1. G20/ihtt ning korporativ boshqaruv tamoyillariga (2015 y) muvofiq, korporativ boshqaruv bu



Download 22,58 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi22,58 Kb.
#659211
Bog'liq
2 5197403726628789336


1.G20/IHTT ning korporativ boshqaruv tamoyillariga (2015 y) muvofiq, korporativ boshqaruv - bu ....
A. kompaniya rahbariyati, uning direktorlar kengashi, aksiyadorlari hamda boshqa manfaatdor shaxslari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimi. SHuningdek, korporativ boshqaruv shunday tizimni yaratadiki, unda kompaniya maqsadlari o'rnatiladi, hamda ushbu maqsadlarga erishish va kompaniyaning faoliyat natijalarini nazorat qilish vositalari belgilanadi.
2.Korporativ boshqaruv va korporativ menejment tushunchalari o'rtasida qanday farq bor?
A. Korporativ boshqaruv korporativ menejmentga nisbatan kompaniyani boshqarishning ancha yuqori darajasida turadi
3.Keltirilgan korporativ tuzilmalarning qaysi birida korporativ boshqaruv tizimi bo'lmaydi?
A. Xususiy korxona
4.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori qancha bo'lishi belgilangan?
A. Ustav fondi miqdori aksiyadorlik jamiyati ustavida belgilanadi
5.G20/IHTT ning korporativ boshqaruv tamoyillariga (2015 y) muvofiq korporativ boshqaruvning maqsadi qanday muhitni yaratishga qaratilgan?
A. ishonch, shaffoflik va hisobdorlik muhitini
6.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti....deb e'tirof etiladi.
A. aksiyadorlik jamiyati
7.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati .... deb hisoblanadi, uning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar.
A. mas'uliyati cheklangan jamiyat
8.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati .... deb hisoblanadi, uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo'lgan va qo'shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo'ladilar.
A. qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat
9.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo'lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo'lgan tijorat tashkiloti....hisoblanadi.
A. xo'jalik shirkati
10.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati - bu .....
A. ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti
11.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq mas'uliyati cheklangan jamiyat - bu .....
A. bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati bo'lib, uning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar
12.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat - bu .....
A. bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati bo'lib, uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo'lgan va qo'shganhissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo'ladilar
13.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq xo'jalik shirkati -bu .....
A. muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo'lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo'lgan tijorat tashkiloti
14.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini belgilang.
A. Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi, auditorlik va sug'urta tashkilotlari, huquqni himoya qiluvchi organlar
15.O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatining korporativ boshqaruv organlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi va ijroiya organi
16.O'zbekiston korporativ boshqaruv kodeksi qanday xarakterga ega?
A. Majburiy emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega
17.Zamonaviy xorijiy korporasiyalarda direktorlar qanday uch toifalarga bo'linadi?
A. Ijrochi, noijrochi, mustaqil
18.Zamonaviy xorijiy korporasiyalarda ijrochi direktor – bu ....
A. direktorlar kengashining a'zosi bo'lib, shuningdek kompaniya ijroiya organida ma'lum lavozimni egallagan shaxs
19.Zamonaviy xorijiy korporasiyalarda noijrochi direktor – bu ....
A. direktorlar kengashining a'zosi bo'lib, uning ishi kompaniya ijroiya organi bilan bog'liq emas
20.Zamonaviy xorijiy korporasiyalarda mustaqil direktor – bu ....
A. direktorlar kengashining a'zosi bo'lib, uning ishi kompaniya ijroiya organi bilan bog'liq emas hamda kompaniyaning affillangan shaxsi ham emas
21.Davlatning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida 100% ishtirok etishi mulkchilikning qaysi shakliga to'g'ri keladi?
A. Mutlaq mulkchilik
22.Davlatning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida 51% dan 99% gacha ishtirok etishi mulkchilikning qaysi shakliga to'g'ri keladi?
A. Nazorat aksiya paketi
23.Davlatning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida 25% dan 50% gacha ishtirok etishi mulkchilikning qaysi shakliga to'g'ri keladi?
A. Bloklaydigan aksiya paketi
24.Davlatning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida 1% dan 24% gacha ishtirok etishi mulkchilikning qaysi shakliga to'g'ri keladi?
A. Minoritar aksiya paketi
25.O'zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq auditorlik xulosasi - .....
A. moliyaviy hisobotning to'g'riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo'jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat
26.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq muhim fakt -.....
A. qimmatli qog'ozlar bahosiga yoki ular bo'yicha olinadigan daromad miqdoriga ta'sir ko'rsata oladigan emitent moliyaviy-xo'jalik faoliyatida yoki korporativ harakatlarida yuz bergan o'zgarishlar
27.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq affillangan shas -.....
A. aksiyadorlik jamiyati bitim tuzishdan manfaatdor shaxs
28.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq investor - .....
A. qimmatli qog'ozlarni o'z nomidan va o'z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
29.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq axborotni oshkor qilish - .....
A. qimmatli qog'ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat'iy nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta'minlash
30.O'zbekistonda yaratilgan korporativ axborot yagona portalining to'g'ri berilgan elektron manzilini ko'rsating.
A. www.openinfo.uz
31.O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatining korporativ ichki nazorat organlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating
A. Taftish komissiyasi, ichki audit xizmati, korporativ maslahatchi
32.Korporativ qonunchilik nima?
A. Korporativ huquq normalarini o'z ichiga olgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majmui
33.Quyida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlaridan qaysi biri korporativ boshqaruv sohasini bevosita tartibga soladigan qonun hisoblanmaydi?
A. “Ijtimoiy sheriklik to'g'risida”gi Qonun (2014)
34.Quyida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlaridan qaysi biri aksiyadorlik jamiyati tomonidan qimmatli qog'ozlar bozorida axborotni oshkor qilish talablarini o'rnatadi?
A. “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi Qonun (yangi tahrir, 2015)
35.Quyida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlaridan qaysi biri xo'jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qo'shib yuborish va qo'shib olishga doir monopoliyaga qarshi talablarni o'rnatadi?
A. “Raqobat to'g'risida”gi Qonun (2012)
36.O'zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonuniga (yangi tahrir, 2000) muvofiq, qaysi muddatda aksiyadorlik jamiyatlari majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi kerak?
A. Har yili
37.O'zbekiston Korporativ boshqaruv kodeksiga muvofiq o'z faoliyatining ochiqligini ta'minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi qanday hujjatni tasdiqlashi lozim?
A. Axborot siyosati to'g'risidagi nizom
38.O'zbekiston Korporativ boshqaruv kodeksiga muvofiq aksiyadorlik jamiyatida samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish uchun aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qanday hujjatni tasdiqlashi lozim?
A. Ichki nazorat to'g'risidagi nizom
39.O'zbekiston Korporativ boshqaruv kodeksiga muvofiq aksiyadorlik jamityaining dividendlarni hisoblashning shaffof mexanizmini ochib beruvchi qanday hujjat tasdiqlashi lozim?
A. Dividend siyosati to'g'risidagi nizom
40.O'zbekiston Korporativ boshqaruv kodeksiga muvofiq manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog'liq vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun aksiyadorlik jamiyati qanday hujjatni tasdiqlashi lozim?
A. Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to'g'risidagi nizom
41.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag'iga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining a'zolaridan tarkib topgan qanday qo'mitani tashkil etishi shart.
A. Audit qo'mitasi
42.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Audit bo'yicha qo'mitasi .....
A. AJ moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish, samarali ichki nazorat tizimini yaratish va rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi
43.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Mukofotlash bo'yicha qo'mita .....
A. direktorlar kengashi a'zolari, ijroiya organi a'zolarini va boshqa rahbar shaxslarni samarali va shaffof mukofotlash tizimini shakllantirish bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi.
44.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Kadrlar bo'yicha qo'mita .....
A. kadrlarni rejalashtirish (kadrlar vorisligi), direktorlar kengashi tarkibini shakllantirish bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi.
45.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Korporativ boshqaruv bo'yicha qo'mita A. AJ da korporativ boshqaruv tizimi va amaliyotini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi
46.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Strategik boshqaruv bo'yicha qo'mita ..
A. AJ ning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash, amalga oshirilishini nazorat qilish bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi.
47.Aksiyadorlik jamiyatida Direktorlar kengashi (Kuzatuv kengashi) qoshidagi Odob-axloq bo'yicha qo'mita .....
A. AJ da odob-axloq normalariga rioya qilinishi bilan bog'liq masalalarni dastlabki ko'rib chiqish uchun tashkil etiladi
48.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, filial ...
A. jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo'linmasidir
49.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, vakolatxona ...
A. jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan, uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan alohida bo'linmasidir.
50.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, sho'ba xo'jalik jamiyati ...
A.Bu bosh korxona tomonidan nazorat qilinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
51.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, to'be xo'jalik jamiyati ...
A. boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xoʻjalik jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati
52.O'zbekistonda aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi qanday muddatlarda o'tkaziladi?
A. moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi
53.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag'iga kiritilgan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga nechta mustaqil a'zo kiritilishi kerak?
A. kamida bir nafar
54.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonuniga muvofiq, jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati kim tomonidan amalga oshiriladi?
A. direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan
55.O'zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvning qaysi organi AJni o'rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlaydi?
A. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
56.Butun kompaniya va uning faoliyat sohalari uchun ishlab chiqilgan strategiya qanday nomlanadi?
A.korporativ strategiya
57.Kompaniyaning alohida biznes yo'nalishi (yoki sohasi) uchun ishlab chiqilgan strategiya qanday nomlanadi?
A.biznes strategiya
58.Kompaniyaning bir faoliyat sohasi ichidagi har bir funksional qismi (yoki bo'limlari) uchun ishlab chiqilgan strategiya qanday nomlanadi?
A. funksional strategiya
59.Kompaniyaning asosiy tuzilmaviy birliklari (zavodlar, hududiy vakolatxonalari va bo'linmalari, filiallari va h.k.) uchun ishlab chiqilgan strategiya qanday nomlanadi?
A. operatsion strategiya
60.Kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, hamda uning tashqi muhitidagi imkoniyatlari va xavf-xatarlarini baholash usuli qanday nomlanadi?
A. SWOT usuli
61.O'zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi qonuniga muvofiq agar emitentning qimmatli qog'ozlari fond birjasining listingiga kiritilgan bo'lsa, axborotni majburiy ravishda oshkor qilish qaerda amalga oshiriladi?
A. qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida
62.Korporativ boshqaruvning adolatlilik tamoyiliga muvofiq ....
A. korxonada korporativ boshkaruv tizimi aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni va barcha aksiyadorlarga, shu jumladan minoritar va xorijiy aksiyadorlarga teng munosabatda boʻlishni taʼminlab berishi lozim. Barcha aksiyadorlar, ularning huquqlari buzilgan taqdirda, samarali himoya vositalariga ega boʻlishlari lozim.
63.Korporativ boshqaruvning shaffoflik tamoyiliga muvofiq ....
A.korxonada korporativ boshqaruv tizimi korxonaga taalluqli boʻlgan barcha muhim masalalar, shu jumladan moliyaviy holat, faoliyat natijalari, mulkka egalik va kompaniyani boshqarish boʻyicha axborotni oʻz vaqtida va aniq oshkor qilishni taʼminlab berishi lozim.
64.Korporativ boshqaruvning hisobdorlik tamoyiliga muvofiq ....
A. korporativ boshqaruv tizimi korxonani strategik boshqarishni, kuzatuv kengashlari tomonidan boshqaruvchilar ustidan samarali nazorat olib borishni hamda kuzatuv kengashining aksiyadorlik jamiyatiga va uning aksiyadorlariga hisobdorligini taʼminlab berishi lozim.
65.Korporativ boshqaruvning javobgarlik tamoyiliga muvofiq ....
A. korxonada korporativ boshqaruv tizimi manfaatdor tomonlarning qonun bilan belgilangan huquqlarini eʼtirof etishi hamda aksiyadorlik jamiyati va manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi faol hamkorlikni yaratish maqsadida taʼminlab berishi lozim.
66.Davlat ishtirokidagi korxona - bu ...
A. davlat mulkchilik huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan, davlat ulushi mavjud boʻlgan korporativ (yuridik) shaxs. Bularga aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlari, xoʻjalik shirkatlari va h.k. kiradi
67.Davlat korxonasi - bu ....
A. davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tashkil qilingan, oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilab qoʻyilgan doirada, davlatning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs
68.Davlatning ishonchli vakili - bu ....
A. davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (aksiyadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyati) tayinlanadigan jismoniy shaxs. Davlatning ishonchli vakili xoʻjalik jamiyatida davlatning ishonchli vakili hisoblanadi, aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorida beriladigan huquqlar doirasida faoliyat koʻrsatadi
69.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq AJ ning qaysi korporativ boshqaruv organi jamiyatni rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga oshirish bo'yicha hisobotni taqdim etadi?
A. Ijroiy organ
70.O'zbekiston Respublikasining qaysi qonunosti hujjati aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo'yiladigan talablarni o'rnatadi?
A.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori
71.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi PF-3202-sonli “O'zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, ijrochi organ tomonidan kelgusi yilga ishlab chiqiladigan korxona biznes-rejasining eng muhim ko'rsatkichlari qaysilar bo'lishi kerak?
A. Ishlab chiqarishni o’stirish, foyda olishni kopaytirish va dividendlarni to’lash
72.O'zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to'g'risida”gi Qonuniga (2015 y) muvofiq, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisoboti tarkibiga nima kiritilmaydi?
A. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot
73.Quyidagi normativ hujjatlarning qaysi biri korporativ huquq manbasi hisoblanmaydi?
A. Aksiyadorlik jamiyati direktorining buyruqlari
74.O'zbekistonda qaysi normativ-huquqiy hujjatda Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan?
A. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni
75.O'zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi” Qonunga muvofiq, AJning moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish uchun aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan bir yil muddatga qaysi nazorat organi saylanadi?
A.Taftish komissiyasi (taftishchi)
76.O'zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi” Qonunga muvofiq, ichki audit xizmati kimga hisobor bo'lishi kerak?
A. kuzatuv kengashiga
77.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, auditor - ....
A. auditor malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs
78.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, auditorlik tashkiloti - ....
A. moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish
79.O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, auditorlik tekshiruvi - ....
A. moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish
80.O'zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi” Qonunga muvofiq, qiymati AJ sof aktivlari miqdorining 15% dan 50% gacha bo'lgan mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to'g'risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinishi kerak?
A. kuzatuv kengashi tomonidan
81.O'zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi” Qonunga muvofiq, qiymati AJ sof aktivlari miqdorining 50% dan ortiq bo'lgan mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to'g'risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinishi kerak?
A. aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan
82.To'lov shakli bo'yicha dividendlar qanday turlarga bo'linishi mumkin?
A. pul koʻrinishidagi dividendlar, natura koʻrinishidagi dividendlar (mol-mulk, aksiyalar va h.k)
83.Miqdori bo'yicha dividendlar qanday turlarga bo'linishi mumkin?
A.toʻliq toʻlanadigan dividendlar, qisman toʻlanadigan dividendlar
84.To'lov davriyligi bo'yicha dividendlar qanday turlarga bo'linishi mumkin?
A. yillik dividendlar, oraliq dividendlar (yarimyillik, choraklik dividendlar)
85.Dividend hisoblanadigan aksiyalar turlari bo'yicha dividendlar qanday turlarga bo'linishi mumkin?
A. oddiy aksiyalarga toʻlanadigan dividendlar, imtiyozli aksiyalarga toʻlanadigan dividendlar
86.To'lov manbasi bo'yicha dividendlar qanday turlarga bo'linishi mumkin?
A. sof foydadan toʻlanadigan dividendlar, maxsus fondlardan toʻlanadigan dividendlar (imtiyozli aksiyalarga), oʻtgan yillar taqsimlanmagan foydasi hisobidan toʻlanadigan dividendlar
87.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, dividendlar to'lash, dividendning miqdori, uni to'lash shakli va tartibi to'g'risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?
A. aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan
88.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, dividendlar nima hisobidan to'lanadi?
A. sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan
89.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo'ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend nima qilinadi?
A. aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra jamiyat ixtiyorida qoladi
90.O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq dividendlar respublika rezidentlari uchun necha foiz stavka asosida soliqqa tortiladi?
A. 5 %
91.Dividend siyosatining konservativ yondashuviga ko'ra dividend siyosatining qanday turi (yoki turlari) qo'llaniladi?
A. Qoldiq prinsipi boʻyicha dividendlarni toʻlash siyosati, dividend toʻlovlarining barqaror nisbati siyosati
92.Dividend siyosatining kompromis (murosali) yondashuviga ko'ra dividend siyosatining qanday turi (yoki turlari) qo'llaniladi?
A. Dividendlarning barqaror (kafolatlangan) miqdori siyosati, dividendlarni minimal barqaror miqdorini ustamalar bilan alohida davrlarda toʻlab borish siyosati
93.Dividend siyosatining agressiv yondashuviga ko'ra dividend siyosatining qanday turi (yoki turlari) qo'llaniladi?
A. Dividend miqdorini doimiy oshirib borish siyosati
94.Korporativ madaniyat – bu ....
A. kompaniya ichida oʻzaro munosabatlar odob-axloqini, shuningdek kompaniyaning sheriklari, hamkorlari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilab beruvchi meʼyorlar, qoidalar va prinsiplar toʻplami
95.Korporativ odob-axloq – bu ....
A. tashkilot xodimlarining hatti-harakat madaniyati, ularning maslaklari, anʼanalari, rahbarlar va xodimlar oʻrtasidagi, tashkilot boʻlinmalari oʻrtasidagi, shuningdek tashkilot va uning mijozlari va sheriklari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar darajasi.
96.Korporativ odob-axloq kodeksi – bu ....
A. kompaniya ichida oʻzaro munosabatlar odob-axloqini, shuningdek kompaniyaning sheriklari, hamkorlari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilab beruvchi meʼyorlar, qoidalar va prinsiplar toʻplami
97.Risk - bu ....
A. koʻngilsiz holatlarni yuzaga kelishining ehtimolligi va oqibatlari, biron shaxsga talofat va zarar keltirishga qodir boʻlgan taxmin qilingan holatlar
98.Avtoritar (direktiv) korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Hokimiyatning markazlashuvi, qatʼiy xizmat iyerarxiyasi, xodimlarni ommaviy nazorat qilish; qatʼiy intizom; xodimlar tashabbusi va shaxsiy masʼuliyatining pasayishi
99.Liberal korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Yuzaga kelgan muammolar hal boʻlganda rahbariyat neytral pozitsiyasini egallaydi; xodimlarda oʻz fikrini ifodalash va oʻzini koʻrsatish uchun koʻproq imkoniyatlar boʻladi; xizmat vazifalarini bajarish ustidan nazorat mavjud boʻlmaydi
100.Demokratik (kollegial) korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Mehnat jamoasining barcha aʼzolari oʻrtasida vazifalarni oqilona taqsimlash; mehnat jamoasida ijobiy psixologik muhit shakllanadi; mehnat jamoasi aʼzolarida juda koʻp turlicha qarashlar mavjud boʻlsa, qarorlar qabul qilish mushkullashadi
101.Barqaror korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Barqaror korporativ madaniyat barqarorlik, harakatlar va qarorlar ravshanligida namoyon bo'ladi. Xodimlar ulardan talab qilinadigan narsalarni yaxshi bilishadi.
102.Nobarqaror korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
A. Beqaror QC doimiy ravishda o'zgarishlarga uchraydi, lekin har doim ham yaxshi tomonga emas, shu bilan birga xodimlar doimiy nizoli vaziyatlar tufayli yo'naltirilgan va bostirilishi mumkin.
103.Integratsiyalashgan korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
104.SHaxsga yo'naltirilgan korporativ madaniyat turining asosiy xususiyatlari to'g'ri berilgan javob variantini ko'rsating.
105.Ixtiyoriy ravishda qabul qilinadigan, korporativ munosabatlar tartibini o'rnatadigan va tartibga soladigan standartlar va ichki me'yorlar majmui nima deb ataladi?
106.Xalqaro korporativ boshqaruv tarmog'i (ICGN) ning global boshqaruv tamoyillariga muvofiq korporativ madaniyat borasidagi tamoyilning mazmuni nimadan iborat?
107.Korporasiya lotincha “corporatio” nimani anglatadi?
A. birlashma, uyushma, hamjamiyat
108.Xalqaro korporativ boshqaruv tarmog'i (ICGN) ning global boshqaruv tamoyillariga muvofiq risklarni nazorat qilish borasidagi tamoyilning mazmuni nimadan iborat?
109.Xalqaro korporativ boshqaruv tarmog'i (ICGN) ning global boshqaruv tamoyillariga muvofiq kompaniyada risk omillarini kim faol nazorat qilib borishi lozim?
110.Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining Banklar uchun korporativ boshqaruv tamoyillarida risklarni boshqarish funksiyasi borasida qanday tamoyil keltirilgan?
111.Jahondagi qaysi xalqaro tashkilot Davlat ishtirokidagi korxonalarni korporativ boshqarish bo'yicha tavsiyalarini tasdiqlagan?
112.Kompaniyada oddiy risklar qanday xususiyatlarga ega risk guruhi hisoblanadi?
113.Kompaniyada tashqi muhit nobarqarorligi bilan bog'liq risklar qanday xususiyatlarga ega risk guruhi hisoblanadi?
114.Kompaniyada innovasion risklar qanday xususiyatlarga ega risk guruhi hisoblanadi?
115.Dividend siyosatining signal nazariyasining mazmuni va xususiyati to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini belgilang.
116.Dividendlarning afzallik nazariyasining mazmuni va xususiyati to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini belgilang.
117.Dividend siyosatini korporativ boshqaruv mexanizmi sifatida qo'llash haqida gipozetaning mazmuni va xususiyati to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini belgilang.
118.Dividendlarning irrelevantligi nazariyasining mazmuni va xususiyati to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini belgilang.
119.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, quyidagilarning qaysi biri AJ kuzatuv kengashi vakolatiga kiradi?
120.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, AJ kuzatuv kengashining a'zolari necha muddatga saylanadi?
121.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlarining soni 500 dan ortiq bo'lgan AJ uchun AJ kuzatuv kengashining son tarkibi necha a'zodan iborat bo'lishi kerak?
122.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlarining soni 1000 dan ortiq bo'lgan AJ uchun AJ kuzatuv kengashining son tarkibi necha a'zodan iborat bo'lishi kerak?
123.AJ ning kuzatuv kengashi a'zolarini saylashda kumulyativ ovoz berish qanday amalga oshiriladi?
124.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, AJ kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi kim tomonidan imzolanadi?
125.O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, quyidagilarning qaysi biri AJ aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi vakolatiga kiradi?
126.Quyidagilarning qaysi biri AJ ning affillangan shaxsi deb e'tirof etilmaydi?
127.Korporativ boshqaruv qaysi organ orqali boshqariladi
128.Direktorlar kengashi vazifalari quyidagilardan iborat.
Download 22,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish