I. Salomlashish erkin holda amalga oshiriladi.
II. Fizik asboblar haqida
“Assalom fizika” kechasining qisqacha matni
1-O‘quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani toping, vazifasini tushuntiring.
2-O‘quvchi: Menzurkani qo‘liga oladi va uning hajmini, o‘lchashdagi vazifasini tushuntiradi.
1-O‘quvchi: Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o‘lchanadi?
2-O‘quvchi: Termometr kashf etilguncha tana harorati qo‘l bilan aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o‘lchanadi deb termometrni ko‘rsatadi.
1-O‘quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi?
2-O‘quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir.
1-O‘quvchi: Kuch qanday asbob bilan o‘lchanadi, uni toping va qayerlarda ishlatilishini tushuntiring?
2-O‘quvchi: Kuch dinamometr bilan o‘lchanadi. U muskul kuchlarini aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.
Shunga o‘xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim ko‘proq ball yig‘sa, shu o‘quvchi g‘olib hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |