1 Fuqarolik jamiyati to’g’risida ma’lumot



Download 11,95 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi11,95 Kb.
#52535
Bog'liq
fuqarorolik jam. Al. doc
dars ishlanma organizm va tashqi muhit 18.09.2019, Jahon dinlari ya, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, Формулы биофизика, stabilization, 5- lecture, 1-ORALIQ NAZORAT-1, 1940491 310520161417

1 Fuqarolik jamiyati to’g’risida ma’lumot

Fuqaro, fuqarolik madaniyati, sotsium, axloq, madaniyat mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimiz tiklandi, o’tmish allomalari, xalq farzandlarining muborak nomlari yuzaga chiqdi. O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari ishlab chiqilib xalq e’tiboriga etkazildi. Bular: “- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish. - vatanparvarlik”dan iboratdir. Darhaqiqat, fuqarolik jamiyati insoniyat tsivilizatsiyasining noyob mahsulidir. Zero, bu jamiyatda inson ijtimoiy-siyosiy jihatdan faol, tadbirkor, ijodkor, tashabbuskor mustaqil fikr yuritadigan shaxs hisoblanib, u davlat boshqaruvida qatnashish imkoniyatiga to’la ega va uning manfaatlari, huquqi, erki kafolatlangan, konstitutsiyaviy me’yorlar hamda qonunlar bilan ta’minlangan bo’ladi. “Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon, - deb aytilgan edi. Respublika birinchi Prezidenti I.A. Karimov. Bu makonda qonun ustivorligi bo’lib, u insonni o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishida ko’maklashadi”. Ilmiy – ijtimoiy va metodologik ma’lumotlarga ko’ra fuqarolik jamiyatida davlatga va davlat tuzilmalariga taaluqli bo’lgan ko’pgina masalalar fuqarolar va ular tashkil etgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy hayotda fuqarolar faol, mustaqil, ijodiy ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar, ular davlat tuzilmalari faoliyati ustidan nazorat o’rnatish, o’z manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi deb ta’kidlab o’tgan edi.

2.Fuqarolik jamiyati inson satsiumining mustaqil tizimi

Ma’lumki, mamlakatning barcha jabhadagi mehnatkashlari jamiyatning iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy, huquqiy–harbiy kishilarida faol, ongli ishtirok etgan taqdirdagina jamiyat rivojlanishi tezlashadi, kuch-quvvat oladi, dunyo hamjihatligida o’ziga xos munosib o’ringa ega bo’ladi. Darhaqiqat, siyosiy jihatdan etuk, iqtisodiy-madaniy dunyoqarashi keng, o’z haq-huquqini to’la anglagan odamgina, o’z aqliy zakovati va ma’naviy-axloqiy salohiyati yordamida o’z kuchi va imkoniyatlarini to’la ishga solib, jamiyat hamda davlat ravnaqini tezlashtirishga yordam beradi. 2-masala. Shunday qilib, mehnatkashlarning insonning ijtimoiy faolligi, birinchi navbatda, uning shaxsiy intilishi, maqsad-muddaolarini amalga oshishiga, etuklik darajasiga ta’sir etib, ikkinchi navbatda, uning fuqarolik burchi, ma’suliyati, majburiyatini to’g’ri anglashga, Inson aql ko’zi, qalb qo’ri, mohir qo’li bilan nimaniki yaratmasin uning zamirida bilim, qobiliyat, iste’dod, tajriba, ijod, fikr va mehnat orqali tarkib topgan uning madaniy faoliyati yotadi. Bu faoliyat jamiyatdagi ijtimoiy-ijodiy hayot, qonun-qoidalar, taraqqiyot tamoyillari bilan bog’liq holda takomillashib boradi. Bu takomillashuv inson ongida fikr, g’oya shaklida tarkib topib uning madaniyatliligini ifodalaydi. Shunga ko’ra, fuqarolik jamiyati shaxslarining fuqarolik madaniyatini ideal holda tasavvur qilish – bu faol, erkin, teng huquqli, tadbirkor, tashabbuskor, ishbilarmon insonlarni tarbiyalash hamda ularda fuqarolik burchi, ma’suliyati, majburiyati, shaxslararo munosabatni yuksak darajada tarkib toptirishi, ularni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotga faol ishtirok etish, o’z fikrlarini oshkora bayon qilib ehtiyojlarni to’la qondirish demakdir.



3.Mustaqil O’zbekistonni va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari va uning fuqarolik jamiyati hamda shaxs fuqarolik madanyatiga daxldorligi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyati xalqning maqsad-muddaolari, orzuintilishlari, uning kelajak farovon va ozod hayotini ifodalagani uchun baralla aytish mumkinki, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish uchun erkin, baxtli fuqaro hamda ozod va barkamol shaxsni tarbiyalash lozimdir. Buning muxim imkoniyati esa - mustaqillikdir. Qonunlarning ijro etilishi uchun jamiyatning barcha sohalaridagi shaxslar va fuqarolarning o’z haq-huquqini tanishi hamda uning uchun kurashishi lozim. Bu jamiyat kishilarida fuqaro erkinligining shakllanganligini, ularda erkin shaxs tushunchasining tarbiyalanganligini aks ettiruvchi omil bo’lmog’i darkor. Bu omil insonning erki va haq-huquqidir. Shundagina inson erkin mulohaza yuritish qobiliyatiga ega bo’lib, haq qaerda, nohaqlik qaerdaligini fahmlaydi, to’g’ri xulosaga ega bo’lib, o’z xalqi, o’z Vatani taqdirini o’ylaydigan, u bilan qayg’uradigan bo’ladi. Soxta g’oyalar, g’arazli ta’limotlarga, jaholatga berilmaydi va ularga nisbatan murosasiz bo’ladi. Buni chuqur his qilgan respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli risolasida mamlakatni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning oltita ustuvor yo’nalishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslar ekan, uning ikkinchi ustuvor yo’nalishi «jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish»dan iborat bo’lmog’i kerak, deb ta’kidlaydi. Bu yo’nalishning muhim vazifalaridan biri esa erkin, ozod, kurashchan va faol fuqaroni tarbiyalashdir. Faol va erkin fuqaro Prezidentning fikricha: “- o’z haq – huquqlarini taniydigan; - o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan mustaqil shaxsdir.

4.O’quvchi yoshlarda fuqarolik madanyatini shakllantirishning maqsad va vazifalari. Sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan; - shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda olib boruvchi yoshlar kelajagimiz poydevorini qo’yuvchi yetuk shaxslardir deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. SHuningdek yoshlarda fuqarolik madanyatini shakllantirishda ota-bobolarimiz asarlari hamda o’gitlaridan fodalansak eng samarali usul bo’lib hisobladi xususan: Tarbiyani ijtimoiy-siyosiy hayotning asosiy omili, yosh avlod kamolotining o’zagi deb bilgan alloma shunday yozadi: “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayotyo mamot, yo najot,- yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” Alloma jamiyat kishilarining xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, yurish-turishlari xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni yaxshi xulqli va yomon xulqli insonlarga ajratib, o’zining “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli tarbiyashunoslikka oid asarida shunday yozadi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg’a tavsif bo’lib “Yaxshi xulq”, agar tarbiyasiz o’sib, yomon ishlaydurgan bo’lur ketsa, yomonlikg’a tavsif bo’lib, “yomon xulq” deb atalur Abdulla Avloniy fuqarolik madaniyatining mazmunini vatanni sevish, intizom, sabr, vijdon, idrok va zako qanoat, shijoat, sa’y va g’ayrat, hayo, haqshunoslik, hayrixohlik, munislik, vafo va sadoqat, miqyosi nafs, itoat, muhabbat, olihimmat, matonat, aql egasi, ilm, hilm, riyozat, adolat, nazar, ibrat, avf kabi xususiyatlar tashkil qiladi deb bilib ularni yaxshi xulqlarga fuqarolik madaniyatiga zid bo’lgan-jaholat, g’azab, razolat, shaxvat, hasad, zulm, ta’ma kabi yomon odatlar.
Download 11,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti