Yorug`likning tarqalishi va qaytishi.
Savol: Yonib turgan shamni kuchli elektr lampa bilan yoriting. Oq ekranda faqat shamninggina soyasi emas, balki alanganing soyasi ham hosil bo`ladi. Qanday qilib yorug`lik manbai (alanga) o`z soyasini berishini tushuntiring.
Javob: Sham alangasida noshaffof cho`g`langan zarralar bor. Shuning uchun lampaning yorug`ligini tutib qoladi, o`zi esa intensivligi ancha kamroq yorug`lik chiqaradi. Shunday qilib, ekranda alanga orqasida qurshab olgan fazodagiga qaraganda kuchsizroq yoritilgan uchastka, ya`ni soya hosil bo`ladi.
Savol: Ma`lumki, iiki tomoni qabariq linza yordamida predmetning kattalashgan tasvirini hosil qilish mumkin. Bunda uning qaysi elementlari kattalashmay qoladi? Bunga qanday ishonish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |