Sotsiologiya stereotipi. 2001
5. Mishelь A. Doloy стереотипы! Преодолеть сексизм в книгах для
детей и школьных учебниках
6. Kletsina I.S. Gendernaya sotsializatsiya. Uch. posobiye. Spb., 1998
7. Mayers D. Sotsial psixologiya. Spb., 1998
Download 16,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish