1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati


-mavzu 1.Estetika tushunchasining mohiyati va uning ijtimoiy ma’naviy hayotdagi roli



Download 100,54 Kb.
bet17/26
Sana03.06.2022
Hajmi100,54 Kb.
#632659
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
2 5429203506730899238

8-mavzu 1.Estetika tushunchasining mohiyati va uning ijtimoiy ma’naviy hayotdagi roli. Estetika (Yunon. aisthetikos his qilinadigan) iborasi dastlab olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (u Garbiy Evropa falsafiy tafakkurida muhim orin tutgan Volf maktabi namoyondasi hisoblanadi)ning Estetika («Aesthetica») nomli ikki tomlik asari (1750-1758 y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani bilishning Yuksak darajasi hisoblangan mantiqdan farqli olaroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning birinchisi aql muhokamasiga, ikkinchisi did muhokamasiga tegishlidir. Biroq, insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada orqali roy beradi, songra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi. SHunga kora, estetikaning predmeti gozallik, mantiqniki haqiqatdir. Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik sanat falsafasiga nisbatan keng qollanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix Gegel va boshqa faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning predmetini aniqlashda gozallik masalasi bilan boshlangan mulohazalar to goyalar olamining falsafiy mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan boglanib ketdi. SHuning uchun ham kopchilik nazarida Baumgarten estetikaning asoschisi sifatida tilga olinadi. Ammo, nemis faylasufi Teodor Lipps estetikani mohiyatan nemislarga xos fan ekanligini takidlagani holda Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf - Gotxold Efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant, Fridrix SHillerni korsatib otadi. U Immanuil Kant estetikaning asoschisi sifatida birinchi bolib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan hududning chegarasini belgilab berdi. SHundan keyingina estetika masalalari Kantning idealistik falsafasi bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi.SHuni alohida takidlash zarurki, Estetika fan emas, uning mazmuni fanning ilmiy talablariga javob bermaydi, - degan fikrlar estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib chiqqan fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obektiv bilimlar tizimi; uni malum maqsadlar yolida ozgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan sifatida ozining qonuniyatiga, kategoriyalariga va tushunchalar tizimiga ega. Biroq, Estetika gozallik haqidagi fan deyish asl mohiyatni anglatmaydi. Aksincha, estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu voqelikka dahldor gozallik tuygularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui; b) borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va his qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqarida qollanilganda koplab manolarni anglatishiga sabab ham ana shunda. Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga umumiy zaruriyat Yuzasidan kundalik faoliyatda kerak boladigan narsa-hodisalarni (chiroyli bolish, orasta kiyinish, ozoda Yurish, nafis harakat qilish kabi masalalar bilan estetikaning muayyan sohasi shugullanadi) emas, balki estetika fan sifatida estetik tarbiyani takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish, odam tuygusini tarbiyalash, uning did-fahm-farosatni Yuksaltirishga qaratilgan fundamental masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini organish va echimini topishga etibor beradi. Zero, estetikaning mavjudlik shartini nafosatshunos O.A.Krivsun Qaerdaki inson tafakkuri va tabiat hodisasi tufayli yaratilgan predmetlar olamini xis etish yoki undan zavqlanish tuygusi sodir bolar ekan osha erda estetik jarayon, estetik hodisa roy beradi deb izohlaydi. SHu manoda, qaerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi, yashashdan maqsad yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini anglashga ehtiyoj sezilsa, osha erda estetika mavjuddir, desak notogri bolmaydi

Download 100,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish