Mavzu: Abu Nasr Forobiy va G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etish. Farobiyning Siyosat falsafasi va G'azzoliyni Kimyo -i- soadat asarlari
Reja
1. Forobiy falsafasi
2.Gazzoliyning falsafa ilmiga oid fikirlari
3. G'azzoliyni Kimyo - i - soadat asari tõliq matni haqida
Abu Nasr Forobiy falsafasi
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt subyektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bo‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyat va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz mavjud bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan.
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.
Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi.
Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin. Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz.
Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz. Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak. Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir. U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Al-Farobiy arabzabon peripatetizm asoschisidir. Shuning uchun ham uning borliq haqidagi g’oyalari aristotelizm, shuningdek, neoplatonizm g’oyalariga yaqin.
Abu Nasr Forobiy ta’limotiga ko‘ra, mavjud bo‘lgan hamma narsa olti bosqichga bo‘linadi. bog'liq sabab va oqibat.
Boshlanishlar xarakteriga ko'ra ikki turga bo'linadi: mumkin bo'lgan va zarur. Birinchi turga mohiyatiga ko'ra ularning mavjudligi shart bo'lmagan narsalar kiradi. Ikkinchi turdagi narsalar uchun ularning mavjudligi, albatta, ularning mohiyatidan kelib chiqishi xarakterlidir. Mumkin bo'lgan mavjudotga tegishli bo'lgan har bir narsa uning mavjudligi uchun ma'lum bir sababga muhtoj. Bunday sabab dunyoni abadiyatda yaratuvchi majburiy yoki mavjud bo'lgan xudodir.
Qolgan sabablar ko'p qirrali. Birinchi sababdan ikkinchi sabablar - samoviy jismlar hosil bo'ladi. Uchinchi sabab – koinotni “aql-idrokli hayvon” sifatida ko‘rib, uni mukammallikka yetkazishga intiladigan koinot aqlidir. Qolgan sabablar haqiqiy er yuzidagi narsalar bilan bog'liq.
Forobiyning falsafiy asarlariga quyidagilar kiradi:
"Modda haqida bir so'z"
"Savollar mohiyati"
"Qonunlar kitobi"
"Koinot harakatining doimiyligi kitobi"
"Aqlning ma'nosi haqida"
"Yoshlar ongi kitobi"
"Katta qisqartirilgan mantiq kitobi"
"Mantiqqa kirish kitobi"
"Dalillar kitobi"
"Sillogizm shartlari to'g'risida kitob"
"Ruhning mohiyati haqida risola"
"Orzular so'zi"
"Fozil shahar aholisining qarashlari haqida risola"
"Fanlarning ta'rifi va tasnifi bo'yicha kitob"
"Falsafa ma'nosi kitobi"
"Falsafani o'rganish uchun nimani bilishingiz kerakligi haqida kitob"
"Falsafaga oid eslatmalar"
Farobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan. Farobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.Farobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avvalbilish zarur bo`lgan ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim.Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa, amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir» Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirs- havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin. Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Farobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir. Shuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi.Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz.Farobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi.U mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi deydi. Farobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmni nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan.Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir. Farobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi.
Faylasuf al G’azzoliy Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G’azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.
G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k.
* * *
Imom G’azzoliy juda ko‘pni ko‘rgan, o‘qigan va bilgan zot bo‘lishiga qaramay, uni faqat arab shoiri Labidning mana bu misrasi zavqlantirgan: «Ollohdan o‘zga hammasi yolg‘on emasmi?»
* * *
Aqoid ilmining bilimdonlaridan biri Suyutiy Imom al G’azzoliy haqida shunday yozgandi: «Agar Muhammad alayhissalomdan keyin yana bir payg‘ambar dunyoga kelishi mumkin bo‘lganda, bunday saodat shubhasiz al G’azzoliyga nasib etardi».
* * *
«Ollohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz», — deydi G’azzoliy.
* * *
Ko‘rgan narsangnigina qabul et, eshitganlaringni unut: Quyosh bosh ko‘targach, Zuhalni tomosha qilishdan bizni mahrum qiladi.
* * *
Shubha haqiqatga olib boruvchi yo‘ldir. Kim shubhalanmas ekan, hech narsani ko‘ra olmaydi. Ko‘rishdan mahrum odam esa tushunolmaydi. Tushunishdan mahrum kimsa misoli so‘qir kabi yo‘ldan adashadi.
* * *
Avvalo shuni tushunib olish joizki, Olloh haqidagi bor haqiqatni va Uning ulug‘vor mohiyatini faqat Ollohning O’zigina biladi. Bundan hayron bo‘lmaslik joiz: farishtalar haqidagi haqiqatni farishta, payg‘ambarlar to‘g‘risidagi haqiqatni payg‘ambargina bila oladi. Hatto shogird to ustozining darajasiga yetolmas ekan, uni chinakamiga tushunolmaydi. U ustozining darajasiga yetgandan keyingina o‘zini ustozi kabi anglay boshlaydi...
* * *
Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari: chumoli va chivinlarni ham faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina o‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz o‘zimizni faqat sirtdan — u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga urinmaymiz.
* * *
Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon xayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy».
* * *
Payg‘ambardan so‘radilar: «Xalqlarning kulfatiga nimalar sabab bo‘ladi?» U zot shunday javob qaytardilar: «Manmanlik, gerdayish, takabburlik, raqobat, tarqoqlik va hasad xalqlarga kulfat keltiradi. Ana shular tufayli avval xalqlar o‘rtasida ajralish yuz beradi, so‘ngra tartibsizlik boshlanadi».
* * *
Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam — ruhiy olam o‘rin olgan.
* * *
Buyuk va qudratli Tangri barcha bandalariga murojaat qilib: «Ilmni sizlarga oz miqdorda berdim», dedi.
Darvoqe, olamdagi barcha tafakkur egalari yig‘ilishib bosh qotirganda ham loaqal Uning chumoli va chivinni qay tariqa yaratganiga oid ilmi va zakosini anglab yetolmaydilar, bu masalaning o‘ndan birini ham yecholmaydilar. Inson faqat Olloh buyurgan ilmnigina egallashga qodir
KIMYOI SAODAT» ASARINING TO’LIQ MATNI HAQIDA
Sharq falsafasi va uning tarmoqlari bo‘lgan tavhid, kalom, tafsir, hadis, ruhiy va tabiiy
fanlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etib, buning o‘zaro uyg‘un rivojlanish yo‘llarini kashf
etgan, fan va din bir-biriga dushman emas, do‘st ekanligini dalillab bergan atoqli faylasuf
Muhammad Abu Homid G’azzoliy asarlari jahondagi juda ko‘p donishmand, faylasuflarning
e’tiborini jalb etib kelgan.
G’azzoliy «Kimyoi saodat»da bunday hikoyani keltiradi: Bir guruh ko‘rlar yo‘lni ko‘rmay,
chetroqda ko‘zalar turgan joydan o‘ta boshladilar va «Kimdir yo‘limizga to‘siqlar
qo‘yibdi» deb shikoyat qiladilar. Aslida ular ko‘rligi tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan edilar.
Darvoqe’, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asaridagi ko‘pchilik hikoyatlar
«Ihyo»dan: «Nafs (ruh) chavandozga; badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi
otning ko‘rligidan zararlioqdir. Yana: Aql qalbga qo‘shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda
aql-fazilat emas».
Imom Muhammad G’azzoliyning nomi va asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay,
ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.
Muhammad va uning ukasi Ahmad bolalik chog‘larida otadan yetim qoldilar. So‘fiy
amakisi ularni boqib, tarbiyalab, maktab va madrasalarda o‘qitdi. Arab olimi
Abdurahmon Badaviy, turk olimi Ayniy Ilhon «Mustazxiriya» kirishida yozishicha. Zayniddin
fiqq (islom shariati ahkomlari)dan ilk bilimlarni zamonasining mashhur olimi Ahmad bin
Muhammad Rodgoniydan Oltan. Ustozining vafotidan so‘ng Nishopurga borib tahsilni davom
ettirgan. Bu yerda unga Makka va Madina imomi Juvayniy ustozlik qilgan. 1085 yilda Juvayniy
vafot etgach Zayiyh’ain Nishopurdan ketib. Shom. Quddus. Makka, Madinani ziyorat qilib,
Bag‘dodga keladi. Saljuq sultoni Malikshohning dono vaziri Nizomul-Mulk unga alohida
g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Uni mashhur Nizomiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi.
Imom G’azzoliy islom falsafasiga doir ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya alulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» (Faylasuflarning
maqsadlari»), «Taxofutul falosifa» («Faylasuflarning ixtiloflari»), «Fazoyixul botiniya»
(«Botiniylikning rasvoligi»), «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari»), «Ma’qulot»,
«Sifotul-asror», «Al-Munqiz min az-zalal» («Zalolatlar, yanglishuvlardan qutqaruvchi
kitob»), «Javohirul Qur’on», «Mishkotul anvor» («Nurlar manbai»), «Yoqut at-ta’vil»
(«Talqin, tafsirilarning gavhari», Navoiyning aytishicha 40 jildli), «Me’zonul-amal»,
«Ajoyibul-qulub», «Risolai laduniya» kabi asarlari jahon falsafiy tafakkurining cho‘qqilarinitashkil etadi.
Arastu, Forobiy, V. Shekspir, Balzak, St. Sveyg, Luis Borxes, V. Belinskiy, N.G.
Chernishevskiy, Jubron Halil asarlarining tarjimoni, yozuvchi va adabiyot
nazariyotchisi Mahkam Mahmud rahmatli do‘sti, tarix, adabiyot bilimdoni Abdulloh Umarzoda
bilon Muhammad G’azzoliyning «Kimyoi saodat» asarining to‘liq matnini ilmiy asosda
nashrga tayyorlab juda savob xayrli ish qilganlar. Bu asar Sharq xalqlarining boy
madaniyati va falsafasini o‘rganishda bebaho xazinadir
Do'stlaringiz bilan baham: |