Ferment induktsiyasi
– kul`tura muhitida ma`lum bir kimyoviy birikmaning (induktor)ning paydo
bo`lishiga ferment sintezining javobidir. Ko`p hollarda substratlarning sarflanmagan analoglari induktor
bo`lib hisoblanadi. Masalan, β-galaktozidaza uchun laktozaning
metabolizmda qatnashmaydigan
izopropil β-D-tiogalaktopiranozid (IPTG) induktor sanaladi.
Boshqa tomondan, substrat har doim ham
o`ziga tegishli ferment sintezining induktori hisoblanavermaydi. Laktoza, induktor bo`lishi uchun avval
o`zining izomeri allolaktozaga aylanishi kerak.
1961 yili F.Jacob va J.Monod
E.coli
bakteriyalari tomonidan laktozaning utilizatsiya jarayonini
genetik va biokimyoviy o`rganishlari natijasida “operon modeli” nomli kontseptsiyani ishlab chiqqanlar.
Bu modelga ko`ra, boshqarishning _ila sistemasi 4 ta komponentdan iboratdir:
strukturali genlar, gen-
regulyator, operator va promotor
. Gen-regulyator operator _ilan bog`lana
oladigan oqsil-repressor
strukturasini aniqlaydi. Bu o`z navbatida uning yonidagi strukturali genlar faoliyatini nazorat qiladi.
Promotor transkriptsiya fermenti - RNK-polimeraza _ilan bog`lanadigan qismni tashkil qiladi. Agar
oqsil-repressor operator bilan bog`langan bo`lsa, u holda RNK-polimeraza
promotorga joylasha olmaydi
va informatsion RNK sintezlanmaydi. Buning natijasi esa tegishl fermentlar sintezining ro`y
bermasligidir. Birinchi marta qamrovli o`rganilgan operon ichak tayoqchasining laktozali operonidir.
Mualliflarning
fikricha, repressor 2 ta o`ziga xos markazga ega bo`lgan allosterik oqsil hisoblanadi.
Ulardan biri operatorning nukleotid ketma-ketligiga, ikkinchisi esa induktor molekulasiga o`xshashdir.
Induktor bilan repressorning o`zaro ta`siri repressorni operatorga o`xshashligini
kamaytiradi,
natijada
operator ajraladi. Lac-operoni repressori toza horlda ajratib olingan va 4 ta bir xil sub`birlikdan tuzilgan
(umumiy mol. Massasi 150 000 D). Har bir sub`birlik induktorning 1 ta molekulasi bilan o`zaro
ta`sirlashadi, ya`ni repressor inaktivlash uchun induktorning 4 ta molekulasi kerak bo`ladi. Repressor toza
holda operatorga juda o`xshaydi va in vitro sharoitida Lac-operatorning nukleotid ketma-ketligi bilan
bog`lanadi. Induktor bu bog`lanishni buzadi. Ushbu natijalar F.Jacob va J.Monod gipotezasini to`liq
isbotlaydi.
Istalgan operonning boshqaruvchi elementi bo`lib promotor deb
nomlanuvchi DNKning qismi
hisoblanadi. Operonning ushbu qismi transkriptsiyani boshlash uchun RNK-polimeraza bilan birlashadi.
Transkriptsiyaning borishi promotorning xususiyatiga bog`liqdir. Promotor qismidagi mutatsiya uning
faolligini o`zgartirib operon ekspressiyasini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Promotorning ushbu
xususiyatidan nisbatan faol produtsentlarni yaratishda foydalaniladi.
Nazorat savollari:
1. Mikroorganizmlar biotexnologiyasi asoslari haqida ma`lumot bering?
2. Biotexnologik obekt nima?
3. Biotexnologiyaning maqsad va vazifalari haqida ma`lumot bering?
4. Mikroorganizmlar biotexnologiyasida gen muxandisligi asoslarining imkoniyatlari?
5. Mikroorganizmlar selektsiyasi va hujayralar protoplastlari qo`shilishi imkoniyatlari va ularni
mukammallashtirish yo`llari haqida ma`lumot bering?
6. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari va muammolari haqida ma`lumot bering?
7. Indutsirlangan mutagenez nima?