Dialetika rivojlanish haqidagi talimot. 1. «Dialektika» (Yunon. dialektike - suhbat qurish san’ati) so’zining «dialog» (Yunon. dialogos - ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so’zlashuvi) so’zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o’zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik - bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Klassik dialektikaning o’ziga xos xususiyatlari: 1-dan, klassik dialektika dunyoni tushunish ning shunday bir usuli hisoblanadiki, bunda borliq narsalar va hodisa larning umumiy o’zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o’zgarishi nuqtai nazaridan anglab etiladi. Dialektika rivojlanishning teran, to’laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o’zgarish holatida bo’lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o’z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o’zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o’rgatadi. 2-dan, dialektika ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi. Ob’ektiv dialektika - bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o’zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub’ektdan, inson va insoniyatdan qat’iy nazar mavjuddir. Sub’ektiv dialektika - bu sub’ektning fikrlash dialektikasi va uning ob’ektiv dunyoni bilishi. Ob’ektiv va sub’ektiv dialektikaning o’zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob’ektiv va sub’ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi.3-dan, fan sifatida dialektika o’z tamoyillari, qonunlari va kategoriyalariga ega. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tishi qonuni va inkorni-inkor qonuni. Dialektika kategoriyalari - bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo’lib, ularda va ularning yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. 4-dan, dialektikaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, kategoriyalarining mazmuniga va bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub’ektga qo’yladigan tegishli talablar shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo’l korsatiladi. SHunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika - bu: 1) hodisalarning ularga xos bo’lgan ziddiyatlar vujudga kelishi, o’zaro ta’sirga kirishishi va echilishiga muvofiq rivojlanishidan iborat bo’lgan ob’ektiv jarayon; 2) tabiat, jamiyat va tafakkurning harakat va rivojlanish universal qonunlari haqidagi falsafiy konsepsiya; 3) dunyoni bilish va o’zgartirish metodi. Uning tizimiga kiruvchi rivojlanishning umumiy qonunlarini bilish o’tmishni anglab etish, hozirgi dunyoda Yuz berayotgan jarayonlarni to’g’ri tushunish va kelajakni bashorat qilish imkonini beradi. Rivojlanishning umumiy qonunlari. Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko’rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Qarama-qarshiliklar - predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar - o’zaro bog’lanishli bo’lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o’zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo’lmasligi mumkin. Qarama-qarshilik - narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, hossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya - dissimilyasiya, o’zgaruvchanlik - tug’malik, ishlab chiqarish - iste’mol qilish, yaxshilik - yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar o’rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko’proq jamiyatga tegishlidir.). Ziddiyatlar - narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o’tish munosabatlaridir. Dialektik ziddiyat - bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar - ziddiyatlarning negizi, bog’lovchi bo’g’inlar esa - ularni echish mexanizmidir. Quyidagi faktlar bog’lovchi bo’g’inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo’lishi mumkin: Irsiyat va o’zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o’zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o’ta boy va o’ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o’rtasida bog’lovchi bo’g’in vazifasini o’rta sinf bajaradi. O’rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo’lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o’z ishini rivojlantirishga yo’naltiradi, bozor kon’Yunkturasini o’rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol - shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar ularning o’rtasida bog’lovchi bo’g’in sifatida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |