INSHO
Sen qudrat manbai,soadat maskani,jonajon O’zbekiston.
REJA:
1.Mustaqillik
2.Yangilanayotgan O’zbekiston
3.Istiqlol bayrami
Navoiy,Yassaviy,Jomiylar nasli,
Bo’lib gulzoringda gulmi yo xasmi,
Koringga yarasam shu baxtdir asli ,
Yerdagi jannatim,oshyonim ,Vatan
Adog’i yo’q mangu dostonim,Vatan.
( Narziyeva Dilsora)
Mustaqillik o’zi nima? Mustaqillik-davlatning ichki va
tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lmay faoliyat
ko’rsatishi.Har bir davlatning mustaqilligini tan olish o’zaro
tinch totuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Mustaqillik tufayli O’zbekiston xalqaro miqyosda o’zini
tanitish,ayni chog’da xalqaro huquq me’yorlari asosida
jahondaggi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish
imkoniyatini qo’lga kiritdi.Jahon xaritasida O’zbekiston
yangi,yosh mustaqil davlat sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
O’zbekiston jadallik bilan rivojlanib davlatlar orasida tezlik
bilan o’z pog’onasi yaxshilamoqda.O’zbekistonda
axborot,sog’liq,ta’lim va turli tizimlar e’tibor oshib chet
davlatlarga ham ba’zi sohalarda o’rnak bo’lmoqda. Keng
imkoniyatlardan davlatimiz oqilona foydalanib fuqarolariga turli
sohalarda yordam bermoqda va buning uchun muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Miramonivich Mirziyoyev davlat tizimiga
o’zgartirish va yangilliklar olib kirganliklari uchun tashakkurlar
aytib qolaman.
O’zbekiston yillar davomida shakllanib ,buyuk
bobolarimizning yo’lini tuttmoqdalar.Tarixga nazar solsak
bobolarimiz o’zlarining yetuk,mustahkam ,ma’nan barkamol
davlatini qurgan va ularning oliy maqsadlari yurtlarini qudratli
bo’lishi edi.Shundan kelib chiqib biz ham davlatimizni har
tomonlama qudrat manbaiga aylantirishimiz ,ilmga ko’proq
e’tibor qaratib ma’naviyatimizni yuksaltirsak davlatimiz soadat
maskaninga aylanishiga hech narsa to’siq bo’lmaydi.
Men shu Vatan farzandi bo’lganimdan baxtliman.Bizga
Vatanimiz shonli tarixi borligini eslatib turib,bizga buyuk kelajak
kutib turganini aytmoqda.Har bir o’zbek farzandi yurtining
qudratiga qudrat qo’sha oladigan,yurtini ardog’lay oladigan
farzand bo’lib yetishadi. Yurt sha’nini ko’klarga ko’taradi!!!
Bu yilgi istiqlol bayramimiz pandemiya vaziyatidan
kelib
chiqib,yurtimiz mustaqilligi birga ommaviy axborot vositalari
orqali keng nishonlaymiz.Davlatimiz o’z fuqarolarini o’ylab
shunday fikrga keldi axir sog’liq birinchi o’rinda-ku.Ammo bu
bizning bayram kayfiyatimizni aslo biza olmaydi.Ona
yurtimizning mustqillik bayramini keng nishonlash uchun
davlatimiz qo’ldan kelgancha fuqarolarga manzur bo’ldigan
bayram tashkilashtirishadi albatta!
Sizlarni yana bir bor Istiqlol bayramining 29 yilligi munosabati
bilan qutlayman.Barchalaringizga oilaviy
baxtsoadat,mustahkam sog’liq xonadonlaringizga fayz-u Baraka
,Vatanimizga istiqboli yo’lidagi ishlaringizda ulkan omadlar
tilayman.Mustaqillik shodiyonalari muborak bo’lsin,aziz
yurtdoshlar.
O'zbek eli o'ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik,
MUSTAQILLIK kun muborak.
129-maktabning 8-v o’quvchisi Abduhalilov Abdulloh.
@Uchtepa_xtb_korik_tanlovlar