5.Fanlar klassifikatsiyasi.
Fanlar klassifikatsiyasi
O’rganish ob’yektiga ko’ra fanlar uch turga bo’linadi:
1.Tabiat haqidagi fanlar;
2. Jamiyat haqidagi fanlar;
3. Tafakkur haqidagi fanlar.
Ilmiy bilimlar bilan amaliyot orasidagi aloqadorlikka ko’ra fanlarni ikki guruhga ajratish mumkin.
1.Fundamental fanlar (falsafa, nazariy fizika, astronomiya…);
2.Amaliy fanlar (mexanika, elektrodinamika, biotexnologiya…).
Hozirgi zamon fanlari:
- ijtimoiy – gumanitar ifanlar;
- tabiatshunoslik fanlari;
- texnika fanlari nazarda tutiladi;
Eslatma:Matematika fani alohida turkum hisoblanadi.
6.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – fanining predmeti, vazifalari.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi- ilmiy bilimlarning shakllanishi, taraqqiyoti qonunlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish yo`llari, ussullari to`g`risidagi fan.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi XVIII-XIX-asrlardan boshlab alohida fan sifatida shakllandi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi deganda:
xususiy fanlar metodologiyasi,
umumfalsafiy metodologiya nazarda tutiladi.
Bunda “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani” nazarda tutiladi.
Mazkur «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» magistrlik kursining o’ziga xos xususiyati bo’lib unda iqtisodiy fanlarning metodologik muammolariga tayanilishi hisoblanadi. Shunga ko’ra, unda ilmiy ijodning umummetodologik masalalari bilan bir qatorda iqtisodiy tadqiqotlarning maxsus va xususiy usullariga asosiy e’tibor qaratiladi. Mazkur kursning maqsadi bo’lib tinglovchilarni bilishning ilmiy usullari tizimi bilan qurollantirish, ilmiy ijodga qiziqtirish hamda iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini hosil qilish hisoblanadi. Bundan kursning quyidagi asosiy vazifalari kelib chiqadi:
1.Tinglovchilarni bilish nazariyasi bilan tanishtirish.
2.Ularni bilishning dialektik usullari bilan qurollantirish.
3.Ularning pedagogika sohasidagi Ilmiy tadqiqot metodologiyasini bilishlarida ko’maklashish.
4.Tinglovchilarning pedagogik jarayonlarini tadqiq etishning xususiy usullariga ega bo’lishlarini ta’minlash.
5.Ilmiy ijod texnologiyalarini o’zlashtirish.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti — bu tadqiqotchining siush va ijodiy faoliyati bilan muttasnl nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy ea maxsus ishlab chistilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilshshing tuzshshshi prtstiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amalietga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi. Bunda bilishning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: analiz va sintez, indukstiyava dedukstiya, abstrakstiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko’plab avloddari ilmiy ijodining mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |