mahalla pasporti — Respublika komissiyasi tomonidan namunaviy shakl asosida tasdiqlanadigan mahalla hududida joylashgan xonadonlar, ularda yashovchi aholi tarkibi, ijtimoiy soha obyektlari, mavjud resurslar, yer maydonlari, bo‘sh bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari, shuningdek, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan yig‘ma jadval;
mahallani rivojlantirish yo‘nalishlari — Respublika komissiyasi tomonidan namunaviy shakl asosida tasdiqlanadigan mavjud resurslar, infratuzilma va ishchi kuchidan foydalangan holda mahalla hududida imkoniyati mavjud sohalarda “drayver” loyihalar amalga oshiriladigan “yo‘l xaritasi”.
3. “Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |