1. G‘aznaviylar davlati
butunlay tugatilgan yilda
Xorazmda kim hukmronlik qilayotgan edi?
A) Sultonshoh Mahmud B) Takash
C) Elarslon D) Alovuddin Muhammad
2. Yaponiyada XVI asrda hukmronligi tugatilgan
va XVII asrda hukmronligi boshlangan syogun
sulolalarini toping.
1) Asikaga; 2) Minamota; 3) Musuxito;
4) Tokugava
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 3
3. Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqqan yilni
belgilang.
A) 1930-yil B) 1935-yil C) 1939-yil
D) 1933-yil
4. Quyida berilgan voqealardan bir asrda sodir
bo‘lganlarini aniqlang.
1) Dunyoda birinchi cho‘yan ko‘prik qurildi;
2) Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani
tubi orqali dastlabki telegraf kabeli o‘tkazildi;
3) Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi
tugallandi; 4) Angliyaning Shimoliy
Amerikadagi birinchi mustamlakasi
Virginiyaga asos solindi; 5) Yevropada bug‘
mashinalari bilan harakatga keltiriladigan
g‘ildirakli daryo paroxodlaridan keng
foydalanish boshlandi
A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
5. Rossiyada Ryurikovlar va Romanovlar sulolasi
hukmronligi tugagan yillarni belgilang.
A) 1613-yil va 1917-yil
B) 1598-yil va 1613-yil
C) 1598-yil va 1917-yil
D) 1584-yil va 1869-yil
6. Ilk o‘rta asrlarda germanlarning langobard
qabilalari xaritada qaysi raqam bilan
ko‘rsatilgan hududda davlat tuzgan?
A) 4 B) 1 C) 2 D) 3
7. Movarounnahrda kimning hokimligi davrida
Hirot hokimi Abulqosim Bobur
Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni
qamal qilgach, din ulamolaridan Xoja
Ubaydulloh Ahror mojaroga qat’iy aralashib,
raqiblarni yarashtirgan?
A) Ulug‘bek B) Sulton Ahmad
C) Abu Said D) Abdulatif
8. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy
chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga
olgan?
A)Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin
B)Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non
C)Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh
D)Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non
9. Yuz yillik urush davrida Fransiyaning qaysi
qiroli yagona qo‘mondonlik joriy etib,
Dyugeklanni qo‘mondon etib tayinlagan?
A) Karl V B) Lyudovik XI C) Karl VI
D) Ioann Saxiy
10. Quyidagilardan to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan
javobni belgilang.
1) Arab xalifaligida markaziy hokimiyat
749-yilga qadar Damashqda bo‘lgan; 2) VII asr
boshlarida arablar Movarounnahr hududini
to‘liq bosib olishga kirishdilar; 3) 806-yilda
Samarqandda arab lashkarboshisi Rofe ibn
Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon
boshlangan; 4) Muqanna Kesh yaqinidagi tog‘
tepasida bino qilingan Som qal’asini o‘z
qarorgohiga aylantirgan; 5) arablarning
Movarounnahrga ilk bor hujumlari 654-yilda
Maymurg‘ va 657-yilda Buxorodan boshlandi
A) 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4
11. Rus podshosi Nikolay I huzuriga elchi yuborib,
Raim istehkomining qurilishidan noroziligini
bildirgan Qo‘qon xonini aniqlang.
A) Sheralixon B) Xudoyorxon
C) Umarxon D) Murodxon
12. Yaponiya Xitoy bilan imzolagan . . .
shartnomasiga ko‘ra, o‘z savdosi uchun Xitoy
hududida sanoat korxonalarini qurish va
ulardan foydalanish huquqini olgan.
A) Portsmut B) Nercha C) Simonoseki
D) Tilzit
13. Quyidagi qaysi shaharga “boqiy shahar” deya
ta’rif berilgan?
A) Rimga B) Spartaga C) Afinaga
D) Bobilga
15. VI asrda va VIII asr boshlarida Ispaniyaga
harbiy yurish qilgan davlatlarni belgilang.
A)Franklar imperiyasi va Germaniya qirolligi
B)Vizantiya va Arab xalifaligi
C)Franklar davlati va Britaniya
D)Vizantiya va Fransiya
16. Quyida rasmda tasvirlangan “Birinchi
muallim”, “Ikkinchi muallim” darsliklarini
yaratgan shaxs XX asr boshlarida quyidagi
qaysi hududda jadidchilik harakatining
namoyondasi sifatida faoliyat yuritgan?
A) Samarqandda B) Xivada C) Buxoroda
D) Toshkentda
17. Quyidagi konferensiyalardan qaysi biri 1919-yil 18-yanvarda o‘z ishini boshlagan?
A)Vashington konferensiyasi
B)Lokarno konferensiyasi
C)Parij tinchlik konferensiyasi
D)Lozanna konferensiyasi
18. 1918-yilda imzolangan Brest tinchlik
shartnomasiga ko‘ra, Rossiya Germaniyaga
qancha miqdorda reparatsiya to‘laydigan
bo‘ldi?
A) 6 mlrd. marka B) 8 mlrd. marka
C) 7 mlrd. marka D) 5 mlrd. marka
19. Xettlarning asosiy raqibiga aylangan Mitanni
podsholigi hozirgi qaysi davlat hududida
vujudga kelgan?
A) Falastin B) Suriya C) Liviya
D) Livan
21. Bir-biri bilan elchilik munosabatlarini o‘rnatgan
Boburiylar davlati va Buxoro xonligi
hukmdorlari mos ravishda berilgan javobni
toping.
a)
Zahiriddin Muhammad Bobur; b) Avrangzeb
Olamgir; c) Akbarshoh; d) Jahongirshoh;
1) Ko‘chkunchixon; 2) Abdullaxon II;
3) Imomqulixon; 4) Abdulazizxon;
5) Subhonqulixon
A) a-1; b-1, 3; c-5; d-4 B) a-2; b-4, 5; c-1; d-3
C) a-1; b-3, 5; c-2; d-4
D) a-1; b-4, 5; c-2; d-3
22. Quyidagi olimlarni amalga oshirgan
kashfiyotlari bilan mos ravishda berilgan
javobni aniqlang.
1) R.Kirxgof; 2) T.Edison; 3) L.Sperri;
4) A.Bekkerel.
a) ovoz yozib olish va uni takror eshittirish
apparati – fonograf yaratdi; b) metallurgiyada
avtomatlashtirishni yaratdi; c) samolyotlarni
avtomatik boshqarishni yaratdi; d) uran
atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o‘tib
ketadigan nurlarni o‘z-o‘zidan chiqarishni
aniqladi.
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
23. Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha
boshlagan asrda sodir bo‘lgan voqealarni
aniqlang.
1. Davan davlati barham topdi. 2. Xitoyda yer
egaligi munosabatlari shakllana boshladi.
3. Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab,
uning o‘rnida 3 ta mustaqil davlat vujudga
keldi. 4. Zardusht va’zlari matnlari 21 ta
kitobga jamlandi. 5. Qang‘ davlati parchalanib
ketdi. 6. Xitoyda ¾sariq ro‘mollilar¿ qo‘zg‘oloni
boshlandi.
A) 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 4, 6
24. Quyidagilardan 1871-yilda cherkov va davlat
munosabatlarini tartibga soluvchi qonun qabul
qilingan davlatni toping.
A) Italiya B) Germaniya
C) Avstriya-Vengriya D) Rossiya
25. Buxoro amirligida aminning asosiy vazifalariga
quyidagilardan qaysilari kirganligini aniqlang.
1) bekliklardan askar to‘plash; 2) soliq va
boshqa tushumlarni yig‘ish; 3) ta’lim
muassasalari faoliyatini nazorat qilish;
4) ariqlardagi suvni ekin maydonlariga
taqsimlash; 5) aholi ustidan nazorat olib borish.
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4
26. Quyidagilardan uchinchi va to‘rtinchi salib
yurishlari amalga oshirilgan yillar oralig‘ida
bo‘lib o‘tgan voqealarni aniqlang.
1) mo‘g‘ullar Koryo qirolligini bosib oldi;
2) Rim papasi Innokentiy III ning papalik davri
boshlandi; 3) Sulton Sanjarga qarshi
ko‘chmanchi o‘g‘uzlar isyon ko‘tardi; 4) Xo‘jand
shahri yaqinida qoraxitoylar qoraxoniylarning
eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi;
5) Richard I Sheryurakning ukasi Ioann
Angliya taxtiga o‘tirdi; 6) Xorazmshoh Takash
saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba
berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundirdi;
7) Mo‘g‘ullar davlati tashkil topdi
A) 2, 5, 7 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 6, 7
27. Rossiyaning qaysi imperatori Turkiston
o‘lkasida Rossiya imperiyasining siyosiy,
iqtisodiy va geosiyosiy maqsadlarini amalga
oshirishda K.P.Kaufmanga katta vakolatlar
bergan?
A) Nikolay II B) Aleksandr II
C) Aleksandr III D) Nikolay I
28. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan?
|
davlat
|
voqea
|
yil
|
|
Xitoy
|
Yuan Chjan Min imperiyasiga asos soldi
|
1368
|
|
Fransiya
|
Yevropada ilk bor yer-mulk va aholi ro‘yxati o‘tkazildi
|
1086
|
|
Germaniya
|
Mamlakat janubidagi Provans viloyati qirol hukmiga
o‘tdi
|
1481
|
|
Qoraxoniylar
davlati
|
Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar
Movarounnahrga hujum boshladi
|
992
|
|
Yaponiya
|
Koreya vassal davlatga aylantirildi
|
1637
|
|
Angliya
|
Dengiz savdosidagi asosiy raqib Gollandiya
mag‘lubiyatga uchratildi
|
1654
|
A)1, 3, 5
B)2, 4, 5
C)1, 4, 6
D)2, 3, 6
29. Quyidagilar orasidan Rossiya imperiyasining
O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining
ikkinchi bosqichi davrida bosib olingan
shaharni belgilang.
A) Xiva B) Turkiston C) Andijon
D) Xo‘jand
30. Abul Abbos Saffoh taxtga o‘tirgan yilda
quyidagi qaysi hududda abbosiylarga qarshi
qo‘zg‘olon ko‘tarildi?
A) Buxoro B) Samarqand C) Xorazm
D) Shosh
31. Toshkentda to‘rt hokimlik tugatilgan yilni
toping.
A) 1723-yil B) 1803-yil C) 1784-yil
D) 1780-yil
32. Quyida keltirilgan qaysi asarlarda Jaloliddin
Manguberdi haqida ma’lumotlar berilgan.
1) "Al-Komil fit-tarix"; 2) "Al-Mufassal";
3) "Tarixi jahonkusho"; 4) Ravzat us-safo";
5) "Firdavs ul-iqbol"; 6) "Tarixi arba ulus"
A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5, 6
D) 1, 3, 4, 6
33. Qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri
Berdaq o‘zining qaysi she’rlarida mehnatkash
xalqning o‘g‘ir hayotini, Xiva xonlari,
amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligini
ifodalagan?
A)"O‘g‘limga", "Ahmoq bo‘lma", "Soliq"
B)"Umrim", "Soliq", "Bo‘lgan emas"
C)"Bo‘lgan emas", "Xalq uchun", "Soliq"
D)"Xalq uchun", "Umrim", "Ahmoq bo‘lma"
34. Qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo‘lganligi
haqidagi manbalar qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
A) XVII asr o‘rtalariga B) XVI asr oxirlariga
C) XV asr oxirlariga D) XVI asr boshlariga
35. Quyida berilganlardan qaysi biri XVII asrda
Angliya tarixida sodir bo‘lgan?
A)parlament vakolatining 6 yil qilib belgilanishi
B)reformatsiya
C)respublika tuzumining o‘rnatilishi
D)sanoat to‘ntarishining tugallanishi
37. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan
tarkib topgan ixcham guruhlarga-urug‘
jamoalariga birlashdilar?
A) So‘nggi paleolit B) O‘rta paleolit
C) Ilk paleolit D) Bronza
38. IX asrda Damashqdagi rasadxonada osmon
jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha
zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga
rahbarlik qilgan vatandoshimizni toping.
A) al-Xorazmiy B) az-Zamaxshariy
C) al-Farg‘oniy D) al-Moturidiy
39. Rossiya 1904-1905-yillarda qaysi davlat bilan
urush harakatlarini olib borgan?
A) Buyuk Britaniya B) Avstriya-Vengriya
C) Turkiya D) Yaponiya
40. 1454-1512-yillarda yashagan dengizchi va
astronomni toping.
A) F.Magellan B) X.Kolumb
C) M.Valdzemuller D) A.Vespuchchi
41. Rus qo‘shinlari tomonidan 1865-yilda Toshkent
bosib olingach, M.Chernyayev xalqaro doirada
o‘z hatti-harakatlarini oqlash maqsadida shahar
oqsoqollaridan shaharni "ixtiyoriy ravishda
topshirish" to‘g‘risidagi sulhni imzolashga
majburlaganda, bu sulhga necha nafar oqsoqol
imzo qo‘ygan?
A) 6 nafar B) 4 nafar C) 15 nafar
D) 9 nafar
42. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda
joylashtirilgan javobni toping.
1) Zardusht va’zlari matnlarining hammasi
21ta kitobga jamlandi; 2) Xitoyda "Sariq
ro‘mollilar" qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi;
3) Salavkiylar davlati tashkil topdi;
4) Yunonistonda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish
to‘xtatildi
A) 3, 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 1, 3, 4
D) 4, 3, 1, 2
43. Quyidagi qo‘zg‘olonlar boshlangan yillariga
qarab to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda berilgan
javobni aniqlang.
1)Taypinlar qo‘zg‘oloni; 2) Sipohilar
qo‘zg‘oloni; 3) Dekabristlar qo‘zg‘oloni; 4) Lion
to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni; 5) Bobiylar
qo‘zg‘oloni.
A) 4, 3, 5, 2, 1 B) 3, 5, 4, 1, 2
C) 4, 3, 1, 2, 5 D) 3, 4, 5, 1, 2
44. Italiyada yangi konstitutsiya kuchga kirgan
yilni belgilang.
A) 1950-yil B) 1948-yil C) 1946-yil
D) 1955-yil
45. Quyidagilardan Fransiya qiroli Filipp IV ning
hukmronligi tugagan yilda sodir bo‘lgan
voqealarni aniqlang.
1) Tampliyerlar ordenining buyuk magistri
o‘limga mahkum etildi; 2) Mali hukmdori
Sundiata Keytning hukmronligi boshlandi;
3) Oltin O‘rdada O‘zbekxon islomni davlat dini
deb e’lon qildi; 4) Germaniya knyazlari Rudolf
Gabsburgni taxtga o‘tqazdilar
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 2
46. O‘rta asrlarda yuz yillik urushdagi qaysi
jangdan so‘ng Fransiya hududining yarmi
Angliya qo‘liga otib, cherkov va ruhoniylar
ingliz qirolini tan olganlar?
A) Puate jangi B) Azenkur jangi
C) Kresi jangi D) Kompen qal’asi uchun jang
47. Rasmda tasvirlangan, insonlarni o‘rab turgan
olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb
tasavvur qilgan ijodkor qalamiga mansub asar
nomini belgilang.
A) "Don Kixot" B) "Qirol Lir"
C) "Robinzon Kruzo sarguzashtlari"
D) "Gulliverning sayohatlari"
48. To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping.
A)1870-yil 10-mayda Gamburg shahrida
Germaniya va Fransiya o‘rtasida shartnoma
imzolandi.
B)1871-yilda Parij Kommunasi general Troshyu
boshchiligidagi hukumat tomonidan tor-mor
etildi.
C)Fransiyada Parij Kommunasi davrida
ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi.
D)1870-yilda Otto fon Bismark Germaniya
imperiyasi kansleri lavozimini egalladi.
49. Germaniya Avstriya-Vengriya ittifoqi tuzilgan
yilda bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang.
A)Berlin kongressi bo‘lib o‘tdi.
B)Yaponiya Ryukyu orolini bosib oldi.
C)Eronda "Shahanshohbank" ochildi.
D)Xitoyda "Ixetuan" harakati qo‘zg‘olonga
aylandi.
50. To‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni toping.
1) XIX asr 90-yillarida Buyuk Britaniya
Xitoyning Yunan viloyatini egallab oldi;
2) XIX asr oxiri – XX asr boshida Xitoy milliy
burjuaziyaning ko‘pchiligi kompradorlardan
iborat edi; 3) 1896-yilda "Ixetuan" harakati
qo‘zg‘olon tusini oldi; 4) Xitoyning
1894-1895-yillardagi Yaponiya bilan urushda
mag‘lubiyatga uchrashi chet ellik
monopolistlarning Xitoyni yanada ko‘proq
talashlari, asoratga solishlariga sabab bo‘ldi;
5) XVIII asrning so‘nggi choragida Shimoliy
Xitoyda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi;
6) 1884-yilda Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan
rasmiy hukmronligidan voz kechdi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 6
51. Songailar hukmdori Almi Mali qo‘shinlarini
yengib, poytaxti Gao bo‘lgan mustaqil davlat
tuzgan asrda bo‘lib o‘tgan voqeani toping.
A)Inklar Urubamba daryosi havzasida Kusko
shahriga asos soldilar.
B)Mali inqirozga uchrab, butunlay parchalanib
ketdi.
C)Mali davlati feodal tarqoqlik, sulolaviy
nizolar natijasida zaiflashdi.
D)Mo‘g‘ullar davlati tashkil topdi.
52. Buyuk Britaniyada leyboristlar partiyasi
birinchi marta hukumat tuzgan yilni belgilang.
A) 1924-yil B) 1940-yil C) 1918-yil
D) 1936-yil
53. Kushonlar davriga oid bo‘lgan qaysi
yodgorliklardagi buddaviylik ibodatxonalaridan
o‘sha davr devoriy tasvirlar va
haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari
topib o‘rganilgan?
A)Surxko‘tal, Dalvarzintepa, Zamonbobo
B)Surxko‘tal, Zartepa, Teshiktosh
C)Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa
D)Xolchayon, Jarqo‘ton, Fayoztepa
54. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan?
|
Hukmdor
|
Voqea
|
Yil
|
1
|
Somoniy hukmdor Nuh II
|
Horun Bug‘roxon boshchiligidagi qoraxoniylar
Movarounnahrga hujum qildi
|
992
|
2
|
Xalifa Muoviya I
|
Arablar Marv shahrini jangsiz egalladi
|
651
|
3
|
Xorazmshoh Jaloliddin
Manguberdi
|
Mo‘g‘ullar Urganch shahrini egalladi
|
1219
|
4
|
Turkiya sultoni Boyazid II
|
Ismoil Safaviy qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi
|
1514
|
5
|
Afg‘oniston hukmdori
Temurshoh
|
Amudaryoning janubida yashovchi o‘zbeklar afg‘onlar
zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar
|
1789
|
6
|
Rossiya hukmdori
Yekaterina II
|
Qrim xonligi qo‘shini tor-mor etildi va Rossiya
tarkibiga qo‘shib olindi
|
1783
|
A)2, 4, 6
B)2, 3, 4
C)1, 3, 5
D)1, 5, 6