9-sinf 6-mavzu genetika asoslari



Download 134 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi134 Kb.
#269713
Bog'liq
6-genetika


9-SINF

6-MAVZU

GENETIKA ASOSLARI.

1.Genetika nimani o’rganadi?

A.jins bilan birikkan holda irsiylanishni

B.irsiyat va o’zgaruvchanlikni.

C.fenotip va genotipik xususiyatlarni

D.xromosoma holatini

2.Irsiyat nima?

A. organizmning belgi xususiyatlarini kelgusi avlodga o’tkazib turish xossasi

B. yangi belgi va xususiyatlarni namoyon etish qobiliyati

C. allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri

D. transkripsiya jarayonida bir oqsilga to’g’ri kelgan DNKning kichik bir qismi

3 …. tufayli tur doirasida hamma individlar o’zaro o’xshash bo’ladi?

A.Irsiyat B.o’zgaruvchanlik

C.mutatsiya D.genetika

4. Belgilarning nasldan naslga o’tib borishi ….. orqali yuzaga keladi?

A.oqsil B.irsiyat C.ko’payish D. B va C

5. Irsiyatning moddiy asosi nima?

A. DNK B. xromosoma va gen

C. RNK va DNK D.oqsil

6….DNKning ma’lum bir qismi bo’lib alohida belgilarning rivojlanishini taminlaydi va oqsil molekulasini shakllantiradi?

A.RNK B.gen C.nukleotid D.genofor

7. Qanday ko’payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko’p hujayrali tuzilmalardan rivojlanadi?

A.jinsiy va jinssiz B.jinssiz va vegetativ

C.poliembrional D.shizogoniya

8 … tufayli tur bir xilligi saqlanib borsa, … turni xilma-xil qilib qo’yadi?

A.irsiyat; o’zgaruvchanlik B.o’zgaruvchanlik;irsiyat

C.irsiyat;gen D.oqsil;mutatsiya

9.O’zgaruvchanlik nima ?

A.organizmning belgi xususiyatlarini kelgusi avlodga o’tkazib turish xossasi

B. yangi belgi va xususiyatlarni namoyon etish qobiliyati

C. allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri

D.transkripsiya jarayonida bir oqsilga to’g’ri kelgan DNKning kichik bir qismi

10.Genotip nima?

A.bir organizmdagi barcha genlar yig’indisi

B.barcha belgi xususiyatlar yig’indisi

C.mutatsiya jarayonida hosil bo’lgan belgi xususiyatlar

D.ko’p bo’laklarga bo’linish

11.Fenotip nima?

A.bir organizmdagi barcha genlar yig’indisi

B.barcha belgi xususiyatlar yig’indisi

C.mutatsiya jarayonida hosil bo’lgan belgi xususiyatlar

D.ko’p bo’laklarga bo’linish

12. Organizmning ko’rinadigan tashqi belgilari?

A.teri rangi,soch shakli B.quloq yoki burun shakli

C.gul rangi D.hamma javoblar to’g’ri

13.Organizmning fenotipini belgilovchi biokimyoviy belgilarini belgilang?

A.oqsil tuzilishi, ferment faolligi, qondagi gormon konsetrasiyasi

B. hujayra shakli, to’qima organ tuzilishi

C. tana tuzilishi organ joylashuvi

D. organ joylashuvi, qondagi gormon konsetrasiyasi

14.Organizmning gistologik belgilarini belgilang?

A.oqsil tuzilishi,ferment faolligi,qondagi gormon konsetrasiyasi

B. hujayra shakli,to’qima organ tuzilishi

C. tana tuzilishi organ joylashuvi

D. organ joylashuvi, qondagi gormon konsetrasiyasi

15.Organizmning anatomik belgilarini toping?

A.oqsil tuzilishi,ferment faolligi,qondagi gormon konsetrasiyasi

B. hujayra shakli,to’qima organ tuzilishi

C. tana tuzilishi organ joylashuvi

D. organ joylashuvi, qondagi gormon konsetrasiyasi

16. Organizmning fenotipik xususiyatlarini juftlab yozing

a.anatomik b. biokimyoviy c. gistologik d.tashqi belgilar

1. gullarning rangi 2.ferment faolligi 3. tana tuzilishi 4.oqsil tuzilishi 5. to`qima va organlar tuzilishi 6.qondagi gormonlar konsentratsiyasi 7. hujayra shakli 8.teri rangi 9.organlar joylashuvi

A a-3,9; b-2,4,6; c-5,7; B a-3,9; b-2,4,6; c-5,7; d-1,8;

C a-3,5; b-2,4,6; c-9,7; D a-3,5; b-2,4,6; c-9,7; d-1,8

17. Jinsiy ko’payishda belgilarning nasldan naslga o’tib borish qonuniyatlarini kim kashf etgan ?

A.1893-yil Ivanovskiy B.1865-yil G.Mendel

C.1917-yil de Erel D.Gekkel va Myuller

18.Mendel tadqiqotlari kim tomonidan qayta kashf etildi A 1900-yil De-Friz,Chermak,Korrens B. 1917-yil de Erel

C. Gekkel va Myuller D.Seversev va Shmalgauzen

19.Genetikaga asos solingan yil

A.1900yil B.1865yil C.1990yil D.1888yil

20.Mendel o’z tajribalarini qaysi o’simlikda o’tkazgan?

A.bug’doy B.no’xat C.g’o’za D.beda

21.No’xat o’simligining xususiyatlari?

A.har xil navlari ko’p bolib ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan aniq ajralib turadi

B.uning xususiyatlari o’sha nav doirasida naslda naslga o’tib boradi

C.odatda o’z o’zidan changlanadi, lekin chetdan ham changlanishi mumkin

D.hamma javoblar to’g’ri

22. No’xat o’simligining 1)dominant 2)ressessiv Belgilarini toping

a) don shakli silliq b)don rangi sariq v)don shakli burishgan g)don rangi yashil d)gul rangi oq e)gul rangi qizil f)poya uzunligi uzun h)poya uzunligi kalta i)don shakli oddiy dukkak j)don shakli bo’g’imli dukkak

A.1-abefi 2-vgdhj B. 2-abefi 1-vgdhj

C. 1-vbefi 2-agdhj D. 1-abdhi 2-vgj

23. No`xat o`simligining dominant bo`lmagan belgilarini aniqlang

1. gul rangi oq 2. don rangi sariq 3. don shakli oddiy dukkak 4. poya uzunligi uzun 5. don rangi yashil 6. don shakli burishgan

A 2,3,4 B 1,5,6 C 2,4 D 1,3,5,6

24. No`xat o`simligining ressessiv bo`lmagan belgilarini aniqlang

1. gul rangi oq 2. don rangi sariq 3. don shakli oddiy dukkak 4. poya uzunligi uzun 5. don rangi yashil 6. don shakli burishgan

A 2,3,4 B 1,5,6 C 2,4 D 1,3,5,6

25. No`xat odatda ______ changlanadi, lekin ______ changlanishi mumkin

A hasharotlar yordamida; shamol yordamida

B hasharotlar yordamida; o`z-o`zidan

C chetdan; o`z-o`zidan D o`z-o`zidan; chetdan

26. Mendel tajribalarining mohiyati nimadan iborat?

A ma’lum belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatishtirish

B o’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini miqdor jihatdan aniq hisobga olib borish

C o’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini miqdor, sifat va genetik jihatdan aniq hisobga olib borish

D o’rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini miqdor va sifat jihatdan aniq hisobga olib borish

27.Mendelning 1-qonuni?

A. dominantlik

B.birinchi bo’g’inda bir xillilik qonuni

C.belgilarning mustaqil holda taqsimlanish qonuni

D.A va B

28.Gibridologik usul?

A. ma’lum belgisi jihatdan bir-biridan ajralib turadigan ota-onalarni chatishtirish.

B. ayrim genlari bilan o’xshash ota onani chatishtirish.

C. genetik uzoq formalarni duragaylash

D. bir ota onadan olingan avlodni duragaylash

29.Mendel tajribalarining mohiyati nimada?

A.belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini miqdor jihatdan aniq hisobga oldi

B. ayrim genlari bilan o’xshash ota onani chatishtirishdan boshladi.

C. belgilarning barcha individlarda namoyon bo’lishini sifat jihatdan aniq hisobga oldi

D.geterozigota formalarni chatishtirishdan boshladi.

30.Mendel qaysi usulni qo’llagan?

A.gibridologik B.duragaylash

C.chatishtirish D.hammasi to’g’ri

31.Irsiyat qonunlarini tahlil qilishda Mendel qanday ota ona organizmini chatishtirishdan boshladi?

A.bir juft belgisi bilan farq qiladigan ota-onani

B.ikki juft belgisi bilan farq qiladigan ota-onani chatishtirib belgilarning ajralashini kuzatdi

C.monoduragay chatishtirish D.A va C

32.Belgining ustun turishi –

A.geterozigotalik B.dominantlik

C.resessivlik D.oraliq irsiylanish

33.Dominant gen?

A.F1da namoyon bo’ladigan belgi

B.F1da namoyon bo’lmaydigan belgi

C.geterozigota holatda yashirin gen

D.F­2da ustunlik qilmaydigan belgi

34.Ressessiv belgi

A.F1da ustunlik qiladigan belgi

B.F1da namoyon bo’lmaydigan belgi

C.geterozigota holatda ustun gen

D.F­2da ustunlik qiladigan belgi

35.Qanday organizm gomozigota organizm deyiladi?

A.genotipida ikki bir xil allel gen bo’lsa

B. genotipida ikki bir xil noallel gen bo’lsa

C. genotipida bitta noallel gen bo’lsa

D. allel genlar bir biridan farq qilsa, biri dominant biri resessiv bo’lsa

36.Geterozigota organizm nima?

A.genotipida ikki bir xil allel gen bo’lsa

B. genotipida ikki bir xil noallel gen bo’lsa

C. genotipida bitta noallel gen bo’lsa

D. allel genlar bir biridan farq qilsa,biri dominant biri resessiv bo’lsa

37….formalarda belgilar ko’pincha oraliq xarakterga ega bo’lishi mumkin (dominantlik chala bo’lganda)

A.resessiv B.somatik C.geterozigota D.mutant

38. Chala dominantlik yani oraliq irsiylanish qanday belgilarda kuzatiladi

A.qulupnay mevasi rangi, namozshomgul

B.qush pati tuzilishi, andaluz tovuq pati rangi,

C.odamdagi biokimyoviy belgilar D.A, B va C

39. Quyidagi belgilardan oraliq irsiylanmaydiganlarini toping

1. andaluz tovuq patlarining rangi 2. qulupnay mevasining rangi 3. odamda biokimyoviy belgilar 4.qushlar patining rangi 5. g’o’za tolasining rangi 6.namozshomgul rangining irsiylanishi 7. odam sochining shakli

A barchasi B 1,2,3,4 C 4,5,7 D 4

40. Mendelning 2-qonunida fenotip va genotip bo’yicha qanday nisbat kuzatiladi?

A.1:3;1:2:1 B.1:2:1;1:1 C. 1:2:1;1:3 D.1:2:1;1:2:1

41.Monoduragay chala dominantlikda F2da fenotip va genotip bo’yicha qanday nisbat bo’ladi

A.1:3;1:2:1 B.1:2:1;1:1 C. 1:2:1;1:3 D.1:2:1; 1:2:1

42. Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni ma’lum qismi resesiv belgilarni namoyon qiladi.Bu jarayon.....deyiladi?

A.xromosoma chalkashuvi B.belgilarning ajralishi

C.belgilarning qayta taqsimlanishi

D.konyugasiya hodisasi

43.jinsiy ko’payishda avlodlar o’rtasida bog’lanish qanday amalga oshadi?

A.gametalar orqali B.meyoz orqali

C.krossingover orqali D.interkinez orqali

44. F2 da ressessiv belgili organizm qanday shart amalga oshsa hosil bo`ladi

1. Duragaylarda irsiy omil o`zgarmagan bo`lsa 2.jinsiy hujayra 1 juft allel genga ega bo`lsa 3.jinsiy hujayra allellardan bittasiga ega bo`lsa 4.belgilar oraliq irsiylanmagan bo`lsa

A 1,2,3,4 B 1,2 C 1,3 D 2,4

45. Gametalar sofligi gipotezasi qanday izohlanadi?

A.jinsiy hujayralar hosil bo`lishida har bir gameta juft allellardan 1 juftiga ega bo`ladi

B. jinsiy hujayralar hosil bolishida har bir gameta juft allellardan ikkisiga o’tadi

C. jinsiy hujayralar hosil bolishida har bir gameta juft allellardan hech biriga o’tmaydi

D. jinsiy hujayralar hosil bo`lishida har bir gameta juft allellardan bittasiga ega bo`ladi

46. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik asoslari nimadan iborat?

A.meyoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi

B.gaploid jinsiy hujayralar hosil bo’lishi

C. mitoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi va diploid jinsiy hujayralar hosil bo’lishi

D.A va B


47.F2 bo’g’inda resessiv belgili organizmning namoyon bo’lishi qanday shart amalga oshirilgandapaydo bo’ladi?

A.agar duragaylarda irsiy omil o’zgarmagan holda saqlangan bo’lsa

B.agar jinsiy hujayralar allellar juftdan faqat bittasiga ega bo’lsa

C. agar gametalar allellar juftdan faqat bittasiga ega bo’lsa D.hammasi to’g’ri

48. Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab berganda qaysi hodisalar haqida hali hech narsa ma’lum emas edi

A meyoz va mitoz B gametalar rivojlanishi

C meyoz, mitoz, gametalar rivojlanishi D meyoz

49. Allel gen nima?

A.juft gen B.gaploid gen

C.geterozigota holatda ustun gen

D.F­2da ustunlik qiladigan belgi

50. 2 belgisi bo`yicha geterozigota o`simlik o`z-o`zidan changlantirilsa genotip bo`yicha qanday ajralish kuzatiladi

A 9:3:3:1 B 9:6:1 C 1:2:1:2:4:1:2:2:1 D 1:4:6:4:1

51. Mendelning 3-qonuni

A bir xillilik B belgilarning ajralishi C mustaqil taqsimlanish D B,C

52. Mendel no’xatni necha juft belgisi bo’yicha o’rgandi

A.7 B.4 C.14 D.28

53. Poliduragayda gametalarning umumiy sonini hisoblash formulasi –

A.2n B.n C.4n D.2n+1

54. Ikki juft belgisi bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatishtirilsa qanday fenotip yuzaga keladi?

A.1:1:1:1 B.1:1 C.3:1 D.1:2:1

55. No’xatning qaysi belgilari mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi-

A.barg tuzilishi B.Changchi shakli, gul rangi

C.gul shakli va meva rangi D.meva rangi, barg shakli

56. No`xatning qaysi belgilari mustaqil taqsimlanmaydi

1. gul rangi 2. mevasining rangi 3. mevasining shakli 4.barg shakli 5.changchi shakli

A 1,3 B 2,3,4 C 1,4 D 1,5

57. Genlarning birikkan guruhi nimaga mos keladi?

A.gaploid holatga B.diploid holatga

C.triploid holatga D.t.j.y

58. birikish guruhlarini soni 1)drozofila 2)no’xat 3)makkajo’xorida nechta bo’ladi?

a)4 b)8 v)7 g)10 d)14

A. 1v 2a 3g B.1a 2v 3g C.1a 2v 3d D.1b 2v 3d

59. Mendel tomonidan ishlab chiqilgan irsiyatni o’rganishning qaysi usuli mavjud?

A.konyugasiyalash B.duragaylash C.ajratish D.genetika

60. Bir xromosomada joylashgan genlar…….

A.birikish guruhini hosil qiladi

B.birgalikda nasldan naslga o’tadi

C.bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi. D.A va B

61. Genlar bir xromosomada bo’lganda nasldan naslga o’tishi qonuniyatlarini kim o’rgangan?

A.Mendel B.de Erel C.Morgan D.K.Ber

62. Drozofila meva pashshasi nima uchun genetik tadqiqotlarda qulay biologik obyekt –

A.laboratoriya sharoitida oson ko’paydi

B.serpusht, 25-26 0С da 10-15kunda nasl beradi

C.irsiy belgilari ko’p turlicha, xromosoma oz(diploid8 ta)

D.hamma javoblar to’g’ri

63. Drozofila pashshasi nima uchun genetik tadqiqotlarda qulay obyekt hisoblanadi

1. 25-26 0С da 10-15kunda nasl beradi 2. 10-150С da 25-26 kunda nasl beradi 3. oson ko`payadi 4.serpusht 5.xromosomalar soni oz 6. irsiy belgilari juda oz

A 1,3,4,5 B 2,3,4,5 C 1,3,4,5,6 D 2,3,4,5,6

64. Drozofila pashshasi (1), odam oq qon tanachalari(2), pichan bakteriyasi (3) uchun optimal harorat darajasini belgilang.

a) 25-26 0C; b) 20-25 0C; c) 37 0C; d)360C;

e) 10-150C;

A 1-a; 2-c; 3-e; B 1-a; 2-d; 3-e;

C 1-a; 2-c; 3-b; D 1-a; 2-c; 3-d;

65.Bir xromosomada joylashgan genlarning birikish hodisasi …qonuni bilan mashhur?

A.Mendel B.de Erel C.Morgan D.K.Ber

66. Makkajo`xori somatic hujayrasida jinsiy xromosomalar sonini aniqlang

A 10 B 20 C 2 D 1

67.Turli genlarning chalkashish foizi nimaga bog’liq?

A.xromosoma mutasyasiga

B.genlar orasidagi masofaga

C.krossingoverga D.irsiy axborotga

68. Qanday holda genlarning mustaqil holda irsiylanishi kuzatiladi?

A juft allel genlar faqat jinsiy xromosomalarda joylashgan bo’lsa

B Juft allel genlar bitta gomologik xromosomalarda joylashgan

C genlar doimo mutatsiyaga uchrashib tursagina

D Juft allel genlar bitta gomologik xromosomalarda joylashgan bo`lsa, krossingover kuzatilsa

69.Genlar xromosomada bir biriga qancha yaqin joylashsa chalkashganda qanday jarayon kuzatiladi?

A. shuncha ko`p ajraladi, birikish foizi yuqori bo’ladi

B.shuncha ko’p ajralib birikish guruhi ham ko’p hosil qiladi

C. shuncha kam ajraladi, birikish foizi ham kam bo’ladi

D. shuncha kam ajraladi, birikish foizi yuqori bo’ladi

70. Genetik jihatdan yaxshi o’rganilgan organizmlarda xromosomalarning genetik xaritasi tuzildi. Bu kartada nima ko’rsatilgan?

A.molekulyar massasi B.birikish guruhi soni

C.bajaradigan vazifasi D.o’rtasidagi nisbiy masofa

71.Drozofila pashshasiga xos xususiyatlarni toping

1) krossingover faqat urg’ochisida bo’ladi

2) krossingover faqat erkagida bo’ladi

3)analiz qiluvchi chatishtirish faqat urg’ochisida bo’ladi 4)analiz qiluvchi chatishtirish faqat erkagida bo’ladi 5) erkagida bir xromosomadagi genlar to`liq birikkkan holda uchraydi 6)urg`ochisida bir xromosomadagi genlar to`liq birikkkan holda uchraydi

A.1,3,6 B.2,4,6 C.1,3,5 D.2,3,5

72. Drozofila pashshasida gomologik xromosomalarning chalkashishi va qismlarning almashinishi qaysi organizmida kuzatiladi?

A.erkagi va urg’ochisida

B.faqat yosh individlarda bo’ladi

C.urg’ochi pashshada bo’lmaydi,shuning uchun ularda

bitta xromosomada joylashgan genlarning birikishi to’liq

birikish hisoblanadi.

D. erkak pashshada bo’lmaydi,shuning uchun ularda bitta xromosomada joylashgan genlarning birikishi to’liq birikish hisoblanadi.

73. drozofilaning urg’ochisida qanday jinsiy xromosoma mavjud

A.ikkita tayoqchasimon

B.bitta tayoqchasimon va bitta ikki yelkali

C.ikkita ikki yelkali

D.bitta tayoqchasimon ikkita ikki yelkali

74. Drozofila pashshasida erkak va urg`ochi organizmda farq qilmaydigan nechta xromosoma mavjud

A 4 B 7 C 3 D 8

75. Drozofilaning erkagida qanday xromosoma mavjud – A.ikkita tayoqchasimon

B.bitta tayoqchasimon va bitta ikki yelkali

C.ikkita ikki yelkali

D.bitta tayoqchasimon ikkita ikki yelkali

76…… Y xromosoma deyiladi?

A.ikki yelkali B. tayoqchasimon jinsiy xromosoma

C. erkagi va urg’ochisida farq qilmaydigan bir xil xromosoma D.faqat urg’ochida uchraydigan xromosoma

77……. X xromosoma deyiladi?

A.ikki yelkali B. tayoqchasimon jinsiy xromosoma

C. erkagi va urg’ochisida farq qilmaydigan bir xil xromosoma D. mutatsiyaga uchragan xromosoma.

78.Autosoma nima?

A.ikki yelkali B. tayoqchasimon jinsiy xromosoma

C. erkagi va urg’ochisida farq qilmaydigan bir xil xromosoma D.faqat urg’ochida uchraydigan xromosoma

79. Drozofilaning xromosomalar soni qanday tuzilgan?

A. ikki autosoma va oltita jinsiy xromosoma

B. oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosoma

C. to’rtta autosoma va tor’ta jinsiy xromosoma

D. ikkita autosoma va ikkita jinsiy xromosoma

80. Drozofila pashshasining spermatozoidlarida nechta va qanday xromosomalar bo’ladi?

A 3ta autosoma va 1ta jinsiy(X yoki Y) xromosoma

B 6ta autosoma va 2ta jinsiy (XX) xromosoma

C 7ta autosoma va 1ta jinsiy(Y) xromosoma

D 3ta autosoma va 2ta jinsiy (XY) xromosoma

81. Ko`pchilik organizmlarda jins qachon ma’lum bo`ladi

A tuxum hujayra hosil bo`lishi bilan

B spermatozoid yetilishi bilan

C meyoz jarayoni tugashi bilan

D zigota hosil bo`lishi bilan

82. 23 juft autosomaga va 1 juft jinsiy xromasomaga ega organizmlarni ko’rsating?

1)makkajo’xori 2)qalampir 3)zog’ora 4)shimpanze 5)drozofila 6)suvarak 7)odam

A 1,2,3 B 2,3,4 C 2,4,6 D 5,6,7

83. Jinsiy hujayrasida juft autosoma va jinsiy xromosomaga ega bo’lgan organizm(lar)ni belgilang.

1) makkajo’xori 2) qalampir 3)zog’ora baliq 4)shimpanze 5)drozofila 6)suvarak 7)odam

A barchasi B 2,4,6 C 7 D 1,2,3,4,6,7

84. Qaysi organizmlarda Y xromosoma umuman bo’lmasligi mumkin?

A. xaltalilar B.ba’zi hasharotlar C.lansetnik D.kapalak

85. Qaysi organizmlarning somatik hujayralarida jinsiy xromosomalaridan faqat bittasi bo’ladi?

A qushlarda B ayrim hasharotlarda

C jinsiy xromosomalar doimo juft bo’ladi

D sudralib yuruvchilarda

86. Qaysi hayvon organizmlarining 50% spermatazoidlari faqat autosoma xromosomalaridan iborat bo’ladi?

A ayrim hasharotlarda B qushlarda

C barcha bo’g’imlilarda D sudralib yuruvchilarda

87.Quyida keltirilganlardan qaysilarining urg’ochi organizmlarida 2yelkali xromosomalar uchraydi

1)drozofila 2)ayrim hasharotlarda 3)kapalak

4)qushlar 5) suvda ham quruqlikda yashovchilarda

6) Sudralib yuruvchilarda

A 2,3,4,5,6 B 2,3,4,6 C 3,4,6 D 3,4,5

88. Urg’ochi geterogametalik qaysi organizmlarda kuzatiladi –

A.kapalak, qush, sudraluvchi B.faqat hasharotlar

C.sutemizuvchilar D.prokariotlar

89. Qaysi organizmlarda urg`ochi organism XY jinsiy hujayralarga ega bo`ladi

1. kojan 2. appollon 3. shaqildoq 4.alligator 5.dreysena 6.poliksina 7.ko`rgalak 8. ustritsa

A 1,2,3,4,6,7 B 2,3,6 C 1,2,3,6,7 D 2,3,4,6,7

90. Qaysi organizmlarda urg`ochi organism XY jinsiy hujayralarga ega bo`lmaydi

1. kojan 2. appollon 3. shaqildoq 4.alligator 5.dreysena 6.poliksina 7.ko`rgalak 8. ustritsa

A 1,2,3,4,6,7 B 2,3,6 C 1,5,8 D 2,3,4,6,7

91. Odamda qaysi kasalliklar X-xromosomada joylashgan jinsga bog’liq holda ressessiv irsiylanadi?

A.gemofiliya, daltonizm B.katarakta,glaucoma

C.daun sindromi D.albinizm

92. Drozofilada qaysi belgi X jinsiy xromosomada joylashgan va jinsga bog’liq holda irsiylanadi?

A.ko’z rangi B.qanot shakli

C.qanot rangi D.tana rangi

93…..faqat otadan o’g’il bolaga o’tadi?

A.Y-xromosomada joylashgan genlar

B.X-xromosomada joylashgan genlar

C.autosomada joylashgan genlar

D.resessiv genlar

94.qaysi xromosomalarda joylashgan genlar otadan qiz bolalarga o’tadi?

A autosoma va Y xromosomadagi

B autosoma va X xromosomadagi

C faqat X xromosomadagi D faqat autosomadagi

95. Odamning Y xromosomasida joylashgan genlar nasldan-naslga qaysi farzandlarga o’tadi?

A faqat o’g’ilga B faqat qizlarga

C Yxromosomada genlar bo’lmaydi

D qiz va o’g’ilga teng miqdorda

96.Bazi hasharotlarda Y xromosoma umuman bo’lmaydi.Bunda urug’lanish jarayoni qanday kechadi?

1)erkak xromosoma bittaga yetishmaydi 2)X va Y o’rniga bitta X bo’ladi 3)meyozda erkak gameta hosil bo’layotganda X xromosoma konyugatsiya uchun sherigini topolmaydi va hujayralarning biriga o’tadi 4)spermatazoidning yarmisi X xromosomali,yarmisi undan mahrum bo’ladi 5)tuxum hujayra X xromosomali spermiy bilan urug’lansa urg’ochi organizm rivojlanadi 6)tuxum hujayra Y xromosomasi yo’q spermiy bilan urug’lansa unda bitta X xromosomali organizm bunyodga keladi va u erkak bo’lib chiqadi

A.1,2,3,4 B.2,3,4,6

C.1,2,3,4,5,6 D.1,3,4,5,6

97. Irsiyatning tuzilish va funksional birligi?

A.xromosoma B.gen C.autosoma D.Y xromosoma

98. Qaysi fikr noto’g’ri keltirilgan

A genotip – genlarning o`zaro ta’sir etuvchi tizimidir

B Allel genlar dominant va ressessiv bo`ladi

C Dominant genlar to`liq va to`la bo`lmagan dominant genlarga ajraladi

D genotip-ayrim genlar yig’indisidir

99. Genlarning qanday tasirida turli allellarga mansub genlar ba’zi belgilarning rivojlanishiga birmuncha mustaqil tasir etishi bilan birga ko’pincha turli shaklda o’zaro tasir ko’rsatadi?

A.polimer B.komplimentar C.epistaz D.pleyotrop

100. Qanday tasir natijasida biror belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo’ladi?

A.polimer B. komplementar C.epistaz D.pleyotrop

101. To’ldiruvchi tasir?

A.polimer B.komplementar C.epistaz D.pleyotrop

102. Ota-ona organizmlar genotipida joylashgan noallel genlarning duragay avlodlari – genotipida jamlanishi natijasida o’zaro ta’sir qilib yangi belgining rivojlanishini ta’min etuvchi genlar qanday ataladi?

A Polimer gen B Komplementar gen

C Epistaz gen D hamma javob to’g’ri

103. Tovuqning no’xatsimon tojli vakillarini genotipini toping

A.aaBB aaBb; B.AAbb Aabb

C. AABB yoki AaBb D. aabb

104. Tovuqning gulsimon tojli vakillarini genotipini toping

A.aaBB aaBb; B.AAbb Aabb

C. AABB yoki AaBb D. aabb

105. Tovuqlardagi oddiy toj ?

A.aaBB aaBb; B.AAbb Aabb

C. AABB yoki AaBb D. aabb

106. Yong’oqsimon toj?

A.aaBB aaBb; B.AAbb Aabb

C. AABB yoki AaBb D. aabb

107. Quyidagi chatishtirishlarnng qaysi birida yong’oqsimon va no’xatsimon tojli parrandalar teng nisbatda olinadi?

A AaBb x AaBB B AABb xAaBb

C AaBB x AAbb D aaBb x AaBB

108. Tovuqning no’xatsimon tojli vakillarini genotipini toping

1. AaBB 2.aabb 3.aaBB 4.AaBb 5.Aabb 6.aaBb 7.AAbb 8.AABB

A 1,4,8 B 2 C 3,6 D 5,7

109. Tovuqning gulsimon tojli vakillarini genotipini toping

1. AaBB 2.aabb 3.aaBB 4.AaBb 5.Aabb 6.aaBb 7.AAbb 8.AABB

A 1,4,8 B 2 C 3,6 D 5,7

110. Tovuqning oddiy tojli vakillarini genotipini toping

1. AaBB 2.aabb 3.aaBB 4.AaBb 5.Aabb 6.aaBb 7.AAbb 8.AABB

A 1,4,8 B 2 C 3,6 D 5,7

111. Tovuqning yong`oqsimon tojli vakillarini genotipini toping

1. AaBB 2.aabb 3.aaBB 4.AaBb 5.Aabb 6.aaBb 7.AAbb 8.AABB

A 1,4,8 B 2 C 3,6 D 5,7

112. Komplementar tasir ?

A. allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri

B.genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro tasiri natijasida organizmda yangi belgilarning rivojlanishi

C.bir allel genning ikkinchi allel bo’lmagan genga nisbatan dominantlik qilishi

D. bir gen doirasidagi bitta yoki bir necha nukleotidning o’zgarishi yoki almashinishi bilan bog’liq

113. 2 ta xushbo`y oq no`xatlar chatishtirilganda F2 da fenotip bo`yicha qanday nisbat kuzatiladi

A 1:4:6:4:1 B 9:6:1 C 9:7 D 12:3:1

114. Polimer tasiri ?

A. allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri

B.genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro tasiri natijasida organizmda yangi belgilarning rivojlanishi

C.bir allel genning ikkinchi allel bo’lmagan genga nisbatan dominantlik qilishi

D. bir gen doirasidagi bitta yoki bir necha nukleotidning o’zgarishi yoki almashinishi bilan bog’liq

115. Allel bo’lmagan genlar o’zaro qanday ta’sir qiladi?

1. polimer 2. komplimentar 3.epistaz

A 1,2,3 B 1,2 C 1,3 D 2,3

116. Komplementar tasir natijasida F2 qanday fenotipik sinf yuzaga keladi?

A. 13:3 B. 9:7 C.8:8 D.1:4:6:4:1

117. Allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivolanishiga o’xshash tasir ko’rsatishi –

A.polimer B.komplimentar

C.epistaz D.pleyotrop

118. Polimeriyaga misol?

A. hayvonlarning vazni, o’sishi

B.o’simlikning bo’yi, tovuqlarning tuxum qo’yishi C.qoramolning sut miqdori,yog’liligi

D.A,B va C

119. Qaysi belgilar polimer ta’sir natijasida irsiylanadi

1) o`simliklarning bo`yi 2) hayvonlarning vazni 3)qoramol sutining yog`liligi 4)tovuqlarning tuxum qilishi 5)qushlar patining tuzilishi 6) qoramol sutining miqdori 7) o`simlik tarkibidagi vitaminlar miqdori 8)lavlagi ildizmevasidagi shaker mqdori 9)makkajo`xori so`tasining kattaligi

A barchasi B 1,2,3,4,7,8,9 C 1,2,3,5,6,7,8,9 D 5,6

120. O’simlik tarkibidagi vitaminlar miqdori qaysi ta’sirga misol bo’ladi?

A.polimer B.komplimentar C.epistaz D.pleyotrop

121. Polimeriya hodisasini kim o’rgangan?

A..Nilson Ele B.de Friz C.Mendel D.K.Ber

122.Nilson Ele qaysi o’simlik ustida tajriba o’tkazdi – A.bug’doy(A1A1A2A2 – qizil va a1a1a2a2-oq)

B. g’o’za(A1A1A2A2 – qizil va a1a1a2a2-oq)

C.no’xatning yetti juft belgilari

D.g’o’za, skerda, iloq avlodida

123. polimer tasirda F2 qanday fenotipik sinf yuzaga keladi?

A.13:3 B.9:7 C.9:3:3:1 D.1:4:6:4:1

124.… orqali irsiylanish qonunlarini o’rganishning ahamiyati katta?

A.polimer B.komplimentar C.epistaz D.pleyotrop

125. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi nimaga bog’liq –

A.unga tasir etuvchi epistaz genlar

B. unga tasir etuvchi pleytrop genlar

C. unga tasir etuvchi polimer genlar

D.biologik statistik belgilar

126. Poligenlar tasirida irsiylanadigan belgilarni aniqlang

A. uy hayvon massasi, sut miqdori yog’liligi

B.g’alladoshlarda boshoq uzunligi, makkajo’xori so’tasining kattaligi.

C. lavlagi ildizmevasida shakar miqdori

D. hamma javoblar to’g’ri

127. A1A1A2A2 – qizil va a1a1a2a2-oq bug`doy navlari chatishtirilganda F2 da o`simliklar doniga qarab necha xil guruhga ajraladi

A 4 B 3 C 5 D 6

128. Epistaz nima?

A.fenotipda bir dominant genning 2-allel bo’lmagan dominant gendan sutunlik qilish hodisasi

B. bir gen doirasidagi bitta yoki bir necha nukleotidning o’zgarishi yoki almashinishi bilan bog’liq

C. Allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivolanishiga o’xshash tasir ko’rsatishi

D. genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro tasiri natijasida organizmda yangi belgilarning rivojlanishi

129.Epistaz tasirda F2 qanday fenotipik sinf yuzaga keladi?

A.13:3 B.9:7 C.9:3:3:1 D.1:4:6:4:1

130. Tovuqlarda qaysi belgi panting oq bo’lishini taminlaydi?

A.IiCC,iicc,IIcc,Iicc B.iiCC,iiCc

C. AABB yoki AaBb D. AAbb Aabb; aabb

131. Epiztaz ta’sir natijasida quyidagi organizmlar ichidan oq tovuqlar genotipini aniqlang

1)IiCc 2)iicc 3)Iicc 4) iiCC 5) IIcc 6)IICC 7)iiCc

A 1,3,5,6 B 2,4,7 C 1,2,3,5,6 D 2,3,5

132. Epiztaz ta’sir natijasida quyidagi organizmlar ichidan qora tovuqlar genotipini aniqlang

1)IiCc 2)iicc 3)Iicc 4) iiCC 5) IIcc 6)IICC 7)iiCc

A 1,3,5,6 B 4,7 C 1,2,3,5,6 D 2,3,5

133. Pleyotropiya nima?

A. allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgining rivojlanishiga tasiri

B.genotipda allel bo’lmagan genlarning o’zaro tasiri natijasida organizmda yangi belgilarning rivojlanishi

C.bir allel genning ikkinchi allel bo’lmagan genga nisbatan dominantlik qilishi

D.bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga tasiri



134.Qaysi hodisa o’simlik va hayvonlarning ko’p genida uchrashligi bilan xarakterlanadi?

A polimeriya B pleyotropiya

C poliplodiya D somatic mutatsiya

135. gulli o’simliklarning gullarining to’q qizil bo’lishini tamin etuvchi gen nimaga daxldor ?

A. poya va shoxlarining ham to’q qizil rangda bo’lishiga

B. poya, shox va bargining to’q qizil rangda bol’ishiga

C. bargining antosian rangda bo’lishiga

D. guli va urug’ining to’q qizil rangda bo’lishiga

136.Drozofila meva pashshasida ko’zlarida pigment bo’lmasligini belgilaydigan gen nimaga sabab bo’ladi

1)pushtlilikni kamaytiradi 2)ba’zi ichki organlarni rangiga ta’sir ko’rsatadi 3)hayotchanlikni qisqartiradi 4)hayotchanligini uzaytiradi.

A.1,2 B.1,2,3 C.1,2,3,4 D.3,4

137.Jingalak patli tovuqlarda pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi,ko’pincha sinib ketadi natijada qanday o’zgarish kuzatiladi?

A.hazm qilish,yurak-tomir faoliyati buziladi

B nasl qoldirish va hayotchanligiga salbiy tasir ko’rsatadi

C. ko’p miqdorda issiqlik ajraladi.

D.A ,B va C

138. Jingalak patli tovuqlarda(a) va ko`zida pigment bo`lmagan(b) drozofila pashshasida yuzaga keladigan o`zgarishlarni aniqlang

1)pushtlilikni kamaytiradi 2) ko’p miqdorda issiqlik ajraladi. 3)hayotchanlikni qisqartiradi 4) ba’zi ichki organlarni rangiga ta’sir ko’rsatadi 5)hazm qilish,yurak-tomir faoliyati buziladi

A a-2,3,5; b-1,3 B a-1,3,4; b-1,2,3,5

C a-2,5; b-1,3,4 D a-1,2,3,5; b-1,3,4

139.bazi bir genlarning…..tasirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o’zgarish yuza beradi,natijada ular nobud bo’ladi

A.polimer B.komplimentar

C.epistaz D.pleyotrop

140. Sariq rangli sichqonlar chatishtirilganda avlodlardaq necha xil organism hosil bo`ladi

A 4 B 3 C 2 D 1

141.letal gen ?

A.miqdoriy belgilarni rivojlantirvchi gen

B.halokatga olib keluvchi gen

C.mutatsiyaga olib keluvchi gen

D.mutatsiyaga uchramaydigan gen

142 … tur evolyusiyasi jarayonida tarixan tarkib topgan bo’lib, avvalo genlarning doim bir biriga yaqindan o’zaro tasir etib turishi bilan ifodaladi?

A.birikkan holda irsiylanish B.genotipning yaxlitligi

C.somatik mutatsiya D.allel genlar

8,1,6,3
4,5,2,7






Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish