6-mavzu 1.Falsafa tarixining strukturasi va funksiyalari.Tarixga formatsion va svilizatsion yondashuvlar. Insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o‘rganadi. Tarix Yunoncha Historian so‘zidan olingan bo‘lib, o‘tmish voqealar haqida hikoyalar, bo‘lib o‘tgan hodisalar degan ma’noni anglatadi. U insoniyat o‘tmishining o‘ziga xosligini va umuman ko‘p xilligini manbaashunoslik va boshqa yordamchi fanlar tarixiy manbalari asosida o‘rganuvchi ijtimoiy bilimlar majmuini tashkil etadi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan. Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari surdi. Jahon tarixiy jarayonini aynan shu tarzda anglashni u tarix falsafasining predmeti sifatida qaragan. Hozirgi davrga kelib, tarix falsafasi yoki istoriosofik bilimlar (jamiyat tarixining nazariy masalalari) tizimida uchta asosiy yo‘nalish ajratib ko‘rsatilmoqda. Bular: tarixiy jarayonni umumlashtirish (alohida «tarixlarni» yagona jahon tarixiga jamlash), tarixning ma’nosini axtarib topish va tarixiy bilish metodologiyasini yaratishdan iborat.Tarixni falsafiy anglash jiddiy tadrijiy rivojlanishni kechirdi. Qadimgi SHarqda tarix tabiatdagi narsalarning va yil fasllarining almashinuvi kabi abadiy o‘z holiga qaytish jarayoni sifatida talqin etilgan. Masalan, Qadimgi Hind falsafasida hayotning harakati abadiy shaklda borishi (sansara) ta’limoti va u bilan bog‘liq kishilarning u yoki bu qilmishlari uchun beriladigan mukofotning muqarrarligi sifatida karma qonunining mavjudligi haqidagi g‘oyalar muhim ahamiyat kasb etadi. 2.”Svilizatsiya”tushunchasiga ta’rif va unga turli qarashlar.Formatsion yondoshuvdan farq qilib, sivilizatsion yondoshuv yagona, yaxlit tizimga tushirilgan ta’limot sifatida shakllangan emas. «Sivilizatsiya» tushuchasi (lot. civilize – fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda evropalik ma’rifatparvarlarning asarlarida qo‘llana boshladi. U jiddiy evolYusiyaga Yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdan keyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. Co‘ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat tushunchasiga, ayniqsa, individual va ijtimoiy xulq-atvor normativlariga singib ketgan ma’naviy madaniyat, ya’ni kishilar, xalqlarning mentalligi ma’nosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A.Kreber va K.Klakxan 1952 yilda «madaniyat» terminining 164 ta ta’rifini e’lon qildilar va ko‘p hollarda uni «sivilizatsiya» termini bilan bir qatorda qo‘llanilganligini qayd etdilar. «Sivilizatsiya» va «madaniyat» tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi.XIX asrning ikkinchi yarmidan sivilizatsiya tushunchasini butun bir xalqlar va mamlakatlarning rivojlangan holatiga, «oliy darajadagi madaniy tuzilmalar» ga tatbiqan, ko‘plik shaklida qo‘llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat sivilizatsion rivojining rang-barangli nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki sivilizatsion yondoshuvni shakllantira boshlagan madaniy-tarixiy maktab paydo bo‘ldi. N.YA. Danilevskiy (1822-1865), O.SHpengler (1880-1936), A.Toynbi (1889-1975), P.A.Sorokin (1889-1968) va boshqalar ushbu maktabning mashhur namoyondalari edi. Ularning har biri «sivilizatsiya» terminiga o‘z talqinlarini berganlar: Danilevskiy – «madaniy-tarixiy tiplar», SHpengler – «Etuk madaniyatlar», Toynbi – «Lokal sivilizatsiyalar», Sorokin – «Madaniy supersistemalar» g‘oyalarini ilgari surishgan. Ularning ichida eng ommaviylashgani «lokal sivilizatsiyalar» termini bo‘ldi. 3.Jamiyatning falsafiy tahlili.Jamiyat nima degan savol intuitiv jihatdan hamma uchun tushunarli bo‘lsa ham, lekin yana jamiyat nima o‘zi degan savol tug‘iladi?Etimologik nuqtai nazardan bu tushuncha turlicha hodisalarning birligini ifodalaydi:Moddiy dunyoning bir qismi bo‘lib, odamlarning birligini va shakllarining tarixan rivojlanayotgan barcha usullari majmuidir.Odamlarning tarixiy jihatdan o‘zaro ta’sir usuli va birligi shaklining har biri.YAshash vaqti va yashash joyi bir bo‘lgan odamlarning (mintaqa, mamlakat va b.) majmui.Odamlarning ma’lum maqsad yo‘lida birlashishi.O‘z vaqtini birgalikda o‘tkazuvchi odamlar guruhi va boshqalar.Jamiyat tushunchasining mohiyatini turli falsafiy maktab va yo‘nalishlar shuningdek alohida mutafakkirlar ham turli yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. SHu jumlada jamiyat tug‘risidagi Yuqorida ko‘rsatilgan avvalgi ikkita tushunchani o‘z ichiga olgan «sotsium» tushunchasi paydo bo‘ldi.Fransuz faylasufi va sotsiologi Emil DYurkgeym (1858 -1917) ning fikricha, «jamiyat – bu individlarning oddiy yig‘indisidan iborat bo‘lmay, maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan, ularning birlashmasidan tashkil topgan tizim bo‘lib, reallikni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan «sui generis» aks ettiradi». Nemis faylasufi Maks Veber (1864-1920) fikricha, jamiyat insonlarning o‘zaro ta’siridan, ya’ni ijtimoiy xatti-harakatlardan tashkil topgan tizim bo‘lib, boshqa odamlarning xatti-harakatiga qarshi javob tariqasida yo‘naltirilgandir. M.Veber jamiyat rivojining asosini ijtimoiy faoliyatda, deb hisoblaydi. Amerika sotsiologi va ijtimoiy falsafa bo‘yicha mutaxassis – faylasuf Tolkott Parsons (1902-1979) fikricha, jamiyat qadriyatlar va me’yorlar bilan bog‘langan odamlarning munosabatiga asolangan tizimdir. Inson shularga asoslanib o‘z ijtimoiy faoliyatini amalga oshiradi. T.Parsonsni ma’lum ma’noda M.Veberning g‘oyaviy merosxo‘ri deyish mumkin. 4.Inson muammosining falsafiy talqini.Dastlab inson to‘g‘risida mifologik qarashlar, tasavvurlar paydo bo‘ladi. Bu tasavvur va qarashlarga ko‘ra, inson o‘zini tabiatdan hali to‘liq ajralmagan, o‘zini tabiatning bir qismi deb, tabiat hodisalarini tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarini hayoliy, ya’ni fantastik holda tushunadi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan inson haqidagi tasavvurlar yanada rivojlanishi tufayli diniy qarashlar paydo bo‘lib, shakllanib boradi. Diniy qarashlarga ko‘ra, din insonni xudo yaratganini, uni olamdagi hamma tirik mavjudotlardan Yuqori turuvchi oliy mavjudot – mukarram zot, deb tushuntiradi. SHu bilan birga, din xudoning irodasiga bo‘ysinishi, xudo nimani xohlasa inson shuni qilishini uqtiradi. Inson to‘g‘risidagi diniy qarashlarga ko‘ra, xudo insonning hamma faoliyatlarini oldindan belgilab qo‘yishi, uning taqdiri oldindan ma’lumligi aytiladi. Islom dini nuqtai nazaridan esa inson Olloh tomonidan loydan yaratilgan bo‘lib, unga Olloh nafasi orqali jon ato qilgan. Inson hamma tirik mavjudotlarning sarvari, u Ollohning erdagi xalifasidir, u hatto farishtalardan ham Yuqori turadi. Insonga Olloh haqni tanishi uchun ongni, aqlni ato qilgan. Insonning hayoti «Bu dunyo» va «U dunyo»dan iborat. Inson «Bu dunyo»da vaqtinchalik, omonat yashaydi. «U dunyo»da esa inson bog‘iy yashaydi. «Bu dunyo»- o‘tkinchi, «U dunyo» abadiy dunyodir. Qiyomat kuni jami inson qaytadan tiriladi.Antik falsafa insonga mikrokosm, kosmosning bir qismi, ya’ni makrokosm – umuman dunyo bilan doimiy aloqada bo‘lib turuvchi qism sifatida qaragan. Aynan ana shu antik davrda «O‘z-o‘zingni o‘rgan» degan so‘zlar aytilgan edi (Suqrot). Suqrotning shogirdi Aflotun (eramizgacha bo‘lgan 428-347 yillar) insonning ruhi o‘lmaydi, u har gal yangi tanaga ko‘chib o‘tadi, deb taxmin qilgan edi. Insonning o‘zini o‘rab turgan atrof dunyoni o‘rganishga urinishi – bu ruhning tanga kirgunga qadar mushohada etgan abadiy g‘oyalar olami haqidagi xotirotlaridir. Aflotun uchun inson ideali - donishmand, faylasuf bo‘lib, uning ruhi ko‘p «sayr qilgan» va shu sababli uning bilimlari eng to‘g‘ri va qimmatlidir. Bunday komil faylasufni Arastu «o‘zini tafakkur etuvchi tafakkur» deb atagan edi.Inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishga antik materialistlar Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |