97.Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAV ni rolini oshirish.
Bugun, 22 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini riaojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"ni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning roli" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari, markaziy va hududiy bosma hamda elektron OAV jurnalistlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning shu yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiy va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini ta'minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni vaqtda Harakatlar strategiyasi g‘oya va maqsadi, mohiyati nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, aholi tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda, balki xalqaro maydonda ham keng tahlil qilinmoqda.Anjumanda markaziy va hududiy bosma OAV vakillari, Internet veb-saytlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik aloqalarini olib borish, dasturning bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning rolini oshirish, dastur davomida amalga oshirilayotgan ishlarni keng va tizimli yoritish va bunda har bir fuqaroning shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Tadbirda dasturni amalga oshirishda OAV xodimlari oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi va shunga doir zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, anjuman so‘ngida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "Jamiyat va men", "Inson huquqlari - jurnalist nigohida" ijodiy tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovlarga 39 ta tahririyat va 9 ta turli tashkilotlardan jami 1048 ta ijodiy ish kelib tushgan. G‘oliblarga fondning maxsus diplomlari va sovg‘alar topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |