1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati


XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo‘nalishlari. Estetikaning kategoriyalari



Download 100,54 Kb.
bet18/26
Sana03.06.2022
Hajmi100,54 Kb.
#632659
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
2 5429203506730899238

2.XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo‘nalishlari. Estetikaning kategoriyalari. Eng yangi davr estetikasidagi asosiy yonalishlar (ruhiy taxlil, ekzstensiyachilik). Oktyabr davlat tontarishidan song 1917 yili Rossiyada SHorolar tuzumi vujudga keldi. Bu tuzum asoschilari V.I. Lenin va I.V. Stalin butun mamlakatda totalitar tartib ornatdilar, yangi mustamlakachilik siyosatini olib bordilar. Turkiston avval tort, song besh milliy respublikaga bolindi. 30-yillardan boshlab SSSR deb atalgan bu imperiyada falsafiy-ijtimoiy fanlar mafkuraga boysundirildi, ularga mafkuraning bir korinishi maqomi berildi. Natijada ular rivojlanishdan toxtadi. Ammo jahonda bu fanlarning taraqqiyoti rosmana davom etdi, yangi-yangi oqimlar va yonalishlar vujudga keldi, mavjudlari yanada keng rivojlanish yoliga chiqdi. SHular jumlasidan estetika ham taraqqiy topdi. Ana shu taraqqiyotda ruhiy tahlil yohud froydchilik yonalishi oziga xos oringa ega.Avstriyalik tahlilchi-faylasuf Zigmund Freyd (1956-1939) ruhshunoslikda yangi bir davr ochdi. SHu asnoda badiiy ijodning oziga xos nazariyasini yaratdi. Freyd sanatning mavjudligini Yuqorida tilga olingan sublimatsiya nazariyasi bilan izohlaydi. «Odamlarning kundalik hayotini kuzatish shuni korsatadiki, - deydi Froyd, - koplar oz jinsiy intilishlarining katta qismini kasbiy faoliyatlariga otkazib Yuborishga erishadilar... Bunda mazkur intilishlar sublimatsiyaga uchraydi, yani oz jinsiy maqsadlaridan chekinib, endi jinsiy bolmagan, ijtimoiy jihatdan Yuksak maqsadlar tomon yonaladi».Sanat, Freydning fikriga kora, tush kabi, onglanmaganlik ozini nisbatan ravshan va bevosita korsatadigan soha. Sanat timsollarida onglanmaganlik nazorat (senzura) uchun maqul keladigan ramziylik shakllarini oladi. Voqelik ijod jarayonida salbiy (negativ) kuch sifatida ishtirok etadi: u onglanmaganlikning erkin va togridan togri ifodalanishiga tosqinlik qiladi. Xayolot (fantaziya)ni Freyd badiiy ijodning asosi deb hisoblaydi. Xayolotning manbai esa - onglanmaganlik, inson ruhiy kuchlarining ombori. Real hayot bilan kelisha olmagan, jamiyat tomonidan taqiqlangan intilishlar ozini xayolotda va xayolot asosida vujudga keladigan sanatda namoyon qiladi.Togri, Freydning sanatdagi hodisalarni, sanat asari tahlilini, umuman, hamma narsani faqat biologik-seksual tarzda olib qarashini, ularni «Edip kompleksi»ga taqab qoyilishini qollab-quvvatlab bolmaydi. Lekin, shunga qaramay, Freyd ilgari surgan goyalar sanat taraqqiyotiga, nafosat shunoslik ilmiga katta tasir korsatadi. Froyd ishini davom ettirgan Karl YUng, Otto Rank, Erix Fromm singari tahlilchi faylasuflar ham bu borada ulkan ishlarni amalga oshiradilar.Estetikaning kategoriyalari. Har bir fan oz maqomiga kora muayyan faoliyatning tadqiqot sohasi bolib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan boladi. Malumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bolmaydi. CHunki, bu kategoriyalar (olam, harakat, makon, meyor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni orab turgan olamda sodir boladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni togri tahlil etishga komak beradi. SHuningdek, kategoriyalar insonga oz tevarak-atrofidagi olamni, voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur bilishga imkon beradi. Biroq, Falsafada organiladigan kategoriyaning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi shundaki, deyiladi Falsafa qomusiy lugatida,- ular voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan, balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga xos umumiy belgilar, aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. Falsafiy kategoriya voqelikni chuqur va mmukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida amal qilishi bilan oddiy tushuncha lardan farqlanadi. SHu tufayli har bir konkret fan ozi organayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda falsafiy kategoriyaga murojaat etadi.

Download 100,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish