-
- R e j a
- 1. G’afur G’ulom hayot yo`li.
- 2.G’afur G’ulomning 30-yillar lirikasi.
- 3. G’afur G’ulom qissalari.
- 4. G’afur G’ulomning urush yillaridagi lirikasi.
- 5. G’afur G’ulomning ocherki va feletonlari
- G’afur G’ulom 1903 yil 10 may kuni Toshkent shahrining Qo’rqontegi mahallasida kambag`al dehqon oilasida tug’ilgan. Uning otasi G’ulom aka Mirzaorif o’g’li Kelesdagi bir parcha erida ham, shaharda ham ishlasa-da, oila qashshoq hayot kechirar edi, chunki o’sha davrlarda og’ir mehnat samaralari o’ta qadrsizlangan edi. G’ulom aka ancha bilimli, fors tilini bilgan kishi bo’lib, bolalarining tarbiyasiga katta ahamiyat berar edi. Otasi bilan bir qatorda G’afurga bolalik chog’larida Mirzaabdulla ismli amakisi ham muayyan ta’sir ko’rsatgan edi. Xuddi shu amaki Yosh bola qalbida ilk bor adabiyotga havas uyg’otgan bo’lsa ajab emas, chunki u “Mirza” taxallusi bilan she’rlar mashq qilib turar edi.
- Yosh G’afur avval eski maktabda ta’lim oladi va 9 Yoshida o’qish hamda yozishni o’zlashtiradi. Faqat xuddi shu davrda, aniqroqi 1912 yilda G’ulom aka olamdan o’tib, beshta bolasi etim qoladi hamda G’afurning o’qishi bo’linadi. Oilaning og’ir moddiy sharoitiga qaramay, akasining yordamida G’afur 1916 yilning kuzida O’qchi mahallasidagi rus-tuzem bilim yurtiga o’qishga kiradi. G’afur G’ulomning eslashicha, bu erda u L.Tolstoyning “Birinchi kitob” asari va boshqa ko’p rus shoirlarining she’rlari bilan yaqindan tanishadi.
- Xuddi shu bolalar hayotidan ruhlanish natijasida, G’afur G’ulomning birinchi she’ri dunyoga keladi. Faqat u mashq juda zaif bo’lgani uchun matbuotda bosilmagan edi. G’afur G’ulomning 1923 yilda matbuotda e’lon qilingan birinchi she’ri esa “Go’zallik nimada?” deb atalar edi. Unda Yosh shoir o’zining go’zallik haqidagi tushunchalarini juda sodda shaklda ifodalagan edi:G’afur G’ulom 1923 yildan to 1930 yilgacha besh yuzga yaqin she’r, hikoya, ocherk, doston, feleton yozgan. Demak, u dastlabki davrdayoq sermahsul va ko’pqirrali ijod sohibi bo’lgan. To’g’ri, Yosh ijodkorning izlanish davrida yaratgan ko’p asarlarida hayot haqiqatining go’zal tasviri ko’rinmas, chuqur badiiy umumlashmalar etishmas edi. Ularning aksari badiiy jihatdan bo’sh edi. Zotan, shoir bu davrda o’qish, o’rganish, izlanish, tajriba orttirish davrini boshidan kechirdi. G’afur G’ulom 20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshida “Ko’ngilsizning qilig’i”, “Eshon obod”, “Yigit”, “CHorbozorchi”, “Soat”, “Jo’rabo’za”, “Elatiyada bir ov” kabi 40 ga yaqin hikoya yozdi. Bularning bir qismida o’tmish hayotiga xos bo’lgan tipik voqealar tasvirlanib, eski hayotning qora dog’lari ochib tashlangan. Aksariyatida esa hozirgi zamon voqeligi tasvirlanib, hayot taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalar, tekinxo’r firibgarlar fosh etiladi, Yangi ong, turmush va urf-odatlar tashviq hamda targ’ib qilinadi.
- G’afur G’ulomning nasrdagi mahorati, xususan, “Netay” (1930), “Tirilgan murda” (1934), “SHum bola”, “YOdgor” qissalarida ochiq ko’rinadi. G’afur G’ulom 30-yillarda turli mavzularda ballada va poemalar yaratdi. SHoirning “Ikki vasiqa” va “To’y” balladalarida voqelik liro-epik yo’sinda aks etgan. Adibning “Ko’kan” dostoni o’zbek she’riyatida jamoa xo’jaligi qurilishi mavzuida yozilgan birinchi liro-epik poemadir. “Ko’kan” poemasida o’sha davrdagi hukmron mafkura ta’sirida yuzaga kelgan zamonasozlik, hayotni bo’yab-bezab ko’rsatish hollari ko’zga tashlanadi.
-
- G’afur G’ulom urushning birinchi kunlaridanoq o’zini safarbar his etdi. To’rt yillik urush davri shoir uchun shiddatli ijod yo’llari bo’ldi. G’afur G’ulomning urush yillarida yaratgan she’rlari chuqur vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan asarlar edi. Bu asarlar g’oyat samimiyligi, insoniyligi tufayli urushning eng og’ir damlarida xalqimizga madad berdi, ruhini bardam qildi. SHoirning bunday she’rlari qatorida “Kuzatish”, “Qish”, “Sog’inish”, “Xotin”, “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak”, “Suv va nur” kabilarni tilga olish mumkin
- 20-yillarning o’zida G’afur G’ulom respublika matbuotida 500 dan ortiq feleton e’lon qilgan. Ular orasida “Muloqot”, “Darg’a”, “Katta kuch” kabi ocherk va feletonlari ahamiyatga molikdir. G’afur G’ulom “Asarlari”ning 7-tomi ocherk va publisistikadan iborat bo’lib, unga yozuvchining o’ttiz sakkizta ocherki kirgan. Ular, albatta, G’afur G’ulom yaratgan ocherklarning bir qismi, xolos. Lekin ularga qarab ham, atoqli adibning ocherkchilik sohasidagi faoliyati nechog’li samarador bo’lganini ham, mahorati qanchalik yuksak ekanini ham bilib olsa bo’ladi. Uning 35 yildan ortiqroq muddat davomida yaratgan ocherklari o’zida zamon nafasini mujassamlashtirgan, davr ruhini bugungi kun kitobxoni uchun avaylab saqlab kelgan asarlar sifatidagina emas, mazmunan teran saviyada yozilgan asarlar tarzida ham o’z qimmatini yo’qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |