100.ijtimoiy sheriklik rivojlanishining nazariy huquqiy asoslari.Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq va manfaatlarini himoyalash, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etmoqda.Jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining eng muhim sosial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan ikki yuzdan ortiq qonun qabul qilingani davlatimiz tomonidan soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir.Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil qilingani fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan va 2014-yil 26-sentabrda e’lon qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.Qonun 5 bob, 30 moddadan iborat bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va uni amalga oshirish tartibi, ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mazkur munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari sifatida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini saqlash, barkamol avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va boshqa masalalar nazarda tutilgan. Qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholining turli qatlamlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ham mustahkamlandi. Bu jarayonda ijtimoiy sheriklik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlari hisoblanadi. Bunda davlat organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.Ijtimoiy sheriklik aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlarni tiklash va o‘rganish kabi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi ham qonunda o‘z ifodasini topgan. Bu aholi farovonligini yanada oshirish, jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar qaror topishiga yanada keng yo‘l ochadi. Qonunga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
101Hamkorlik va ijtimoiy weriklik. Ijtimoiy sheriklikning turlari Maqsad va vazifalari subyektlari
.IJTIMOIY SHERIKLIK TO‘G‘RISIDA.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonunga bo‘ysunish;
teng huquqlilik;
ochiqlik va shaffoflik;
hammaboplik;
mustaqillik;
xolislik;
o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas’uliyat;
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish;
fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |